O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti


"Milliy g’oya targ’iboti texnologiyasi" faninig predmeti, maqsadi va



Yüklə 326,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix30.09.2023
ölçüsü326,8 Kb.
#150547
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
5111600 MILLIY GOYA, MANAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TALIMI

"Milliy g’oya targ’iboti texnologiyasi" faninig predmeti, maqsadi va 
vazifalari:
G‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi o‘zgarishlar. O‘z an’analarimiz, 
tarixiy 
taraqqiyot 
davomida 
erishgan 
va 
erishayotgan 
yutuqlarimizni asrab-avaylash,mustaqilligimizni mustahkamlash, 
yoshlar ongiga Vatanga, millatga hurmat ruhida tarbiyalash-bugungi kunda milliy 
g‘oyani targ‘ib qilishning eng asosiy maqsadlaridan biri ekanligi. Bu jarayonlarni 
amalga oshirishda milliy g‘oyani targ’ib qilish texnologiyalaridan foydalanishning 
ahamiyati. 
"Texnologiya" tushunchasining mazmun va mohiyati, uning ko‘rinishlari. Milliy 
g‘oya targ’iboti texnologiyalarining vazifalari
 
Milliy g‘oya targ‘ibotiga oid masalalarni talaba yoshlarga tushuntirishda 
kishilar hayotini to‘la o’rganadigan ijtimoiy-gumanitar fanlarning imkoniyatlaridan 
unumli foydalanish lozimligi. G‘oyaning mazmun-mohiyati shakllanishi va 
rivojlanishida falsafaning asosiy o‘rin tutishi. G’oya va mafkura falsafiy asoslansagina, 
jamiyatdagi kishilarni, turli-ijtimoiy-siyosiy guruh va toifalarni birlashtirib, ular 
faoliyatini harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkinligi. Vatanimiz tarixini 
o’rganish orqali talabalar ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirishning o‘rni va 
ahamiyati. Talaba yoshlarda milliy tuyg‘uni shakllantirishda adabiyot va san’atning 
keng imkoniyatlaridan foydalanish zarurati. Ma’naviyat asoslari, Siyosatshunoslik
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, iqtisodiyot nazariyasi
fanlari mavzularining milliy g’oyani yoritish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi.


Bugungi kunda barcha ta’lim tizimida, shuningdek, oliy ta’lim tizimida ham ta’lim-
tarbiya jarayonida katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligi. An’anaviy o’qitish 
texnologik yondoshuvga o‘z o‘rnini bo‘shatib berayotganligi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilk bor mamlakatimiz ta’lim tizimida 
texnologiyalashtirish muammosi. Texnologiyalardan ta’lim sohasida foydalanish 
muammolari bo‘yicha mamlakatimizda XX asrning so’nggi o’n yilliklarida, ayniqsa 
mustaqillik yillarida ko‘plab katta ishlar amalga oshirilganligi.
Texnologiya (jarayon sifatida) uchta qoida bilan tavsiflanishi. Sanoat va ijtimoiy 
texnologiyalar. “O‘qitish texnologiyasi” tushunchasining paydo bo‘lishi. O’quv 
jarayoniga texnologik yondoshuv. Zamonaviy pedagogikada o‘qitish texnologiyasining 
asosiy tavsifi. Oliy ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyasiga qo‘yiladigan talablar. 

Yüklə 326,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin