O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

Kuchli mashqlarga esa, tosh ko‘tarish, otga va tuyaga minish, aravalarda 
yurishni kiritadi. 
Ibn Sino, kishi organizmidagi har bir a’zo o‘ziga xos xususiyatga ega, 
shuning uchun ham har bir a’zoni chiniqtirishda alohida mashqlardan foydalanish 
zarur, deb ko‘rsatadi. Jumladan, ko‘krak qafasi mushaklarni va nafas olish 
a’zolarini chiniqtirish uchun past, goho baland tovush chiqarish zarur. Buning bilan 
faqat ko‘krak qafasi va nafas a’zolarigina emas, balki og‘iz, til ham harakatga 
keladi, ular ham mashq qildirilishi natijasida taraqqiy etib boradi.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga 
keng o‘rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga etadi. Oilaviy 
munosabatlar masalalariga ham Ibn Sino insonparvarlik nuqtai nazaridan 
yondoshadi. Ibn Sino o‘z zamonasining mashhur shoiri ham edi. Uning qalamiga 
turli badiiy qissalar bilan birga she’rlar – ruboiy, qit’a g‘azallar ham mansub bo‘lib, 
ular olim qiziqishlari va iste’dodining nihoyatda keng ekanligidan dalolat beradi. 
Bu she’rlar ham asosan uning ilmiy-falsafiy, ijtimoiy qarashlarini ifodalash uchun 
xizmat qilgan: 
Hech bir gap qolmadi ma’lum bo‘lmagan, 
Juda oz sir qoldi mafhum bo‘lmagan, 
Bilimim haqida chuqur o‘ylasam 
Bildimki, hech narsa ma’lum bo‘lmagan
1
Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila 
munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi 
bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatishi borasida muhim fikrlar bayon 
etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir 
qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug‘laydi va 
1
Ибн Сино. Шеърлар ва тиббий достон. Т., 1981, 54-48 бетлар 


qimorboz, sudho‘r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham 
jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to‘g‘ri talqin etadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki bundan 1000 yil oldin vatandoshimiz 
qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino yaratib ketgan o‘lmas asarlar, buyuk kashfiyotlar, 
jahon ilm-fani va ma’daniyati ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi bo’lishi bilan birga, 
ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin