Birinchi bosqichda odam irsiyati o'rganilib, har bir odam o'z irsiyati haqida to'liq ma’lumotga ega bo'lishi lozim.
Ikkinchi bosqichda odam irsiyati haqidagi ma’lum otlarga asoslanib insonlarning jismoniy va ruhiy faoliyatini yaxshilashga yo 'naltirilgan nikohlarni amaliyotga joriy etish inson nasliga ziyon keltiruvchi nikohlarga to'sqinlik qiluvchi qonunlarni yaratishni ko'zda tutish.
Uchinchi bosqichda odamlar irsiyat haqida to 'liq ma’lumotlarga ega bo'lganlaridan so'ng jamiyatda yaxshi avlodni vujudga keltiruvchi nikohlar o'z-o'zidan sodir bo'ladi, deydi. Dastlab yevgenika oqimi barcha mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanadi. Lekin 1930-40 yillarda yevgenika oqimining «negativ» holatlari namoyon bo'la boshladi. Yevgenikani targ 'ib qilish bilan bog'liq holda bir irq yoki millatni boshqalar ustidan hukmron bo'lish g'oyasi yoki irqlarni, millatlarni tabaqalarga ajratish kabi g 'ayriilmiy nazariyalar paydo bo'ldi. Chunonchi, shu yillarda Germaniya fashistlari tomonidan yevgenika oqimi niqobi ostida o'tkazilgan «irqchilik gigiyenasi»butun dunyo jamiyati oldida yevgenika oqimining inqirozga uchrashiga sababchi bo'ldi.
Shunday qilib, dastlabki vaqtlarda odam irsiyatini o'rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar biror bir nazariy qoidalarga asoslanmadi. Faqat XX asr boshlarida ingliz olimi Gerrod Mendel irsiyat qonunlari bilan tanishgach, modda almashinishi bilan aloqador ba ’zi belgi-xossalarning irsiylanishi man a shu qonunlar zam inida ro‘y berishini qayd etdi. Masalan, alkaptonuriyaga yo'liqqan odamlarning farzandlari yaqin qarindoshlariga uylansalar yoki turmushga chiqsalar, ular naslida oz sonda shunday xastalikka chalingan bolalar tug‘ilishi aniqlandi. Keyinchalik L andshteyner odamlar qonini tekshirib, ularda A, В, О guruhlari borligini ma’lum qildi. Dungern va Girshfeld odamdagi qon guruhlari Mendel kashf qilgan qonunlar bo'yicha irsiylanishini aniqladilar.
1924 yili Bershteyn tadqiqotlari qonning А, В, О guruhlari ko‘p allellar tomonidan nazorat qilinishini ko'rsatdi. Odam xromosomalari tuzilishini o 'rganishda A .P .P rokofyeva-Belgovskayaning xizmati muhimdir.
Odam genetikasi bo'yicha keyingi yillarda O 'zbekistonda ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, Yo.X.To'raqulov va uning shogirdlari tomonidan irsiy kasalliklar rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari o'rganildi. Akademiklarimizdan J.H.Hamidov, va A .A .Abdukarimovlar tireoid gormonlar ta ’sirining genetik mexanizmlarini o'rganishga katta hissa qo'shdilar. Akademik N. M. Majidov va professor Sh. Shomansurovlar asab kasalliklarining kelib chiqishida irsiy omillar rolini o'rgandilar.
Markaziy Osiyo respublikalarida, birinchi marta Toshkent tibbiyot institutida, 1971 yili J.H.Hamidov va prof. A.T.Oqilov rahbarligida irsiy kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tibbiyot genetikasi bo'limi ochildi. Hozirgi paytda Toshkentdagi akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda tibbiyot institutlarida, yirik poliklinikalar tarkibida tibbiyot genetikasi laboratoriyalari mavjud bo'lib, ularda nikohlanuvchi yoshlarga, irsiy kasalliklari borlarga amaliy yordam ko'rsatiladi. Genetik injeneriya va biotexnologiya usullarining odam genetikasida keng qo'llanilishi tufayli, irsiy kasalliklarga tashhis qo'yish, davolash va oldini olish imkoniyatlari paydo bo'ldi.