O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Kommunikativ refleksiya shaxsiy refleksiyaning mazmunini, tizimini



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   284
Kommunikativ refleksiya shaxsiy refleksiyaning mazmunini, tizimini 
va aynan bir xilligini belgilaydi,

 degan xulosaga keladi muallif. 
Ba’zan pedagogik kommunikatsiyada ro‘y beradigan uzilishlar, 
ya’ni o‘quvchilar jamoasidagi faoliyatni «tushunmaslik holatlari» tufayli 
davom ettira olmaslik, pedagogik faoliyatdan refleksiv chiqishga olib 


297 
keladi, zero ikkinchi o‘qituvchi, birinchisining faoliyati mazmunini ang-
lay olmaydi va natijada ularning ikkalasi ham nizo sabablarini tahlil qi-
lishlariga to‘g‘ri keladi. Individual refleksiya, individlararo refleksiya-
ning alohida maxsus shakli, deb hisoblaydi ba’zi olimlar.
A.A.Bizyayeva o‘qituvchining kasbiy refleksiyasidagi o‘ziga xos 
jihatlarni o‘rganar ekan, diqqatini o‘qituvchi refleksiyasining boshqa 
inson faoliyatini tahlil qilish va anglash, shuningdek o‘zini tahlil qilish va 
o‘z – o‘zini baholash zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy omillariga 
qaratadi. Olimaning tadqiqotlarida aniqlanishicha, o‘qituvchilarning in-
tellektual refleksiya darajasi ularning kasbiy refleksiyasiga bevosita 
emas, balki uning mahorat komponentlari orqali bilvosita bog‘liq. Bu oli-
maga intellektual refleksiyani o‘qituvchilarning kasbiy refleksiyasi rivoj-
lanishi uchun asos sifatida baholash imkoniyatlarini beradi. Bizningcha, 
bular o‘qituvchining uzluksiz kasbiy o‘sishini ta’minlash uchun tayanch 
sifatlar sanaladi.
Refleksiv qobiliyat o‘qituvchiga pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish 
va amaliyotda undan foydalanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. 
«Bu 
holda, - deb yozadi Yu.N.Kulyutkin, - o‘qituvchi o‘zining pedagogik ma-
horatidan foydalanib amaliy qarorlarni ishlab chiqishi va qabul qilishi 
jarayonlarini refleksiya predmetiga aylantirishi lozim. Buning uchun esa 
o‘qituvchida bu jarayonlarni tahlil qilishning tegishli tafakkur usullari 
shakllangan bo‘lishi kerak».
Rivojlangan pedagogik refleksiyasiz, o‘qituvchi doimiy tahlil va o‘z 
– o‘zini tahlil qilmasdan amaliy va nazariy pedagogik faoliyatda yuzaga 
keladigan muammolarni va ziddiyatlarni chuqur anglashi, ularni doimiy 
tahlil qilishning yo‘llarini to‘g‘ri tanlashi, olingan natijalarni tanqidiy 
baholashi va ularni korreksiyalashi mumkin emas. 
G.M.Kodjaspirova pedagogik refleksiyani insonning o‘z-o‘zini 
anglashi deb, bunda 
«nafaqat o‘qituvchi o‘z xatti–harakatlariga to‘g‘ri 
baho berishi, balki, o‘qituvchi bilan pedagogik muloqot chog‘ida o‘zaro 
hamkorlik qiladigan o‘quvchilar jamoasi, pedagogik jamoa, ta’lim-tarbi-
yaga mas’ul shaxslar va ota-onalar uni qanday qabul qilishini tushuna 
olish qobiliyati hamdir»
deb ta’riflaydi. Demak, refleksiya 

o‘qituv-
chining o‘z-o‘zini anglashi o‘zining kamchiligi va zaif tomonlarini bilib 
o‘z–o‘zini takomillashtirishga intilishi, o‘z tarbiyalanuvchilarining ham-
da o‘z–o‘zini takomillashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratishi uchun 
mavjud ichki imkoniyatlarini kashf etishidir. 


298 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin