Odam genetikasining nazariy va amaliy ahamiyati. Odam tanasining anatomik , morfologik tuzilishini, unda kechadigan fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning genetik asoslarini o'rganish juda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shaxsning shakllanishida irsiyat va muhitning rolini aniqlash, odamlar populyatsiyasida u yoki bu irsiy belgining tarqalish darajasini belgilash, odam irsiyatining tashqi muhit — xususan, fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa omillarning zararli ta ’sirlaridan himoya qilish, irsiy kasallik kelib chiqishining genetik sabablarini tadqiq qilish odam genetikasining muhim muammolarini yechishda qatnashishini ko'rsatadi. Bularning hammasi organik olam tarixiy taraqqiyotining mo'jizasi bo'lgan inson organizmining biologiyasini tushunishga yordam beradi. Mazkur nazariy muammolarning hal etilishi odamlar umrining uzayishi, turli irsiy kasalliklarning oldini olish, ularni bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqish, ham jismonan, ham ruhan rivojlangan barkamol avlodni voyaga yetkazishni genetik jihatdan hal etish imkoniyatini beradi.
Binobarin, odam genetikasini o'rganish ham nazariy, ham am aliy aham iyatga ega. Shu sababli ham jamiyatda yashayotgan har bir inson odamdagi irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlaridan boxabar bo'lm og'i zamon taqazosidir.
Geneologik uslub qo'llanishining ikkinchi bosqichida shajara tuzishga kirishiladi. Shu maqsadni ko'zlaganda alohida genetik timsollardan foydalanish talab etiladi (I-rasm).
Tuzilgan shajarada erkak to 'rtburchak, ayol doiracha, ular orasidagi nikoh esa gorizontal chiziq bilan belgilanadi.
1. Shajarani tuzish o'rganiladigan belgiga ega shaxs probanddan boshlanadi.
2. Tadqiq qilinayotgan har bir avlod shajaraning bir qatoriga yoziladi.
3. Avlodlar shajarada yuqoridan pastga tomon rim raqamlar orqali belgilanadi.
4. Har bir avlod vakillari arab raqam lari orqali shajaraning chapdan o'ng tom onga tug'ilgan yiliga qarab belgilanadi.
5. Ba’zi bir belgilar, ayniqsa kasalliklar shaxsiy rivojlan ishning turli bosqichlarida rivojlanishi e ’tiborga olinib, shajarada oila a ’zolarining yoshi ko'rsatiladi.