O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

A) ko`rish taktik xamda eshitishning shakllnishi. 
B) buyumli xarakatlarning rivojlaniShidan: 
Xarakatlar: avval emaklaSh, so`ng esa yurishning rivojlanishidan. 
G) bolalar nutqining rivojlaniShidan iborat
Bu vazifalarni xal etish chog`ida bolalarda kattalar ta'siri ostida buyumlarni 
tanish, kattalarning nutqini tushunish, ayrim tovush brikmalari va dastlabki 
so`zlardan faol foydalana olish malakalarini Shakllantirish zarur. 
Bolalar ayrim buyumlarni ularning xususiyatlariga ko`ra bilib olishni 
o`rganadilar, bunda murakkab bo`lmagan xarakatlarni egallaydilar. 
Kattalarning bir yoshli bolalarga ta'limiy ta'siri avvalo bola bilan yakkama-
yakka muloqatda bo`lish va uning mustaqil faoliyatini o`yinchoqlar didakatik
materiallar va qo`llanmalar bilan taShkil etish orqali amalga oShiriladi. 
Yakkama-yakka muloqot albatta erkalovchi, xotirjam nutq asosida olib 
borilishi kerak. 


Ikki yoshli bolalarga ta'lim berish jarayoni bir muncha maksadga 
yo`nalganlik va rejalilik tabiatini kasb etib boradi. Ta'lim jarayonida birinchi yilda 
tavsiya etilgan vazifalar xal etiladi, bular: sensorikani rivojlantirish, buyumli 
xarakatlar va buyumli faoliyatni rivojlantirish. Biroq bolalarning voqealikda 
xarakat qiliSh birmuncha ko`zga tashlanib boradi. Bolalar yaqin atrofdagi 
buyumlarni ayniqsa, yorqin ajratib turadigan buyumlarni farqlashga, ulardan 
foydalanishga o`rganadilar. Ular maishiy axamiyatga molik buyumlar va narsalar 
bilan: mebel, kiyim bosh, idish-tovoq, o`yinchoqlar bilan tanishadilar: ayrim 
xayvonlarni farqlab va uning nomini ayta oladilar ularning asosiy qismlarini 
xarakat tabiatini farqlaydilar. 
Bolalarda o`simliklar xaqidagi dastlabki tasavvurlar xam paydo bo`ladilar. 
Bu tasavvurlar ularni idrok etish chog`idagi bilib olish darajasida xamda rasm va 
o`yinchoqlarni ko`rib chiqish paytida shakllanadi. Bolalar ta'lim jarayonida asta-
sekin o`xshash belgilari bo`lgan buyumlarni bir so`z bilan atash dastlabki 
umumlashmalar chiqarish malakasini xam egallaydilar. 
Tasavvurlarni shakllantirishning butun jarayoni nutq egallash jarayoni bilan 
birgalikda kechadi. 
Ta'limning mazmuniga buyumlar bilan bajariladigan xilma-xil xarakatlarni 
shakllantirish xam kiritiladi: didaktik o`yinchoqlar bilan, qurilish materiallari bilan 
turli xil buyumlar bilan qilinadigan xarakatlar. Shuningdek uning mazmuniga 
syujetli o`yinchoqlar bilan qilinadigan xarakatlarga o`rgatish xam kiradi: 
avtomabilni g`ildiratish, qo`g`irchoqni ovqatlantirish uni uxlatish va xokazo. 
Asosiy xarakatlarni rivojlantirish, shuningdek muzika tarbiyasi-muzika 
sadolarini farqlanishning dastlabki belgilarini fanga tutish ta'limining muxim 
bo`liShiga aylanadi. 
Shunday qilib ikki yoshli bolalarga bnriladigan ta'limning mazmuni ko`p 
qirrali yvnaliSh kasb etadi. 


U bolalarning atrof-muxitda dastlabki xarakatini, nutqining rivojlanish va 
dastlabki (belgilarni)bilish va amaliy ko`nikma xamda shakllarning shakllanishini 
ta'minlaydi. 
Natijada bolalar xayotining dastlabki uchinchi yilida ularda boshlang`ich 
o`quv ko`nikmalarining elementar asoslari shakllanadi: kattalar ko`rsatmalariga 
ko`ra xarakat qilib o`zlariga tavsiya etilagan mazmuni o`zlashtiradilar 4 yoshli 
bolalarni o`qitish quydagilarni ko`zda tutudi. 
yaqin atrofdagi buyumlar va xodisalarni tushunishlarini, ularning 
xususiyatlari xaqidagi aniq tasavvrlarning shakllanishini yanada rivojlantirish. 
Sezgi va idrokni yanada takomillashtirish, sensor etalonlar sistemasi xaqidagi 
bilimlarni va ulardan ijodiy faoliyatining turli ko`rinishlarida foydalana olish 
ko`nikmalarini shakllantirish. 
O`quv faoliyatining dastlabki malakalari: vazifasi qabul qila olish, kattalrni 
tinglay va eshita olish, qo`yilgan savollarga javob bera olish ko`nikmalarini 
Shakllantirish. 
Bolalar nutqini rivojlantirish: lug`at boyligi va bog`lanishi nutqni yanada 
kengaytirish. 
Bolalarning uch-besh yoshligida o`qitishning mazmuni ko`p qirrali bo`la 
boradi. Bu kattalar mehnatini uning asosiy tarkibiy qismlarida shu jumladan, 
mehnat natijasi bo`lishi buyumlar xaqidagi tasavvurlarda jonsiz tabiat haqidagi 
o`simlik va hayvonlar xaqidagi tasavvurlarni o`zlashtirishda amoyon bo`ladi. 
Ta'lim dasturiga bolalar tomonidan o`zlashtirish lozim bo`ladigan murakkab 
bo`lmagan yo`llar va usullar tasviriy -badiiy faoliyat malakalarini shakllantirish 
kiritiladi. Bolalar tasviriy materiallar bilan tanishtiriladi. 
Ular buyumlarni so`ng syujetni chizma orqali tasvirlashga oid dastlabki
malakalarni egallaydilar, tasvirdagi obrazni anglash keyin uni maqsadga muvofiq 
yaratish ko`nikmalarini o`rganadilar. Buyumlarda umumiy hususiyatlarni va shu 
bilan birga aloxida o`ziga xoslikni ko`rish va tasvirlashni o`rganadilar: mazkur 


belgilarni chizma va ranglardan bera oladigan bo`ladilar. Ifodali nutqqa, qo`shiq 
aytish va xarakatlarga o`rgatish musiqa jo`rligida kechadi. mashg`ulotlarda o`qitish 
va kundalik hayotda faol xarakat tajribasining to`planishi yuz beradi. Bolalar 
harakatning 
asosiy 
turlariga 
oid 
malakalarni 
va 
jismoniy 
mashqlarni 
o`zlashtiradilar. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatishda ho`jalik-maishiy mehnatda 
elementar mehnat ko`nikmalarini o`zlashtirish davom etadi. 
Ta'limning metod va usullari bilimlar ko`nikma va malakalarni 
shakllantirishga xam o`quv faoliyatining tarkibiy qismlarini rivojlantirishga xam 
yo`naltirilgandir. 
Bolalarga ikkinchi kichik va o`rta guruxlada ta'lim berishda birinchi kichik 
guruxda bo`lgani kabi ko`rgazmali va amaliy metodlardan: kuzatish, rasmlarni 
tamosha qilish va diafilmlarni namoyish qilish o`yin metodlari va boshqalardan 
foydalaniladi. Ilk marta tajribalar bolalar tomonidan ayrim izlanish harakatlarini 
o`quv faoliyati metodlaridan biri sifatida egallanish asosida o`rta yosh guruxlarida 
qo`llaniladi. Tarbiyachi ko`pincha xikoya qilib berish bolalar bop kitoblarni o`qib 
berish kabi og`zaki metodlarga murojat qiladi. Ilk marta suhbat o`tkazila 
boshlanadi. 
Kuzatishning o`rta yosh guruxida foydalaniladigan asosiy turi bu tanlab olish 
maqsadidagi kuzatishdir. Biroq vaqti-vaqti bilan uzoq muddatli kuzatish xam 
bo`lishi mumkin. Kuzatish chog`ida hilma-xil tekshiruv va izlanish harakatlaridan, 
bevosita idrok etish tushuntirish asosidagi taqqoslashdan shuningdek, topishmoq va 
xalq og`zaki ijodining boshqa janrlaridan foydalaniladi. O`rta guruhdagi kuzatishga 
raxbarlik qilishning asosiy usuli tarbiyachining savol berishidir. O`quv 
ko`nikmalarining etarlicha tarkib topmaganini ixtiyoriy diqqatning beqarorligini 
hisobga olgan holda ayrim qiziqarli usullardan foydalanish zarur. 
Xarakatlarni 
baxolash 
asta-sekin 
o`zgaradi: 
kichik 
guruxlardan 
qo`llaniladigan 
bolalar 
xarakatlarini 
majburiy 
maqullashdan 
tarbiyachi 
topshiriqning bajarilish sifatini baxolashga o`tadi. Bunda baxolashning umumiy 


