O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon



Yüklə 85,74 Kb.
səhifə19/25
tarix02.01.2022
ölçüsü85,74 Kb.
#34765
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari

Auction - (lat.auction) - «kim oshdi» savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo davomida mahsulotni eng yuqori narx bo`yicha ko`targan xaridor sotib oladi.

Demping - (ing.dumping-tashlash) - bozorni egallash va undan raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida mahsulotlarni sotuv narxiga nisbatan arzonga sotish.

Asrimizning 1930-40-yillari va 1950-yillarning birinchi yarmida o‘zbek iqtisodiyoti terminologiyasi, asosan, rus tilidan tarjima qilingan iqtisod darsliklari va qo‘llanmalarining tili asosida tarkib topa boshladi. Shu bilan birga, ushbu soha terminologiyasida yuzaga kelgan ba’zi kamchilik va nuqsonlar ham yuqorida aytib o‘tilgan barqarorlikka mos ravishda tuzatila bordi.

1950-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiyot terminologiyasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Bu davr iqtisod fani bilimdonlarining iqtisod fanini tartibga solish borasidagi ishlarini kuchaytirish, o‘zbek tili so‘z yasash vositalarining faollashuvi, yangiyangi-yangi terminlar yasalishi va iste’molga kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Albatta, bu rivojlanish jarayonining o‘ziga xos sabablari bor. Xususan, iqtisod sohasida ona tili bazasida mustaqil ravishda darslik, qo‘llanma va lug‘atlar yarata oladigan, soha terminlarini tartibga solish bilan shug‘ullana oladigan mahalliy kadrlarni etishtirish muhim vazifa bo‘lib qoldi. Bunday chora-tadbirlar tufayli O‘zbekistonda iqtisod fani va iqtisodiyot terminologiyasini tartibga solish, iqtisod fanini o‘qitish sifatini oshirish imkoniyati yaratildi.

Umuman iqtisodiy so‘z va terminlar uzoq davrlar mobaynida yaratilgan leksemalardir. Ma’lumki har qanday jamiyatda iqtisodiyot muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli iqtisodiyotga tegishli so‘z va terminlar aniq, lo‘nda va mantiqan asoslangan bo‘lmog‘i lozim.

O‘zbek iqtisodiy terminologiyasida milliylik va baynalmilallik masalasi murakkab masaladir, chunki u nafaqat o‘zbek tilida balki boshqa tillarda ham etarlicha hal qilinmagan.

Ma’lumki, terminni tilga qabul qilish murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki o‘zbek tilining tovush tizimi va grammatik qurilishi termin qo‘llanilayotgan tilnikidan keskin farq qiladi. Shu bilan birga kirib kelayotgan so‘z yoki termin aynan o‘z ma’nosida boshqa tilda qo‘llanilmasligi mumkin. Ba’zan esa terminning kirib kelish jarayonida ma’no o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ma’lumki, terminlar bir tildan ikkinchi tilga o‘tayotganida bir qator xususiyatga ko‘ra farq qiladi.

Xususan, fonetik yoki tovush jihatidan qabul qilinayotgan iqtisodiy so‘z yoki termin o‘zbek tilining tovushlariga mos bo‘lishi lozim. Mos kelmaydigan tovushlar esa tushib qoladi yoki almashinadi. O‘zbek tiliga kirib kelgan va kelayotgan iqtisodiy so‘zlarning asosiy qismini rus va yevropa tillarning leksikasi tashkil etadi.

Rus tilidan kirib kelayotgan so‘z va terminlar og‘zaki va yozma nutq orqali o‘zlashtirilmoqda. Rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tgan iqtisodiy so‘zlarni ikki guruhga ajratish mumkin:

1. XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrgacha.

2. XX asrning boshidan 90-yillargacha.

Mustaqillikdan so‘ng rus tilidan iqtisodiy so‘zlarni o‘zlashtirishda qonuniy va ongli yo‘l tanlandi. Mustaqillikka qadar ko‘pgina iqtisodiy so‘zlarning rus tilidagi va o‘zbek tilidagi variantlari parallel qo‘llanilgan edi:

Soliq - nalog

Iqtisodiyot - ekonomika

Foiz - protsent

Mustaqillikdan so‘ng o‘zbek iqtisodiy terminologiyasida o‘ziga xos yo‘l tutildi. Bu quyidagilardan iborat:

1. Ruscha baynalmilal iqtisodiy terminlar o‘zbek tilida aynan tarjimasiz qo‘llanilmoqda: valyuta, dollar, kredit, banknot, akkreditiv, lizing, forfeting, libor va boshqalar.

2. Ruscha baynalmilal iqtisodiy terminlarning ba’zilari tarjima qilindi yoki uning o‘zbek tilidagi muqobillari qo‘llanila boshlandi: anketa-so‘rovnoma, defitsit-taqchil, biznesmen-bizneschi, litsenziya-ruhsatnoma, kapital-mablag‘, reforma - islohot.

Umuman baynalmilal iqtisodiy so‘zlarni o‘zbek tiliga qabul qilishda ko‘p jihatlarni e’tiborga olmoq lozim. Iqtisodiy termin o‘zbek tiliga kirib kelayotganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor berish kerak bo‘ladi: terminning o‘zbek tilini tovush tizimiga mosligiga; uning o‘zbekcha muqobili bor-yo‘qligiga; kalka yoki tarjima qilish zaruriyatiga; iqtisodiy terminning mazmuniga; uning sodda va ravonligiga; mohiyatiga va o‘ng‘ayligiga.

Boshqa tillardan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan iqtisodiy terminlar dastlab mutaxassislar va atamaqo‘m muhokamasidan o‘tmog‘i, so‘ngra Oliy Majlisning tegishli qo‘mitasidan tasdiqlanmog‘i lozim. Ana shundagina bunday iqtisodiy terminlar qonuniy kuchga kiradi va ularni bemalol qo‘llash mumkin.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida tilimizga ko‘pdan-ko‘p terminlar (o`zlashma neologizmlar) kirib kelmoqda. Bularning muayyan qismi ona tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirib berilmoqda, ma’lum qismi esa baynalmilal o‘zlashma sifatida ishlatilmoqda. Iqtisodiyot terminlarining o‘zbek tilida qo‘llanilishida quyidagi holatlarni kuzatish mumkin:

1. Ko‘plab terminlar tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirilgan. Bunda bir guruh terminlar o‘zbek tilidagi tayyor muqobillari bilan berilmoqda, ma’lum qismi esa tarjima qilinib ishlatilmoqda, bir qismi esa o‘zbek tili qonun-qoidalari asosida yasalmoqda. Masalan: auktsion - kimoshdi, makler - dallol, kommersant - tijoratchi, komissionnie voznagrajdeniya - vositachilik haqi, ekonomika - iqtisodiyot, chek na predyavitelya - oq chek, shaxssiz chek, aksioner-aktsiyador, biznesmen-bizneschi va hokazolar.

2. Yana bir usul dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida ishlatilib kelinayotgan baynalmilal terminlarning o‘zbek tiliga ham o‘z holicha o‘zlashtirilishidir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq zarurki, yangidan kirib kelayotgan terminlarning hammasiga ham o‘zbekcha muqobilini topish qiyin. Shuning uchun ularning asosiy qismi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari tillarida bir shaklda o‘z asl holicha ishlatiladi va bu qo‘llanish dunyo bizneschilari axborot almashinuvi uchun qulay. Masalan: korrupsiya, kredit, eksport, grant ,auditor, avizo, valyuta, lizing, menedjer, litsenziya, biznesmen, norezident

3. Terminlarning ma’lum qismi turli muqobillarda har xil qo‘llanildi. Chunonchi, rus tilidagi “aksionernoye obshchestvo” termini o‘zbek tilida aksionerlik jamiyati, hissadorlik jamiyati, aksioner jamiyat kabi variantlarda, “barter” termini mol ayirboshlash, tovar ayriboshlash, muvozanat, barter variantlarida, “broker” termini broker, dallol, kelishtiruvchi, bitishtiruvchi, vositachi variantlarida, “demping” termini esa demping, arzonga sotish, narxni tanlash, molni chetga juda past narxda sotish kabi variantlari ishlatilyapti. Albatta, bunday har xilliklar soha mutaxassislarini chalkashtiradi, axborot almashinuvini qiyinlashtiradi. Shuning uchun terminologiyadagi asosiy printsip - “bir tushunchaga bitta termin” ishlatilishiga erishish eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Yuqorida aytilganlardan ma’lumki, iqtisodiyot terminologiyasida bir yo‘la bir necha muammolar kelib chiqdi. Uning echimini iqtisodchi va tilshunos olimlar, mutaxassislar, atamashunoslar bilan birgalikdagina topish mumkin. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasi buni hisobga olib, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda O‘zFA Tilshunoslik instituti bilan hamkorlikda 1996-yil 30-oktyabrda “Iqtisodiyot terminlarini tartibga solish masalalari”ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazdi. Unda oliy o‘quv yurtlari iqtisodiyot kafedralari va iqtisodiyot ilmiy mutaxassislari xodimlari, tilshunoslar, atamashunoslar ishtirok etdilar. Atamashunoslik qo‘mitasi xodimlari iqtisodiyot terminologiyasidagi variantlilik-bir tushunchani o‘zbekchada turli muqobillarda ifoda etish holatlarini to‘plab chiqish va ularni “Bozor iqtisodiyotiga oid ayrim terminlarning qo‘llanishi” jadvali holiga keltirdi.

Unga o‘zbek tilida turli shakllarda qo‘llanayotgan baynalmilal terminlargina kiritildi. Mazkur jadval ko‘paytirilib, konferentsiyadan ancha oldin iqtisodiyotga oid oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar mutaxassislariga tarqatildi. Jadvalda qo‘llanayotgan muqobillardan qay birini tanlash mumkinligi haqida Atamaqo‘mning dastlabki tavsiyasi berilgan bo‘lib, olimlar va mutaxassislar takliflari uchun maxsus ustun ochiq qoldirilgan edi. Ilmiy-amaliy konferentsiyada oldindan takliflar olinib, o‘rganildi va oxirgi tavsiya shakllandi.

Konferensiya davomida bu tavsiyalar asosan ma’qullandi, bildirilgan fikr-mulohazalar asosida yanada takomillashtirildi. Ma’lumki, yangi tahrirdagi “Davlat tili haqidagi” Qonunning (1995-yil 21-dekabr) 7-moddasida “Yangi ilmiy asoslangan o`zlashma neologizmlar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi” deyilgan.

Atamaqo‘m ana shu qoidaga amal qilib, ilmiy-amaliy konferentsiyada ma’qullangan iqtisodiyotga oid bir guruh terminlarni amalga joriy etishga ijozat so‘rab Oliy Majlisning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga murojaat etdi. Oliy Majlis Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “O‘zbek tiliga yangi o`zlashma neologizmlarni joriy etish haqida” 1996-yil 24-dekabrdagi qarorida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasi tomonidan kiritilgan “Bozor iqtisodiyotiga oid ayrim terminlarni qo‘llanish jadvali” qo‘mita a’zolari va qo‘mita qoshidagi o‘zbek tiliga yangi o`zlashma neologizmlarni joriy etish bo‘yicha ekspert guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni (ilovaga muvofiq) inobatga olgan holda ma’qullansin va uni amaliyotga joriy etishga rozilik berilsin”. Davlat tili haqidagi Qonunga asosan Oliy Majlis qo‘mitasi tomonidan ma’qullanib, joriy etilayotgan ushbu o`zlashma neologizmlarga matbuotda, ommaviy axborot vositalarida, turli vazirlik, qo‘mita va idoralarda ish yuritishda amal qilinishi shart.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining takomillashuvi natijasida xususiy mulkchilikning barcha shakllari rivojlanib, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo`l ochilmoqda, natjada chet davlatlar bilan oldi-sotdi ya’ni export-import ishlari amalga oshirilmoqda bu borada esa chet tilini bilish juda muhim, xususan iqtisodiy o`zlashma neologizmlarni tushunish har birimizga kerak. Bu borada Respublikamiz Prezdenti I.A.Karimovning nutqini esga olaylik:

“Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohotlarni amalgaoshirishga jahon andozalari darajasi bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol, dunyoqarashi keng milliy kadrlarni tayyorlashda chet tilining xizmati katta” 8.

Ilmiy-texnik matnlardagi o`zlashma neologizmlar tarjimasi kitoblar, ensiklopediya, gazeta, jurnal va boshqalar to`liq matn mag`zi va sohalariga javob berish kerak. U bilim olishga to`liq javob berish kerak. Matn mazmun mohiyati urg’ulari tarjimada asosiy ro`l o`ynaydi ya’ni uni matn mag`zini ochib berishga qaratiladi.

Ilmiy-texnik o`zlashma neologizmlarni quyidagilar tashkil etadi:




Yüklə 85,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin