Buning uchun tuxum oqsili sarig‘idan ajrating. Bitta tuxumda taxminan 33 gr oqsil
bo‘ladi. Uning tarkibida 88 % suv, 1 % uglevodlar, 0,5 % mineral moddalar va
qolgani oqsil bo‘ladi. Shunday qilib olingan eritma taxminan 10 %li oqsil eritmasi
Sarig‘idan ajratilgan tuxum oqsili kolbaga solinng va chayqatib turib o‘n barobar
distillangan suv bilan aralashtiring. Bunda albumin eritmada qoladi, globulinlar
iviq cho‘kma hosil qiladi. Eritmani ikki qavat namlangan doka yoki surpdan
o‘tkazib filtrlang. Tuxum oqsilida albuminning miqdori 6 % atrofida bo‘ladi.
Shuning uchun hosil bo‘lgan albumin eritmasining konsentratsiyasi taxminan 0,5%
ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: