Kim uchsa sa’iy – jahd qilmay Shuhratga,
Karam libosiga ko‘zi bo‘lsa och.,
G‘aflat soyasida Shod bo‘lur, ammo,
SHaraf kiyimisiz qolar yalong‘och.
Demak, buyuk allomaning fikricha, mehnatsiz vaqtinchalik ko‘rkam libosga
ega bo’lishi mumkindir, biroq mehnat va kasb-hunar bilan inson hech qachon
g‘aflatda qolmaydi, deydi. Mutafakkirning Ta’kidlashicha, inson tabiatning oliy
kamolotidir, chunki “inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi...er yuzini obod
etish va uni boshqarib turish uchun... insonga katta sharaf ko‘rsatilgan – unga aql-
zakovat kuchi armug‘on etilgan”.
Beruniy shu sababli deydiki insonning ma’naviy qiyofasi uning oldiga
qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lmog‘i uchun u yuksak axloqli, ilm-ma’rifatli, o‘z
kasbini mukammal egallagan va mehnatni sevadigan bo‘lmog‘i lozim. Haqiqatdan
ham kishining eng birinchi, zaruriy ehtiyoji – mehnatdir. Insonning asosiy burchi
va vazifasi – mehnat qilishdir, chunki “istalgan narsaga mehnat sarflash orqali
erishiladi”, deydi u.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnati o‘yin bilan qo‘shilib ketadi. Aniq
topShiriq berib, ishlatish bu bolalar uchun unchalik ahamiyatga ega emas.
Plastilindan quyon yasashga kirishadi-yu, ot yasab qo‘yadi. Lekin bolaga juda
yoshligidan boshlab, o‘z o‘rnini tuzatish, changlarni artish, piyolani yuvish,
pomidor terish, tovuqqa don berish kabi ishlarni o‘rgata borish zarur. Shuni ham
ta’kidlash kerakki, mehnat tarbiyasi bolalarda baholi-qudrat bo‘lmog‘i lozim.
Ammo turli yoshdagi bolalarni bir hil qarichdan o‘lchab bir hil yondoshib
bo‘lmaydi. Bola ulg‘aya borgan sari uning tarbiyasiga bo‘lgan ma’suliyat ham ortib
boradi. Keyinchalik mehnat turini tanlashda bolalarning qiziqishini, ularning
foydali mehnat haqidagi tasavvurini ham hisobga olish kerak. Shuningdek, ishning
ko‘pchilik bo‘lib bajaradigan shaklini tanlash lozim (kartoshka, piyoz qazish,
begona o‘tlardan tozalash, dala ishlariga ko‘maklashish kabi). Ko‘pchilik
qilinadigan mehnat, Shuningdek, mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo’lish ko‘proq
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu narsa bolalarda hayotiy tashkilotchilik malakalarini
rivojlantiradi, ikkinchi tomondan esa ularning buyruq, jazodan qo‘rqitish bilan
emas balki ko‘pchilik mehnatining mohiyati bilan tarbiyalanadigan ongli intizomga
o‘rganadi. Mehnat turlarini tanlashda bolalar mehnati oldiga qo‘yiladigan maqsad
avval o‘ng‘ay, soddaroq, bolalarga tushunarli, yaqin bo’lishi, keyin esa asta-sekin
qiyinlashib, murakkablashib borishiga amal qilishi zarur.
Mehnat tarbiyasi yosh avlodni ijtimoiy ishlab chiqarishida qatnishishga
amaliy tayyorlash va shu bilan birga ahloqiy, aqliy va estetik tarbiyaning muhim
tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Albatta mehnatni faqat jismoniy ish deb xato
tushunish ham yaramaydi. Bolani dars qilishga, o‘qiShga va mustaqil mushohada
qiliShga undash ham mehnat. Uning to‘garaklarga qatnashishga, biror hunar
sohiblarining huzurida bo’lishiga, sport musobaqalarida qatnishishiga ham keng
yo‘l ochib berishi kerak va uning yutuq va kamchiliklarini tahlil qiliShga vaqt topa
biliSh lozim. Tarbiya borasida shu narsani esda tutish kerakki, har qanday
bajarilgan iShda erishilgan muvaffaqiyat o‘z vaqtida ruhlantirib turilsa yaxshi
samara beradi. Bola topshirilgan vazifani o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis ado etgan
bo‘lsa, albatta siz uni maqtab qo‘yasiz. Hamma ham o‘zi haqida shirin gaplarni
eshitishni istaydi, qolaversa inson tabiatan maqtovni yaxshi ko‘radi. Bu maqtov esa
bolaning keyingi ishlaridagi muvaffaqiyat uchun zamin bo‘lib qoladi.
|