Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Angren Universiteti Davolash ishi fakulteti Mustaqil ish Mavzu


Odam genetikasi fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 228,53 Kb.
səhifə2/6
tarix05.12.2023
ölçüsü228,53 Kb.
#174202
1   2   3   4   5   6
DOCX Document

Odam genetikasi fanining rivojlanish tarixi. Ota-ona belgilari xossalarining kelgusi avlodga berilish muammosi bilan odamlar miloddan oldingi davrlarda ham qiziqqanlar. Bu sohada olimlar o‘z fikrlarini bayon etganlar. Xususan, qadimgi yunon olimlaridan Gippokrat odam urug‘ining hosil bo‘lishida tananing barcha a’zolari qatnashadi, urug'dan o‘z navbatida odam tanasi rivojlanadi, sog‘ ota - onadan sog‘ farzand tug'iladi, deb ta ’kidlagan.
Aristotelning ta ’kidlashlicha, kelgusi avlod uchun ona organizmi asosiy material beradi. Ota urug'i esa uni harakatga keltiradi, xolos. Agar ota baquvat bo'lsa o'g'il, ona kuchli bo'lsa qiz farzand tug'iladi. Shu sababli o'g'il otaga, qiz onaga o'xshaydi degan fikrni ilgari surgan.
XVII asrda, birinchi marotaba hujayrani mikroskop orqali ko'rgan A. Levenguk, urug 'd a shakllangan odam organizmi bor, ona esa uni dunyoga keltiradi, deb uqtirgan.
Faqat XVIII asrga kelib odam dagi b a ’zi belgilam ing avloddan-avlodga berilishi haqida to 'g 'r i tasawur paydo bo'lgan. Masalan, (1752) M opertyu odamlarning to 'r t avlodida poli- daktiliya (barm oqlar soni beshtadan ortiq bo‘lishi)ni kuzatib, bu belgining naslga berilishi ham ota, ham onaga bog'liq ekanligini e ’tirof etgan.
Ingliz shifokori Adams o'zining «Taxmin qiluvchi irsiy kasallik xossalari to'g'risida»gi asarida, odamlarda yashirin holda tug'ma kasallik omillari mavjud. Ular yaqin qarindoshlar nikohida ro'yobga chiqadi, lekin ular tug'ilganda birdaniga emas, keyinchalik paydo bo'lishi ham mumkin. B unda muhit omillarining ma’lum darajada roli bor, degan. Uning fikricha irsiy kasalliklarga chalingan shaxslarning urchishi pasaygan holatda bo'lgani sababli, bunday kasalliklar keyingi avlodlarda yo'qolib ketishi ham mumkin.
1820 yili nemis olimi Nasse qon ivimaslik - gemofiliya kasali erkaklar orqali kelgusi avlodlarga o'tishini ma’lum qilgan.
Ingliz olimi G alton « Iste’dod va fe ’l-a tvorning irsiylani- shi» (1865) va « Iste’dod irsiylanishi» (1869) nomli asarlarida mashhur odamlar shajarasini o'rganib, ham ruhiy holat, ham jismoniy rivojlanish irsiylanadi, degan xulosaga keldi. U belgi-xossalarning irsiylanishida ota-ona organizmlarining teng qimmatga ega ekanligini e ’tirof etdi. Olim fikriga ko 'ra faqat qobiliyat, iste ’dodgina emas, balki boshqa ruhiy, biologik xossalar, chunonchi, spirtli ichimliklarga, darbadar hayot kechirishga moyillik, sil, yurak xastaliklari, uzoq yashashlik, hatto ahloq, xudojo'ylik ham nasldan-naslga o'tadi. Galton odam rivojlanishida irsiyatning roli muhimligini isbotlab, fanga egizaklar usulini joriy etgan. Olim, tabiiy tanlanish haqidagi C harlz D arvin ta ’limotini odam zodga tatbiq etish yo'li bilan jamiyatda iste ’dodli, qobiliyatli shaxslarni ko'paytirishni taklif etdi. Bu bilan odam genetikasida g 'ayriilmiy nazariya hisoblangan yevgenika oqimiga asos soldi. Galton yevgenika tushunchasi ostida «odamlar avlodini yaxshilash» ta ’limotini ilgari surdi. U yevgenikani uch bosqichda olib borishni tavsiya etdi.

Yüklə 228,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin