O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishiga majbur qiladigan 
ixtiyoriy harakatdir", - deb jismoniy mashg‘ulotga tarif beradi. 
Shuning uchun ham Ibn Sino jismoniy mashq bilan mustaqil 
shug‘ullanadigan kishining organizmi juda mustahkam bo‘lib, har qanday 
kasalliklarni yengib o‘tishga qodir bo’lishini isbot qilishga harakat qiladi. Ibn Sino 
kishi organizmini chiniqtirishda tabiatning tabiiy kuchlaridan: havo, suv, 
quyoshdan jismoniy mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib borish va foydalanishga katta 
etibor beradi. 
Olimning fikricha, kishi organizmi chiniqtirishning birdan bir omili sof 
havoda davomli sayr qilish, sayrni har xil harakatlar, jismoniy mashqlar bilan 
qo‘shib olib borilishi kerak. Ayniqsa, yosh bolalarga ko‘proq sof havoda har xil 
harakatli mashqlar qildirilishi ularning organizmini chiniqtirishda katta ahamiyatga 
ega ekanligini ta’kidlaydi. 
Ibn Sino jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarda faqat jismoniy mashqqa ta’rif 
beribgina qolmasdan, balki uning tarkibida har xil usul borligini va ulardan qanday 
qilib foydalanish kerakligini ham ko‘rsatib o‘tadi. Ibn Sino jismoniy 
mashg‘ulotning roli haqida gapirar ekan, uning kishi organizmi uchun foydali 
ekanligini ta’kidlaydi va jismoniy mashg‘ulotga odamning shu jarayonida 
qiladigan harakatlari va maxsus jismoniy mashq harakatlari kiradi, degan fikrni 
ilgari suradi. 
Maxsus jismoniy mashqlarga Ibn Sino quyidagicha: “Kichik yoki katta, juda 
tez yoki sekin mashqlar bo‘ladi" ,- deydi 
Tez harakatlarga: tortinish, tez yurish, nayza otish, qilichbozlik va 
nayzabozlik, otda yurish, yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish, bir oyoqlab sakrash, 
ikki qo‘lni silkitish, arqonda yurish, oyoq uchlarida turib qo‘llarni oldga va orqaga 
cho‘zish hamda tez harakat qilishlarni kiritadi. 
Juda muloyim va engil mashqlarga: arg‘imchoqlarda uchish, qayiq yoki 


kemalarda sayr qilishni kiritadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin