2.4. Ibn Sinoning inson ruhiyatini kamol toptirish pedagogik g’oyasidan
zamonaviy milliy tarbiyada foydalanish texnologiyalari
Har xil tarixiy davrlarda pedagogika fanida dolzarb bo’lgan muammo:
“Shaxs kamolotida ta’lim birlamchimi yoki tarbiya?” savoliga jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy, ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlaridan kelib
chiqib har turli javoblar berilgan. Ma’lum ijtimoiy-tarixiy davrlarda, har ikki tamon
vakillarini kelishtirish maqsadida bo’lsa kerak, ta’lim-tarbiya jarayonini bir
butunlik deb e’lon qilingan. Unday bo’lsa, navbatdagi savol kelib chiqadi:
“Insoniyat o’z rivojlanish tarixida ko’p asrlar davomida o’quv muassalarisiz
yashagan, demak, ta’lim jarayoni tizimi bo’lmagan, bola shaxsi qanday kamolotga
yetkazilgan? “ Masalaning bunday qo’yilishi endi ta’lim va tarbiya tushunchalarini
qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Yoki ta’lim-tarbiya tushunchalari aslida birmi
yoki har xilmi? Nega ibtidoiy jamoada maktabgacha ta’limisiz ham bolalar voyaga
yetishgan? Yoki ular to’laqonli jamiyat a’zolari bo’lishmaganmidi? Agar shunday
bo’lsa, nega insoniyat jamiyati rivojlanishda davom etaveradi va hakozo.
Ibn Sino o’z asarlarida inson bolasini yer yuziga olamga mehr-muhabbat
ulashgani, ruhiy kamolotga erishgani, ma’nan barkamol bo’lgani va boy-badavlat
yashagani yuborilgan mavjudod sifatida tushunadi. Uning talqinicha, bola
tug’ilishidan organizmi mukammal (kelajakda yaxshiliklar qilish uchun unga tabiat
hamma imkoniyatlarni layoqat, qobiliyat, talant shaklida berib qo’ygan), ruhiyati
pok, shaffof va musaffo. Inson bolasi ma’lum to’laqonli imkoniyatlar bilan
tug’ilgan. Ammo boshqa jonzodlardan farqi shuki, tabiat unga berilgan
imkoniyatlardan yaxshilik yoki yomonlik yo’lida foydalanishda, tanlov huquqini
o’ziga berib qo’ygan. Tug’ilishidan mukammal sihat-salomatlikka ega, ruhiyati
toza, musaffo bo’lgan bola tabiatga, narsalarga, odamlarga bo’lgan munosabatda
qarama-qarshiliklar bilan to’qnashadi, yengib bo’lmaydigandek to’siqlarga
uchraydi. Ibn Sino fikricha, tabiatdagi, samolardagi, koinotdagi bu qarama-
qarshiliklar, qiyinchiliklar va to’siqlar obyektiv xarakterga egadir. Ularni inson
bolasi sun’iy ravishda yasagan emas. Ana shu obyektiv reallikdagi qiyinchiliklarni
yengib o’tish uchun odam bolasiga tug’ma imkoniyatlar berilgan bo’lib, ular
biogenetik xarakterga ega. Subyekt obyektiv reallikgacha to’siqlarni yengib borar,
o’z yo’lida uchragan qarama-qarshiliklarni bartaraf etar ekan, u o’zining ruhini
kamol toptiradi va o’zida mehr-muhabbat, saxovatlilik, qo’li ochiqlik, sabr-
toqatlilik, chidamlilik, sevgi, mo’tadillik, aqllilik, ehtiyotkorlik, qat’iyatlilik,
sadoqat, yaxshilikka intilish, intizomlilik, ijrochilik, buyuk maqsadlar qo’ya
olishlik, iymon-insoflilik kabi axloqiy-ma’naviy sifatlarni kashf etadi, ro’yobga
chiqaradi.
Obyektiv olamning mohiyatidan kelib chiqayotgan qarama-qarshiliklar
oldida to’xtab qolish, to’siqlarni yengishdagi o’ziga ishonchsizlik, ikkilanish,
qo’rqoqlik, hasad, irodasizlik, dangasalik kabi shaxs sifatlarini shakllantiradi va
bular oxir oqibatda odamni kambag’allik, xoru-zorlik, yetishmovchilik holatiga
olib kelib, ruhiy g’ariblikka mahkum etadi. Bunday odam tubanlikka yuz tutadi.
Ibn Sino baxtli odam deb, tabiat tomonidan o’ziga berilgan hamma
imkoniyatlarini ro’yobga chiqargan, hayotda oldiga qo’ygan maqsadlariga
erishgan, farzandlarini moddiy jihatdangina emas, ruhiy jihatdan kamolotga
erishishga imkon yaratib bergan subyektni tushungan. Bunday insonning ruhiyati
tinch, osoyishta, xotirjam, chunki u tabiat tomonidan berilgan barcha
imkoniyatlarni ro’yobga chiqara oldi, tabiatning inson oldiga qo’ygan talabi,
missiyasini to’la amalga oshirishga erishdi.
Ibn Sinoning yuqorida zikr etilgan fikrlarini zamonaviy, milliy tarbiyamiz
pozitsiyadan
turib,
quyidagicha
xulosalashimiz
va
undan
amaliyotda
foydalanishimiz mumkin:
1. Ta’lim jarayoni, bola ruhiyatini kamolga yetkazish ayni vaqtda ham ibtido
ham intiho hisoblanadi.
2. Ta’lim jarayonini samarali amalga oshirish uchun, avvalambor, bolaning
ruhiy- irodaviy jarayonlari darajasini, sifatini ta’minlashimiz kerak.
3. Bola ruhiyatini kamolotga yetkazishi uchun, avvalambor, uning o’zi
ma’suldir.
4. Pedagogik jarayonlarni insonparvarlik, demokratik asoslarda uyushtirish
orqaligina, bolani o’z ruhiyatini kamolotga erishtirish uchun shart-sharoit
yaratiladi.
Alloma ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini aytib:
1) ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilish;
2) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
3) o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishni tashkil qilish;
4) bilim berishda bolalarning mayl, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
5) o‘qitishning jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borishga e’tiborini
qaratadi;
Bu talablar hozirgi davrda ta’lim prinsiplariga mos kelishi bilan qimmatlidir.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha ta’lim-tarbiya masalalari, asosan,
barkamol avlod tarbiyasiga qaratilganini e’tiborga olsak, mutafakkir olim
ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanishni, u metodlar tarbiyalanuvchi
yoshlarda haqiqiy bilim hosil qilishi, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobilyatini
rivojlantirishi, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish ko‘nikmalarini tarkib
toptirishda asosiy maqsad bo‘lgan. Shu o‘rinda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda
belgilab berilganidek, barkamol avlod tarbiyasida muhim jihat, ya’ni turli
jabhalarda o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish va uni amalga oshirish qobiliyatini
rivojlantirish, mustaqil, ijodiy fikrlash imkoniyatlarini ishga sola bilish kabi
sifatlarni shakllantirishga e’tibor berilganini hisobga olsak, Ibn Sinoning o‘z
davridagi ilgari surgan yuqoridagi qimmatli fikrlari bugungi kunda ham alohida
ahamiyat kasb etganini ko‘ramiz.
XULOSA
Xulosa qilib shuni ta’kidlash zarurki, davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng
barcha soxalarda tub isloxotlarni olib bordi. Xususan ta’lim soxasida tub isloxotlar
amalga oshirildi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va
ta’lim soxasidagi boshqa qonunlar buning yaqqol dalilidir. Bulardan ko’zlangan maqsad
yoki davlatimizga kerakli bo’lgan yetuk, har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni
tarbiyalash va ularni jamiyatda o’z o’rnini topishga imkoniyatlar yaratib berishdan iborat
qilib qo’yilgan. Albatta bu xayrli ishlarni ta’lim-tarbiyani birinchi bug’ini bo’lgan oila,
maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish maqsadga muvofikdir deb ko’rsatib
o’tilgan. shunday ekan, biz birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor
berishimiz, ularni yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir.
Tarbiyalanayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axlokli qilib tarbiyalash bizning
oliy maqsadimizdir.
Bu vazifani hal etish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-
tarbiya jarayonida xalqimiz tarixi, madaniyati, ma’naviyatiga yangicha qarash,
uni bugungi kun nuqtai nazaridan o’rganish, baholash va ulardan yosh avlodni
ma’naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishda foydalanish maqsadga muvofiq.
Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ta’lim-tarbiya tarixi boy ma’naviy merosga ega
bo’lib, uni o’rganish va ta’lim iste’moliga kiritish kadrlar tayyorlash milliy
modelida ko’rsatilganidek, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash va
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy yoshlarni tarbiyalashda aqliy,
axloqiy, mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy
gigiyenasi, xalqlar o`rtasidagi do`stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta
ahamiyatga egadir.
Axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa, odob
shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala munosabati
tarzida namoyon bo‘ladi. Bugunimiz va kelajagimiz yosh avlodning qay darajada
o‘nib-o‘sib tarbiya topishiga bog‘liq ekan, bizning vazifamiz ularning ongiga
milliy, ma’naviy va moddiy qadriyatlarimizni yanada chuqurroq singdirishdan
iboratdir. Bunda buyuk mutafakkirlarimizning falsafiy, axloqiy-tarbiyaviy
qarashlarini keng tatbiq etish yaxshi samara beradi.
Allomaning bolani ahloqiy tarbiyalash kabi g’oyalaridan shunday fikrga
keldik:
1. Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o‘zi
ijobiy odatlarni egallab borsin, salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga intilsin.
2. Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur.
3. Bolani tarbiyalash uchun yaxshi hissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va
qo‘rqitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi.
4. Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga
asoslanish kerak.
5. Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish
kerak. Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib,
uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi
faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his-
tuyg‘ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq
namunalarini o‘rgatish ancha oson kechadi.
Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida ham fikr
yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak deydi.
Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u
ilmli bo’lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi.
Eng muhimi, mutafakkir, inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi
haqida ham muhim fikrlarni bayon etadi. Mehnat va kasb-kor bilan shug‘ullanib
borgan bolaning tafakkur darajasi ham yuqori bo‘ladi. Negaki mehnat jarayonida
bilishga intilish bola ongini ochib, u “Nega?” “Nimaga?” degan savollarga javob
izlaydi. Serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qiladi. O‘z-
o‘zidan ayonki, biror foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lgan bola tarbiyasiga salbiy
ta’sir ko‘rsatuvchi turli omillardan yiroqda bo‘ladi.
Ibn Sino baxtli odam deb, tabiat tomonidan o’ziga berilgan hamma
imkoniyatlarini ro’yobga chiqargan, hayotda oldiga qo’ygan maqsadlariga
erishgan, farzandlarini moddiy jihatdangina emas, ruhiy jihatdan kamolotga
erishishga imkon yaratib bergan subyektni tushungan. Bunday insonning ruhiyati
tinch, osoyishta, xotirjam, chunki u tabiat tomonidan berilgan barcha
imkoniyatlarni ro’yobga chiqara oldi, tabiatning inson oldiga qo’ygan talabi,
missiyasini to’la amalga oshirishga erishdi.
Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda
quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;
olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
o‘qitishda jamoa bo‘lib, maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan
qimmatlidir.
Dostları ilə paylaş: |