O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon



Yüklə 85,74 Kb.
səhifə17/25
tarix02.01.2022
ölçüsü85,74 Kb.
#34765
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari

Ensure – Kafolat berish

Income – Daromad

Inloading – Yuk tushirish

Prepayment – Muddatdan oldingi to`lov

3. Suffiks-prefikslar yordamida yangi so`z yasalishi:

yangi so`z yasashning bu turida o‘zak-negizga bir vaqtning o‘zida ham prefiks, ham suffiks qo‘shish orqali yangi so‘z yasaydi.

Incorporated – Uyushma, birlashma sifatida ro`yxatga olingan, tasdiqlangan

Indebtedness – Qarzdorlik, qarz summasi

Inloading – Yuk tushirish

Outstanding – To`lov qarzlari

Overpricing – Narxlarning oshirilishi

Underestimated price – Pasaytirilgan narx

Shuningdek, ingliz tilida ko`plab o`zlashma neologizmlar affikslarsiz yasalishi ham mumkin.

Affikslarsiz so‘z yasashda tovushlar almashinuvi va so‘z yasash vositasi sifatida urg‘uni ko‘chirish orqali amalga oshiriladi. Lekin, so‘z yasashning bu usuli ko‘p tarqalmagan. Affikslarsiz so‘z yasash usuliga ingliz tilida keng tarqalgan konversiyani, ya’ni berilgan o‘zakni so‘z o‘zgartirishning boshqa paradigmasiga ko‘chirish orqali so‘z yasash usulini kiritish mumkin. Bunda yangi so‘zning sintaktik birikuvi o‘zgargani sababli konversiya so‘z yasashning morfologik-sintaktik usulini taqozo etadi. Konversiya yo‘li bilan yasalgan so‘zlarning ko‘pchiligini fe’llar tashkil qiladi: cost – to cost, value – to value, trade – to trade va hokazo. Yuqorida keltirilgan misollardan fe’llar turli so‘z turkumlaridan, ya’ni otlardan, sifatlardan va ravishlardan yasalishi mumkinligi ko‘rinib turibdi. Konversiya yordamida boshqa so‘z turkumlari, masalan, ot yasalishi mumkin: to waste – waste, to work –work, to use – useva hokazo.

So‘z qo‘shish (Kompozitsiya) – hind-yevropa tillari uchun umumiy bo‘lgan

morfologik so‘z yasash turi bo‘lib, unda yangi qo‘shma yoki qisqartma so‘z ikki yoki undan ortiq o‘zak yoki so‘zning qo‘shilishidan yasaladi. Shuni inobatga olish kerakki, qo‘shma so‘zlar ikkita to‘liq negizning qo‘shilishidan yasaladi:

Masalan, Bribetaker – poraxo`r

Bookkeeper – Hisobchi buxgalter

Copyright – Mualliflik huquqi

Handbook –Ma’lumotnoma

Shunga o`xshash iqtisodiyot sohasida ko`plab ingliz tilidagi o`zlashma neologizmlar qo`llanilib kelinmoqda, hatto ularning ayrimlari baynalminallashib bormoqda.

Masalan, “businessman” terminini olib ko`radigan bo`lsak “business+ man“ ushbu termin kompozitsiya usulida yasalgan bo`lib “ot+ot“ shaklidagi komponentlardan yasalganligi ko`rinib turibdi. “Businessman” terminining tarjimasi “tadbirkor, ishbilarmon kishi “degan ma’nolarnini anglatadi. Ayni vaqda ushbu termining erkak tadbirkorga nisbatan qo`lanishini takidlab o`tishimiz lozim, chunki tadbirkor ayol kishiga nisbatan “businesswoman“ termini qo`llaniladi. Ingliz tilidagi ushbu o`zlashma neologizmlarning yasalishida jinsga ham alohida e’tibor berilganligi ko`rinib turibdi. O`zbek tilida ham bu jarayonga e’tibor beriladi, masalan: kotib-erkak, kotiba-ayol, muallim-muallima kabi.

Shuningdek, so`z qo`shish orqali ko`plab iqtisodiy o`zlashma neologizmlar hozirgi kunda faol ishlatilmoqda:

Masalan: Agrobusiness – agrobiznes deganda qishloq xo`jaligidagi biznes tushuniladi. Keng ma’noda, bunga qishloq xo`'jaligi bilan shug`ullanuvchi biznes turlari kiradi.

Agrofirm – agrofirma - muayyan turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat asosida qayta ishlaydigan korxonadan iborat.

Giperinflation – giperinfyatsiya - haddan tashqari inflyatsiya, narx-navoning shiddat bilan o`sishi, pul qadrining g`oyat tez pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga kelishi bilan ifodalanadi.

Macroeconomy – makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqyosida moddiy va nomoddiyishlab chiqarish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo'jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.

Microeconomy mikroiqtisodiyot - korxona, firmalar, ya’ni iqtisodiyotni birlamchi, boshlang'ich bo`g`ini haqidagi iqtisodiyotdir. U cheklanganlik, tanlash va muqobil qiymat singari tushunchalar bilan, shuningdek ishlab chiqarish va iste’mollar bilan shug`ullanadi. Hozirgacha iqtisodiyotga oid bo`lgan darsliklar, o`quv, uslubiy qo`llanmalarning ko`pchiligida noiqtisodiy o'quv yurtlari, jumladan, pedagog kadrlar tayyorlash yo`nalishidagi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun iqtisodiy o`zlashma neologizmlar va tushunchalar ancha murakkab yoritilgan bo`lib, ta’lim muassasalari spetsifikasiga kam e’tibor berilgan.


Yüklə 85,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin