O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   284
sh
 


302 
lashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi
refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish 
zonasi bilan bog‘liq.
O‘z – o‘zini belgilash
jarayonida boshlang‘ich daraja kasbiy ehti-
yojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoliyat 
rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqi-
qiy «MEN» va ideal «MEN» nisbatlanadi
21
. Bu o‘qituvchining eng yaqin 
rivojlanish darajasi
22
bilan bog‘liq.
O‘z – o‘zini rivojlantirish
jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati 
davomida takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’-
ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natijasida 
tobora optimal bo‘lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining 
o‘sishi sodir bo‘ladi. 
O‘z – o‘zini nazorat qilish
o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida 
nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat 
qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi 
shakli boshlanishini nazarda tutadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, refleksiya muammosi nafaqat pedago-
gika, psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarda, balki boshqa fanlarda 
ham o‘rganiladi. Bu tushuncha talqiniga biz ta’lim rivojlanishining fal-
safiy kons epsiyasi (V.V.Krayevskiy, B.T. Lixachyov, Ya.S.Turbovskiy 
va boshqalar.) g‘oyalari nuqtai nazaridan yondashamiz. 
Bu holatda 
kishining dunyo, jamiyat, o‘zining bu dunyodagi o‘rni haqidagi tobora 
umumiy, keng tushunchalarining pedagogik voqelik bilan aloqasi 
refleksiya predmeti sanaladi
. Ta’kidlash joizki, dastlab ongda bilim-
larning falsafiy refleksiya oqimidagi tahlili kechadi, keyin u pedagogik 
nazariya tarkibiga kiradi va uning bir qismiga aylanadi, so‘ngra faoliyatni 
nazariy jihatdan anglashning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib qoladi. Shu 
tariqa inson o‘z ongini, faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini egallash 
va ularni maqsadli boshchqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
B.G.Ananev, inson xarakterining shakllanish jarayonini tahlil qilib, 
refleksiv xossalar shaxsning boshqa sifatlariga qaraganda ancha kech 
shakllanishini aytadi. Uning fikricha: 
«inson hayoti davomida o‘zaro 
munosabatlarning ko‘plab obyektlari orqali o‘tadi, natijada uning ongi 
o‘z-o‘zini anglash obyektiga aylanadi. O‘zining xulq–atvor subyekti 
sifatida ko‘p marotaba anglash tajribasini to‘plash va unga muno-
21
Qarang: Beris R.V.Razvitie Ya – kontseptsii i vospitanie. –M., 1986 
22
Qarang: Kratkiy psixologicheskiy slovar / Red. –sost. L.A.Karpenko; Pod obshch. Red. A.V.Petrovskogo, 1998. – 
117. 


303 
sabatlar, biz refleksiya deb ataydigan xarakterga aylanishi uchun, xulq–
atvorda uni muntazam qo‘llash talab qilinadi». 
Ushbu fikr kasbiy refleksiyaning rivojlanishi, buning natijasi 
o‘laroq, shaxsning faoliyat xususiyatlari bilan balgilangan refleksiv 
qirralari shakllanishini ta’minlaydigan ma’lum sharoitlar, vaziyatlarni 
yaratish zaruriyati haqida xulosa qilish imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, 
olimlarning tadqiqotlariga tayanib, ta’kidlash mum-
kinki, o‘qituvchining kasbiy pedagogik mahoratini rivojlantirish muam-
mosini faqat uning kasbiy refleksiyasini takomillashtirish asosida hal 
qilish mumkin. Kasbiy pedagogik refleksiya nafaqat kasbiy faoliyat, bal-
ki, bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘sishini ta’minlaydi hamda ushbu 
faoliyatni takomillashtirish asosi ham sanaladi.
Har qanday o‘qituvchi o‘z–o‘zini tarbiyalash va o‘z–o‘zini rivojlan-
tirishga hatto juda kuchli intilishi bo‘lsa ham, o‘zining shaxsiy 
rivojlanish dasturini maxsus malakalarsiz belgilay olmaydi, bu pedagogik 
faoliyatdagi muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashga 
tayyorgarligi, uning o‘z–o‘zini tahlil qila olishi, o‘z–o‘zini tashhislash 
qobiliyatining qanchalik shakllanganligi bilan bog‘liq. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin