15.4. O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash
V.A.Suxomlinskiy pedagogik faoliyatga shunday ta’rif beradi:
«
pedagogik rahbarlikning sirlaridan biri o‘qituvchilarda muntazam izla-
nish va o‘z ishining tahliliga qiziqish uyg‘otishdan iborat. Kimki o‘z
darslarida, tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda yaxshi va
yomonni farqlashga, yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida bilishga urin-
sa, pedagogik faoliyatning yarim muvaffaqiyatiga erishgan bo‘ladi
».
Xuddi shu nuqtai nazardan ilgari surilgan g‘oyani V.I.Zagv-
yazinskiyda ko‘ramiz: u «
har bir o‘qituvchi mustaqil ravishda o‘z imko-
niyatlarini aniqlashi, o‘z qobiliyatlarini va pedagogik mahoratini rivoj-
lantirishi kerak. O‘zida ko‘p narsani kashf qilish, tavsiya qilinganlardan
ko‘pini sinab ko‘rish, baholash lozim… o‘qituvchi o‘zini o‘zi yaratadi,
kosib yoki ijodkor bo‘lishini ham o‘zi belgilaydi
».
O‘zining pedagogik tajribasini tahlil qilib, o‘qituvchi o‘z diqqatini
tobora muvaffaqiyatli jihatlarga qaratadi, o‘zining ish samaradorligini
pasaytirayotgan pedagogik muammolarni va qiyinchiliklarni ham ko‘ra
olib, uni bartaraf etish yo‘llarini topadi.
Pedagogik faoliyatda uchraydigan qiyinchiliklarning dastlabki tad-
qiqlaridan birini N.V.Kuzminada ko‘ramiz. U o‘qituvchi duch keladigan
dastlabki qiyinchiliklarni «
pedagogik faoliyatning tashqi omillari keltirib
chiqaradigan va ichki omillarning xarakterida, kishining faoliyatga
ta’limiy, ma’naviy va jismoniy jihatdan tayyorgarligida paydo bo‘la-
digan keskinlik, beparvolik, qoniqmaganlikning subyektiv holatidir
» deb
ta’riflaydi .
T.S.Polyakovaning ishi endigina o‘z faoliyatini boshlayotgan o‘qi-
tuvchilar duch keladigan tipik didaktik qiyinchiliklarga bag‘ishlangan. U
didaktik qiyinchiliklarga shunday ta’rif beradi: «
Didaktik qiyinchiliklar –
o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi qiyinchiligi bo‘lib, uni hal qilish
uchun shart─sharoitlar yo‘qligi, keskinlik, beparvolik, o‘z ishidan
qoniqmaganlikning psixologik holati yoki aksincha, uni bartaraf qilish
uchun sharoitlar ta’minlangani holda pedagogik mahoratni takomil-
lashtirish, pedagogik «fikrlashni», malaka va ko‘nikmalarni rivojlan-
310
tirishni ta’minlaydigan tetiklik, mobilizatsion tayyorgarlik, emotsional
ko‘tarinkilik holatining mavjud emasligi
».
T.S.Polyakova pedagogik faoliyatdagi qiyinchiliklar va ziddiyatlar
uzoq muddat hal qilinmaganda, muvaffaqiyatsizlik vaziyatida nafaqat
psixologik uzilishlar, balki o‘z–o‘zini baholashning pastligi, pedagogik
mahoratni takomillashtirishning tormozlanish manbasi sifatida salbiy rol
o‘ynashini aytadi. Pedagogik vazifalarga faol munosabatning zarur sharti
bo‘lgan
rag‘batlantiruvchi
vazifa esa ijobiy rol o‘ynashini ta’kidlab,
o‘qituvchining shaxsiy pedagogik mahorati zahirasini safarbar qiladi, uni
ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish manbai deb hisoblaydi.
Qiyinchiliklarning pozitiv roli uning indikatorlik (hisoblovchi) vazi-
fasi bilan ham belgilanadi. «
Indikatorlik vazifasi pedagogik mahoratning
shakllanish jarayonini tormozlovchi obyektiv omillarni ajratadi, biroq u
o‘z – o‘zini baholash tarzida subyektiv namoyon bo‘lishi, shaxs uchun
faoliyatning tobora qiyin jihatlarini aniqlab berishi mumkin
».
Demak, o‘z pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh o‘qituv-
chi aslo jismonan va ruhan bo‘shashishi, butunlay osoyishtalikka beri-
lishi mumkin emas. Bu tuyg‘u psixologiya fanida relaksatsiya deb atalib,
kishilarning ish faoliyatida salbiy holatlariga beriladigan baho sifatida
e’tirof etiladi.
Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili, qiyinchilik – insonning
subyektiv psixologik holati ekanligini, u hamma vaqt ham tashqi kuza-
tuvchi tahlil uchun qulay emas degan xulosa qilishga imkon berishini, bu
esa hech kim o‘qituvchining kasbiy qiyinchiliklarini uning o‘zidan ko‘ra
yaxshiroq aniqlay olmasligini va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ham
o‘zidan boshqa kishi topa olmasligini ta’kidlaydi. Demak,
o‘qituvchining
pedagogik faoliyatida kasbiy qiyinchiliklarini tadqiq qilishning yanada
qulay yo‘li bu, o‘z–o‘zini tashxislash hisoblanadi.
Shu bilan birga psixologik mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan “Autogen
trenirovka” ham muhim ahamiyatga ega. “Auto – o‘z-o‘ziga ta’sir”
ma’nosini bildirib, o‘qituvchi o‘z–o‘ziga ta’sir o‘tkazgan holda kasbiy
faoliyatida duch keladigan qiyinchiliklarni engib borishi mumkin.
Ya.S.Turbovskiyning fikricha, kasbiy takomillashuvning salbiy
«energetik asosi» bo‘lgan qoniqmaslik hissi, rivojlanishda to‘xtab
qolganlikni chin ko‘ngildan his etish sanaladi. «
Buyruq, chaqiriq va
nazorat emas, balki aynan o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqmaslik
hissi, yuzaga kelgan pedagogik ziddiyatni boshqacha qilishga, buning
uchun yangi vositalarni izlab topishga va uni o‘zlashtirishga ongli
311
ravishda intilishini ta’minlaydi, qiyinchilik va ziddiyatlarni bartaraf
etishdan, shaxsan o‘zi hal qilgan tadqiqotchilik vazifasidan ijodiy
quvonish, qoniqish hissi – o‘qituvchi kasbiy komponentining asosiy
manbasiga aylanadi, aniqrog‘i, aylanishi mumkin
».
Ya.S.Turbovskiy tomonidan ishlab chiqilgan, pedagogik tajribani
diagnostik o‘rganish nazariyasi va metodikasi har bir pedagogik jamoada
va jamoaning har bir a’zosida pedagogik kasbiy faoliyat xususiyatlarini
o‘rganishda yagona maqsad uchun harakatlanishga imkoniyat beradi, bu
o‘z navbatida o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirish mexanizmini
yaratish uchun zamin hozirlaydi.
Pedagogik tashxislash kons epsiyasi pedagogika fani va ta’lim muas-
sasalari amaliyotining o‘zaro hamkorlik jarayonini boshqarish imko-
niyatini ta’minlaydigan uchta metodologik asosni o‘z ichiga oladi:
- ma’lum bir pedagogik mahorat pozitsiyasini egallash;
- ma’lum bir maqsadga yo‘nalganlik;
- pedagogik mahoratni egallashga bo‘lgan ehtiyoj.
Turli boshqaruv tizimlari nuqtai nazaridan aynan bir xil natijalar u
yoki bu muammoning dolzarbligi bilan belgilanadigan turlicha ahamiyat
kasb etishi mumkin. Ish tajribasidan foydalanish hajmi va miqyosi ham
har xil bo‘ladi. Kons epsiya mualliflari integratsion fan yutuqlaridan
foydalanish samaradorligi, olimlar erishgan natijalar, amaliyotchilar unga
ehtiyoj sezgan joyga borib etishi, ilmiy bilimlarning ma’lum bir maq-
sadga yo‘nalganligiga bog‘liqligini ta’kidlaydilar.
Fanning u yoki bu tarzdagi tavsiyalari pedagogikada ma’lum bir
maqsadga yo‘naltirilgan g‘oyalar bilan ta’minlashdan avval amaliyot
asosida aniqlangan ehtiyoj bo‘lishi kerak. O‘qituvchi mehnatini o‘rganish
jarayonida qator shart sharoitlarga rioya qilish ko‘zda tutiladi.
A.K.Markovaning fikricha, nafaqat o‘qituvchilik kasbida uzoq o‘tmish
tajribalaridan foydalanish darkor, balki o‘qituvchi kasbiy rivojlanishining
eng yaqin va olis istiqbollarini ham o‘tmish tajribalaridan foydalanish
asosida belgilash zarur.
Shu munosabat bilan pedagogik tashxis pedagogik faoliyatda erishi-
ladigan yutuqlarni belgilovchi (prognostik) xarakter kasb etganida sam-
rali bo‘lishini ta’kidlamoqchimiz. Olimlar tomonidan olib borilgan
tajriba ishlari jarayonida shu narsa aniqlandiki, pedagogik mahoratni tad-
qiq qilishning belgilovchi (prognostik) xarakteri bevosita o‘qituvchining
kasbiy refleksiyasiga tayanadi.
312
Bu o‘qituvchining ta’lim–tarbiya jarayonida paydo bo‘ladigan
muammosi aynan nimadan iboratligini va uning sababi aynan nima ekan-
ligini aniqlash, sabab va oqibatlarini pedagogik qiyinchilik oqibati bilan
qorishtirmaslikka imkoniyat beradi. Bunda pedagogik tashxislashning
o‘qituvchi kasbiy faoliyatini tezkor korreksiyalash imkoniyatini bera-
digan o‘ziga xos indikatorlik (hisoblash) vazifasi namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘z potens ial imkoniyatlarini baholash diagnostika
davomida har qanday holatda ham e’tiborga olinishi lozim, - deb
ta’kidlaydi A.K.Markova, - unga ishonch bildirish kerak, uning kasbiy
faoliyatiga bahoni oshirib yoki pasaytirib qo‘yish o‘qituvchi kasbiy
rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Ushbu o‘qituvchining indivi-
dual rivojlanish mantiqini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. O‘qi-
tuvchining yutuqlarini boshqa o‘qituvchilarning yutuqlari bilan emas,
balki o‘zining oldingi yutuqlari bilan ham taqqoslash kerak.
Shaxsiy pedagogik faoliyatni o‘z–o‘zida tahlil qilish jarayonida o‘qi-
tuvchi o‘zining ta’lim–tarbiyaviy faoliyati natijalari va xususiyatlarining
holatini o‘rganadi, pedagogik ziddiyatlar o‘rtasidagi sabab va oqibatli
bog‘lanishlarni aniqlaydi, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishni yanada
takomillashtirish yo‘llarini belgilaydi, - deb ta’kidlaydi L.E.Pleskach.
Olimning fikriga ko‘ra,
Dostları ilə paylaş: |