tanishtirish, oqsillarning ayrim fizik -kimyoviy xossalarini o‘rganish va tajribalar
(vakuum-filtrlagich qurilmasi), SF-26, ammoniy sulfat, bitta tovuq tuxumi, dializ
Oqsillar har xil birikmalar, masalan kislotalar, spirtlar, metallarning ionlari bilan
ta’sirlashadi, shuningdek, erituvchi molekulasi uchun raqobatlashadi. Aksariyat
Amfoter elektrolit sifatida oqsillar musbat va manfiy guruhlarga dissotsiyalanadi.
rN ning ma’lum qiymatlarida oqsil eritmasidagi ionlangan guruhlarning nisbati
tenglashadi va eruvchanligi minimal bo‘ladi. Mana shu qiymat oqsilning
izoelektrik nuqtasi hisoblanadi.
Ishning umumiy izohi. Tuxum oqsilidan bosqichma-bosqich tuz bilan cho‘ktirish
orqali (oldindan 50% li to‘yintirilishdan tushgan cho‘kmani olib tashlab), hamda
dializ yo‘li bilan albumin qismi ajratiladi.
Ishning borishi. Tuxum oqsili sarig‘idan ajratiladi va silindrga solinadi, so‘ngra
uning hajmi suv bilan 50 ml ga yetkaziladi, hosil bo‘lgan oqsil eritmasiga 15,65 gr
quruq ammoniy sulfat asta sekin aralashtirib qo‘shiladi. Tuzning hammasi
erigandan so‘ng yarim to‘yingan tuz eritmasidan tushgan globulinlar cho‘kmasi
sentrifugaga qilinib (minutiga 3000-5000 ayl.) yoki qalin qog‘ozda filtrlanib
ajratiladi. Filtrat silindrga yig‘iladi, hajmi o‘lchanib tuz erishi qulay bo‘lishi uchun
stakanga o‘tkaziladi va eritmada ammoniy sulfatning miqdori 70 % gacha
yetkaziladi. Tuzning miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
X= [0,515
V
(c
2
–c
1
)] : [1 – (0,272
c
2
)]
Bu yerda X-berilgan to‘yinish darajasi uchun olingan tuzning miqdori, gr da;
V-oqsil eritmasining hajmi, ml da;
S
1
-tuzning dastlbki to‘yinish darajasi % da ;
S
2
-tuzning berilgan to‘yinish darajasi.
Kerakli miqdordagi ammoniy sulfat erigandan so‘ng loyqalangan aralashma
cho‘kma hosil bo‘lishi bo‘lishi uchun 30-40 minut qoldiriladi. Ovalbumin
cho‘kmasi globulinlar kabi ajratib olinadi. Cho‘kma (agar filtrlash qo‘llanilsa filtr
qog‘oz bilan birgalikda) oz hajmdagi suv bilan aralashtirilib dializ qopchasiga
solinadi va tuzni chiqarib yuborish uchun dializ qilinadi. Buning uchun dializ
qopchasi iliq suv bilan ho‘llanib bir uchi bog‘lanadi va voronka yordamida oqsil
eritmsi bilan to‘ldiriladi. Dializ 4 marta 20 mM pH 7,4 bo‘lgan fosfat bufer
eritmasida, har galgi almashinish bir soatdan kam bo‘lmagan holda olib boriladi.
Dializning dastlabki ikki soatini suv bilan olib borish mumkin. Dializatdagi
ovalbuminning konsentratsiyasi 260 va 280 nm da yutilishi bo‘yicha
nomogrammaga asosan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: