BOB.
MAKTABGACHA
TA’LIM
MUASSASALARI
O‘QUV
MASHG’ULOTLRIDA IBN SINONING BOLA TARBIYASIGA DOIR
QARASHLARIDAN
SAMARALI
FOYDALANISHNING
IMKONIYATLARI.
2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg’ulotlarini tashkil
etish mazmuni.
O`qitish shakli deganda, talim beruvchilik va o`quvchilarning belgilangan
tartibda hamda muayyan rejimda kechadigan mahsus uyushtirilgan faoliyati
tushuniladi. O`qitish shakllari o`quvchilarning miqdoriy tarkibiga ko`ra o`quvchilar
va o`qituvchilar o`rtasidagi o`zaro harakatning tabiatiga ko`ra (faolik va
mustaqillik darajasi) faoliyat usullariga ko`ra (qaysi metod va usullar bilan)
o`tkaziliSh joyi shuningdek yahlit o`quv jarayonida tutgan mavqeiga ko`ra
farqlanadi. Bu mavqe talim jarayonining u yoki bu shaklid tashkil etishda hal
etiladigan talim- tarbiyaviy vazifalarning tabiatiga ko`ra belgilanadi.
O`qitishning tashkiliy shakli bo`lmish mashg`ulotlar uchun quyidagi qator
hususiyatlarga xos.
Bolalar mashg`ulotda «Bolalar bog`chasida talim- tarbiya dasturi»da ko`zda
tutilgan talimning u yoki bu bo`limga oid ko`nikmalarni o`zlashtiradilar.
Mashg`ulotlar muayyan yosh guruhi bolalarning doimiy tarkibi bilan
o`tkaziladi.
Mashg`ulotlar katta kishilar tomonidan tashkil etiladi va o`tkaziladi. Ular
mashg`ulotlarning mazmuni va vazifasini belgilaydilar, metodlar va usullarni
tanlaydilar bolalarning bilish faoliyatini bilim, ko`nikma va malakalarni
o`zlashtirishga yo`naltiradilar hamda tashkil etadilar.
Mashg`ulotlarda
dastur
mazmunining
barcha
bolalar
tomonidan
o`zlashtirilishi amalga oshiriladi, shuning uchun ham ular o`qitishning asosiy
shakli hisoblanadi. Boshqa o`qitish shakllaridan bolalarning mashg`ulotlar
mazmunini o`zlashtirishga oid tajriba va tayyorgarliklarini boyitish yoki bilimlarni
o`zlashtirish jarayonini aloxida o`zgartirish vositasi sifatida foydalaniladi. Sabab
o`tilgan hususiyatlar mashg`ulotlarni o`qitish shakli sifatida maktabdagi o`qitish
shakli-darsga yaqinlashtiradi, bu bilan o`qitishdagi ketma-ketlik ta'minlanadi. Dars
va mashg`ulot o`rtasidagi asosiy farqlar yuklatishning intensivlik darajasida
o`qitish ishini olib borishda qo`llaniladigan tuzilish va metodlardadir.
Mashg`ulotlar o`qitishning quydagi bo`limlari bo`yicha olib boriladi. Atrof-
muxit bilan tanishtirish va bolalar nutqini o`stirish elektor matematik tasavvurlarni
rivojlanitirish, tasviriy faoliyat va qurish-yasash, jismoniy tarbiya musiqaviy
tarbiya.
Mashg`ulot dasturi quydagilarni ko`zda tutuadi: obektlarning
xususiyatlari va sifalari, ularning o`zgarishlari, aloqalari xarakat usullari va
xokazolar xaqidagi bilimlarning muayyan xajmini, ularni dastlab o`zlashtirish,
kengaytirish mustahkamlash umumlashtirish va sistemalashni.
Faoliyatning mahsuldor turlarida qo`llaniladigan amaliy ko`nikma va
malakalar xajmi.
O`quv-bilish faoliyatinining ko`nikma va malakalari xajmini, ularning
dastlab shakllanish yoki takomillashuvini, qo`llarga oid mashqlarni.
Psixik va bilish jarayoni sifatlarini rivojlantirish vazifalarini.
Muayyan mashg`ulotda beriladigan bilimlarga, voqea va xodisalarga bolalar
munosabatini shakllantirish o`z faoliyatiga munosabatini tarbiyalash tengqurlari
o`rtasida o`zaro munosabatlarni o`rnatish, shuningdek, o`qitish mashg`ulotlari
sharoitida yurish-turish qoidalari va normallarini o`zlashtirishni.
Shunday qilib, mashg`ulotlar mazmuni xam ta'limiy ham tarbiyaviy
vazifalarni ular birligida va o`zaro xarakatda xal etishga yo`naltirilgandir.
Xar bir mashg`ulotdagi o`quv mazmunining xajmi uncha katta bo`lmaydi. U
turli yosh guruhlardagi bolalarning xotira va qobiliyatlarini xisobga olgan xolda
belgilanadi.
Masalan kuzatish chog`ida yangi obektlar bilan tanishtirishda kichik tarbiya
yoshi guruxdagi bolalar 2-3 yorqin belgini eslab qolish, o`rta tarbiya yoshi
guruhiga mansub bolalar 3-4-tagacha katta tarbiya yoshi guruhdagilar esa 5-6
tagacha belgini eslab qolishga qodirdirlar.
Bolalar bog`chalaridagi mashg`ulotlarning tuzulishida bilimlar, ko`nikma va
malakalarni o`zlashtirishni tekshirish o`tkazilmaydi. Bu iSh bolalarning
mashg`ulotlaridagi faoliyatni kuzatish jarayonida bolalar faoliyati natijalarini tahlil
qilishda shuningdek kundalik hayotda va bolala yutuqlarini turli ilmiy metodikalar
yordamida o`rganish chog`ida amalga oshiriladi.
Mashg`ulotlar barcha bolalar bilan yalpisiga olib boriladi. Bu uni tashkil
etilishi va bolalar faoliyatiga rahbarlik qilishga aloxida e'tiborni talab qiladi.
Avvalo bolalarning umumiy yuqori ish qobiliyatini ta'minlaydigan gigienik
sharoitlar yaratilishi lozim. Mashg`ulolar toza, yaxshi shamolantirilgan, bolalar
bo`yiga mos mebellar bilan jihozlangan honada o`tkazilishi lozim.
Har bir aniq mashg`ulot uchun uyuushtiriladigan vaziyat amalga
oshiriladigan o`quv faoliyatining tabiatga mos bo`lishi kerak.
Bolalar xonada ularning faoliyat ko`rsatishlari uchun imkoniyat juda yaxshi
bo`ladigan tartibda joylashtirilishi zarur: bolalar stolda tarbiyachiga ro`para bo`lib
yoki yarim doira yasab o`tirishlari,birlashtirilgan stollar atrofida o`tirib yoki tura
olishlari kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`qitishda ko`rgazmali va amaliy
metodlardan foydalanish buyumli, tasviriy chizmali kabi xilma-xil ko`rgazmali
materiallarni qo`llanish bilan bog`liqdir. Ulardan biri bolalarning birgalikdagi
faoliyatida foydalaniladi, boshqalari tarqatma material sifatida ishlatiladi.
Mashg`ulotni tashkil etishda materialning oqilona joylashishini ko`zda tutiladi,
undan foydalaniSh izchilligi, tavsiya etish usuli u bilan ishlash tabiatni beliglab
olinadi.
Sayr -tomoSha o`qitish shakli sifatida.
Sayr-tomosha mashg`ulotining o`ziga xos turi sifatida qarash mumkin.
Mashg`ulotlarda bo`lgani kabi sayr-tomoshada xam dastur mazmunida
aniqlashtiradigan ta'limiy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy vazifalar qo`yiladi hamda
xal etiladi.
Mashg`ulotlarda bo`lgani kabi sayr tomoshada barcha yosh guruhdagi bolalar
ishtirok etadilar. Biroq sayr-tomoshani tashktl etilishining o`ziga xos hususiyati
bolalar faoliyatining mazmuni shuningdek uning ta'limiy ish sistemasidagi o`rni
sayr-tomoshani bolalar bog`chasida ta'limni tashkil etishning o`ziga xos yalpi
shakli sifatida qarab chiqishga ehtiyoj uyg`otadi.
Sayr tomosha bolalar bilan olib boriladigan ta'limiy ishning tashkiliy shakli
sifatida paydo bo`lgan maktablarda tabiiy fanlarni o`rganishda keng qo`llanilib
kelingan. Biroq bolalarning sayr-tomoshadagi bilish faoliyati tabiati-hayotiy
hodisalarni bevosita idrok etish kuzatish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
uchun xam xosligi isbotlanadi. Sayr-tomoshada turli umumlashagnlik darajasidagi
tasavvurlar shaklida shakllantiriladigan buyumlar maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalar bilan olib boriladigan ta'limiy ishlar dasturi talablariga javob beradi.
Bularning barchasi sayr-tomoshani bolalar bog`chasidagi tashkil etiladigan
ta'limning muxim shakliga aylantirilgan.
Sayr tomoshaga bolalarga beriladigan hilma-xil topshiriqlarning kiritilish u
yoki bu metodlardan asosiy vazifa kuzatiladigan obektlar haqidagi yorqin
ko`tarinki va tiniq tasavvurlarni ta'minlash talabiga javob berishi lozim.
Sayr-tomoshada asosiy obektlarni idrok etish bolalardan diqqatlilikni,
uyushgan xulq-atvorni talab qiladi. Zotan rang-barang obekt va xodisalar, ba'zan
tanishtirish uchun rejalashtirilmagan narsalarga duch keladilar.
Bularning barchasi sayr-tomosh o`tkazishda muayyan qiyinchiliklar
tug`diradi va tarbiyachidan uni o`tkazishga puxta tayyorgarlik ko`rishni talab
qiladi.
Sayr-tomoShani o`tkaziSh uchun odatdagi mashg`ulotdan keng ko`lamli
ta'limiy vazifa tanlab olinadi u kuzatuvchanlikni, qiziqishni ijobiy munosabatni
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi mazmunga ega bo`lishi mumkin va xokazo.
Ta'limiy vazifalarning aniq mazmuniga qarab sayr-tomoSha yo`nalish,
tuzulish ishlab chiqiladi, metodlari belgilanadi. Sayr tomosha o`rnini
belgilayotganda uning bolalar muassasasida uzoq-yaqinligini ham xisobga oliniSh
kerak-sayr tomosha joyiga olib boriladigan yo`l toliqtiriladigan bo`lmasligi lozim.
Sayr-tomoshaga tayyorgarlik ko`rishda bolalar to`plashi mumkin bo`lgan
narsalar belgilanadi, materialni tashib yurish uchun xam, uni keyin joylashtirish
uchun xam tegishli anjomlar xozirlanadi.
Sayr tomoshada olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va mustaxkamlashga
oid keyingi ishlar mashg`ulotlar sistemasida va kundalik xayotda: tasviriy faolitda,
qurish-yasashda hikoya qilib berishda bolalar mehnatida amalga oshiriladi.
mashg`ulot so`ngida yakuniy suhbat o`tkaziladi.
Tarbiyachisi kun bo`yi o`qitishni bolalarni tashkil etishning hilma-xil
shakllaridan foydalangan xolda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Sayr
Vaqtida tabiat xodisalarini kattalar mexnatini bolalar bilan yalpi kuzatish
o`tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarga ularg
ma'lum, ular sevib qolgan adabiy asarlarni o`qib beradi. Kundalik hayotda bolalar
bilan turli metodlardan foydalanib olib boriladigan ta'limiy ishlar barcha hollarda
uning asosiy shakli-mashg`ulot bilan uzviy bog`liqdir. Bunda ikki vazifa hal
etiladi: keyinroq mashg`ulotlarda qo`laniladigan tasavvurlar yoki xarakat
tajribasining oldindan to`plnish yoki ko`nikma va malakalarni ishlab chiqish,
mashg`ulotlarda olingan tasavvurlarni mustaxkamlash.
Shu maqsadlarda kundalik pedagogik jarayonda o`qitishning bolalarning
uncha katta bo`lmagan miqdorini qamrab oluvchi guruxli shakli qo`llaniladi.
Bunda avtodidaktik o`yinlardan ko`proq foydalaniladi. O`qitishning guruhli
shaklida o`Sha bolalar yoki boshqalari bilan hilma-xil alohida mashqlar olib
boriladi. O`qitishning alohida va guruhli shakllaridan foydalanish uning
tabaqalanishini bolalar o`quv-bilish faoliyati rivojlanishining darajasini birmuncha
aniqroq xisobga olishni va ularning maShg`ulotlardagi o`qitish jarayoniga faol
kirishishini ta'minlaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning umumiy rivojlanishi shu
jumladan aqliy rivojlanishining yuqori sur'atlari ta'limini turli yosh guruxlarida
tabaqalashtirilgan xolda tashkil etishni taqazo etadi. Bunda ta'limning o`ziga
xosligi o`quv jarayonining quydagi asosiy tarkibiy qismlrida uning mazmunida,
tuzuliShida, metodlari va tashkiliy shakllarida namoyon bo`ladi.
Kattalarning ta'limiy ta'siri bola xayotining deyarli birinchi oylaridanoq
boShlanadi.
Bola xayotining birinchi yilida bu ta'sirning asosiy vazifalari va mazmuni
quyidagilardir: bola sensorikasining rivojlanish sezgi va idrokning:
Dostları ilə paylaş: |