ijobiy tabiati saqlanadi. Ikkinchi kichik guruxdagi tabiat ko`nikma va bolalar 
bog`chasi binosi ichida maqsadli sayr va yurib tomosha qilishlar o`tkazila 
boshlaydi. 
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini Ta'minlashga karatilgan pedagogik 
jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar 
faoliyatining har xil turlari: mashg`ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali 
o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o`z mehnati va kattalar mehnati 
bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga xizmat qilish, sayrlar o`tkazish gigienik 
tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog`chasidagi 
pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etishga bog`liqdir.
Bolalar bog`chasining pedagogik jarayonida ta'lim muxim axamiyat kasb 
etadi va u kundalik xayotda, o`yinda, mehnatda, mashg`ulotlar orqali amalga 
oshiriladi. Mashg`ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-
atrofdagi xayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o`stirish va savod o`rgagish, 
matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo`yicha eng oddiy 
tasavvur va bilimlarni, malaka va ko`nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar 
egallab olishlari kerak bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar bolalar bog`chasi 
dasturida belgilab berilgan bo`lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni 
maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg`ulotlarda ta'lim 
berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini 
e'tiborga 
olib 
ma'lum 
izchillikda 
olib 
boriladi, 
mazmuni 
sekin-asta 
murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga 
ega bo`ladi. 
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o`tkaziladigan mashg`ulotlar 
soni va har bir mashg`ulot qancha davom etishi belgilab qo`yilgan. Tarbiyachi 
mana shunda asoslanib, o`zining xaftalik mashg`ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu 


ta'limning hamma bo`limlari bo`yicha belgilangan ta'limtarbiya ishlarini to`g`ri 
taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg`ulotlar jadvalini 
tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
1. Dasturning hamma bo`limlari bo`yicha mashg`ulotlarni haftaga teng 
taqsimlash.
2. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg`ulotlar qo`yiladi.
3. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy 
faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
4. Kun davomida birinchi bo`lib bolalardan aqliy zo`r berishni ko`proq talab 
etadigan, kam harakatli mashg`ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi xayot va 
tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashulotga engilroqlari: 
tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg`uloti va shunga o`xshashlar 
rejalashtiriladi.
5. Kun davomida mashg`ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: 
matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.
Mashg`ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq 
o`zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
O`yin bolalarning muxim faoliyati xisoblanadi. U bolalarning jismoniy va 
ruxiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil 
topishida muxim axamiyat kasb etadi. O`yin bolaga quvonch bag`ishlaydi, ijobiy 
xis va kechinmalarini, xayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O`yin mazmuni 
bola shaxsining shakllanishiga muxim ta'sir kursatadi, shuning uchun kattalar 
bolalar o`yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari 
ijobiy tomonini aks ettirish xoxishini uyg`otishlari kerak. 
Tarbiyachi bolalar o`yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-atrofdagi 
hayot to`g`risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o`yin mavzusi, mazmuni, syujeti 
boyiydi), bolalarning ahloqiy hislarini, o`zaro ijobiy munosabati va odatlarini 
tarbiyalaydi. O`yindan bolalardagi o`zaro o`rtoqlik, do`stlik, bir-biriga yordam 


ko`rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar xayotini tashkil etish shakli sifatida 
foydalanadi.
Bolalarning o`yin bilan shug`ullanishi va mehnat qilishlari uchun kerakli 
materiallar bilan ta'minlaydi, Shu orqali bolalar uyinining mehnat bilan 
uyg`unlashib ketishiga erishadi.
Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o`yinlarining hamma xilini syujetli-
rolli, kurilish dramalashtirilgan tabiiy materiallar bilan o`ynaydigan qilib tashkil 
etadi. Bolalarga o`yin harakatlarini o`rgatadi, tengdoshlari bilan bo`ladigan 
munosabatlarda haqqoniylik printsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u 
bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo`llab-
quvvatlaydi.
Ijodiy o`yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi 
yarmidagi sayrda, ya'ni mashg`ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi.
Rejimda qoidali o`yinlar katta o`rinni egallaydi. Mashg`ulotlarda va 
mashg`ulotdan tashqari vaqtda o`ynaladigan didaktik va xarakatli o`yinlar muxim 
rol uynaydi. Tarbiyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish 
jarayonlarini didaktik o`yinlar orqali amalga oshiradi. Harakatli o`yinlarda 
bolalarning jismoniy madaniyatini tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish 
kerak.
Harakatli o`yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 
marta butun guruh, yoki guruxcha bilan o`tkazilishi kerak. O`rta va katta 
guruxlarda turli xil sport o`yinlari o`tkazib turiladi. Hamma o`yinlar uchun kun 
tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash tarbiyachining 
zimmasiga yuklatilgan.
Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaktida, ertalabki va kechki 
sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o`zlariga tanish 
bo`lgan didaktik va harakatli o`yinlarni o`ynaydilar, xoxlagan rasmlarini chizadilar, 


xoxlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomoSha 
qiladilar, xoxlagan badiiy asarlarini tinglaydilar.
Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo 
ish bilan bir vaqtda bolalarning o`z-o`zini tashkil eta bilish qobiliyati o`sishiga, 
xulq madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining 
shakllaniga yordam beradi. 
Bolalar bilan amalga oshiriladigan tarbiyaviy ish yagona jarayon bo`lib, 
hamma ta'lim-tarbiyaviy ishlarning bir-biriga bog`liqligi printsipiga rioya qilishni 
takozo etadi.
1. Dasturning har bir bo`limi bo`yicha tevarak-atrofdagi xayot va ijtimoiy 
voqealar bilan tanishtirish, nutqni o`stirish, musiqa tarbiyasi, matematika va shunta 
o`xShaShlar bo`yicha bolalar bilan olib boriladigan ishda faqat shu bo`limga 
taalluqli vazifalargina hal etilmay, shu bilan bir qatorda har tomonlama tarbiyala 
shning bir qancha vazifalari ham amalga oshirib boriladi. Masalan: tasviriy faoliyat 
mashulotining asosiy vazifasi bolalarga estetik tarbiya berishdir. Shu bilan birga 
bolalar bu mashg`ulotlarda buyumlarning so`z bilan ifodalanishini, shakli, katta-
kichikligi, rangi, o`ziga xos xususiyatlarin bilib oladilar, axloqiy sifat va 
munosabatlarni egallab oladilar.
Mashg`ulotlarda bolalarga bilim berish, tasavvur va tushunchalarini 
kengaytirish, malaka va ko`nikmalarini shaklantirish bilan bir qatorda intizomlilik 
va xulq madaniyati kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bolalar tarbiyachining 
boshqa tomonlari, masalan, mustaqillik, faollik, ijodiy qobiliyat, boshlagan ishni 
oxiriga etkazish, birgalaShib o`ynash va ishlash, bamaslaxat ish tutish kabi shaxsiy 
sifatlar har xil o`yin va maShg`ulotlar, mehnat va maishiy faoliyat bolalarning 
butun xayoti davomida tarbiyalanib bor adi.
2. Tarbiyachi dasturning u yoki bu bo`limi bo`yicha 
ishlarni 
rejalaShtirayotganda boshqa bo`limlar bo`yicha ham mana shu yo`nalishda nima 
ishlar amalga oshirilganini e'tiborga olishi kerak. Masalan, suhbat, hikoya qilib 


berish, 
bolalar 
o`yinini 
tashkil 
etishdan 
oldin 
tarbiyachi 
bolalarning 
mashg`ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrlarda, badiiy adabiyotni o`qib berganda 
olgan taassurotlariga asoslanishi lozim. Tarbiyachi bolalarning syujetli-rolli, 
saxnalashtirilgan, ko`rinish kabi ijodiy o`yinlarini tashkil etishda tasviriy faoliyat 
bo`yicha mashg`ulotlarga tayyorlanishda qaysi badiiy adabiyotlarni o`rganish, 
qanday qushlar va hayvonlarni kuzatish, qanday ashulalarni ijro etishlari, qanday 
ekskursiyalarga borishlari lozimligini etiborga olishi kerak. Bu boshqa 
tasavvurlariga asoslanib o`yin mazmunini, rasm qurish-yasash mavzusini belgilash 
imkoniyatini yaratadi va ta'lim-tarbiyaviy iShlarning har xil bo`limlari o`rtasida 
bog`liqlik bo`lishini ta'minlaydi. 
Ishning bunday tashkil etilishi dasturning hamma bo`limlari bo`yicha bolalar 
egallab olishlari lozim bo`lgan bilim, malaka, ko`nikmalarni yaxshiroq o`zlashtirib 
olish, ulardan o`z faoliyatlaridagi har xil vaziyatda ham foydalana olish malakasini 
tarbiyalaydi. Shu bilan birga bolalarda o`z-o`zini tashkil eta bilish, mehnat 
madaniyati, o`z faoliyatini rejalashtirib olish, ma'lum maqsad bilan harakat qilish 
kabi shaxsiy sifatlar tarbiyalanadi. 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin