Kazeinning izoelektrik nuqtasini aniqlash.
Beshta probirkaga quyidagi tartibda sirka kislotaning 0,1 n. eritmasidan quyiladi:
birinchisiga-0,25 ml, ikkinchisiga-0,5 ml, uchinchisiga-1,0 ml, to‘rtinchisiga-2,0
ml, beshinchisiga-4,0 ml. Xuddi shunday tartibda probirkalarga 8,75 ml, 8,5 ml,
8,0 ml, 7,0 ml va 5,0 ml suv qo‘shiladi.
Kazeinning 0,1 % li eritmasi quyidagicha tayyorlanadi: 0,2 gr kazein suv
hammomida qizdirib turib natriy atsetatning 5 ml 0,1 n. li eritmasida eritiladi va
eritmaning hajmi natriy atsetat eritmasi bilan 200 ml ga yetkaziladi.
Tayyorlangan kazein eritasidan yuqoridagi aralashmalarga 1,0 ml dan qo‘shiladi va
ulardagi loyqalanish darajasi aniqlanadi. Loyqalanish eng yuqori bo‘lgan
eritmaning pH i kazeinning izoelektrik nuqtasi hisoblanadi. Kazein eritmasi
qo‘shilgandan keyin hosil bo‘lgan aralashmalarning pH i tegishli ravishda 5.3, 5.0,
4.7, 4.4, 4.1 ga teng bo‘ladi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar.
1. Izoelektrik nuqta deb nimaga aytiladi?
2. Kazein oqsillarning qaysi sinfiga mansub?
3. Nima uchun kazeinni yog‘sizlantirish kerak?
4. Kazeinning izoelektrik nuqtasi qiymati nechaga teng?
5. Nima uchun oqsillar izoelektrik nuqtada cho‘kmaga tushadi?
АДАБИЁТЛАР:
1. Ю.Б.Филиппович и др. Практикум по общей биохимии. М. Просвещение.
1982.
2. Биоорганик кимѐдан амалий машғулотлар. Олий ўқув юртлари талабалари
учун қўлланма. Т. ТошДУ. 1995.
3. А.Қ.Қосимов ва бошқалар. Биохимиядан амалий машғулотлар. Т. Ўзбекистон.
1989.
4. Ж.Жалилов. Органик химиядан практикум. Т. Ўқитувчи. 1967.