ma’-
lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o‘rganib, kelgusi
amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan, kasbni har tomonlama
batafsil yoritib beruvchi yo‘nalish
) psixolog olimlar (R.Z.Gaynutdinov,
M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov) tomonidan ishlab chiqilib
amalda qo‘llanilmoqda. Olimlar o‘qituvchi professiogrammasi, muayyan
fan tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga
qamrab olishini, o‘qituvchi o‘zi tanlagan fan yuzasidan qanday talablar
qo‘yilishini mukammal bilishini aytib, shu asosda o‘quv-tarbiya jara-
yonini tashkil qilishni, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida muayyan
mutaxassislik bo‘yicha “O‘qituvchi professiogrammasi” ishlab chiqilishi
zarurligini ta’kidlaydilar. Hozirgi kunda umumta’lim maktablari o‘qituv-
chilarining pedagogik faoliyatini takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan
professiogrammaga asoslanib, o‘qituvchilarni tashhislashning ushbu me-
todidan foydalanib kelinadi. Biroq ushbu professiogramma o‘qituvchi-
ning kun sayin o‘zgarib turuvchi jamiyat talablariga muvofiq shaxsiy
dunyoqarashini, ongini, mafkurasini boyitish dinamikasini to‘liq aks
ettira olmaydi.
Pedagogik faoliyatni tadqiq etish mantiqi, pedagogik tashhislashning
turli metodikalarini birlashtirish zaruriyati N.V.Kuzminaning ishlarida
keng yoritilgan. Tadqiqotning so‘rov, kuzatish, baholash (reyting), o‘z –
o‘zini baholash, juft qiyoslash, sotsiometriya va eksperiment kabi metod-
larini o‘rganar ekan, u aynan «o‘z–o‘zini baholash, o‘z–o‘zini anglash
usullaridan biri sifatida shaxsning barcha imkoniyatlarini namoyon
qilishga, uning xulqiga, xarakteriga, faoliyat sur’atiga ta’sir etishini»
ta’kidlaydi. O‘qituvchining pedagogik bilim va malakalari tizimini tav-
siflab, N.V.Kuzmina o‘qituvchining bilish va o‘rganish malakalari ichi-
dan uning pedagogik faoliyati uchun zarur bo‘lgan afzalliklarni va
307
nuqsonlarni ongli ravishda bilib tuzatish yoki takomillashtirish maqsa-
dida
tahlil qila olish
qobiliyatini ajratib ko‘rsatadi.
I.P.Rachenkoning fikricha, o‘qituvchining o‘zi, o‘z shaxsi haqidagi
tasavvuri, ijobiy MEN – kons epsiyasini shakllantira olishi uning
ijodiy
faolligini
rivojlantirishning kafolati sanaladi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlar o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi,
o‘z – o‘zini yuqori darajada baholashni ta’minlab, o‘qituvchiga o‘z peda-
gogik mahoratini takomillashtirish yo‘lidan maqsadli faoliyat olib borish
imkoniyatini beradi.
O‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishning asosiy yo‘li –
bevosita ta’lim muassasasida ilmiy asosda tashkil qilingan tadqiqotchilik
ishi, deb hisoblagan V.P.Simonov mohir o‘qituvchi shaxsi va faoliyati
samaradorligini tashhislash uchun asosiy kasbiy ahamiyatli ko‘rsat-
kichlarning tizimini va taxminiy mazmunini ishlab chiqdi. U taklif qilgan
metodikalar, muallifning fikricha, nafaqat o‘qituvchining ta’lim faoliyati,
balki u bilan o‘zaro faoliyat olib boradigan o‘quvchilarning o‘quv fao-
liyati samaradorligini ham aniqlash imkoniyatini beradi. O‘qituvchining
ahamiyatga molik bo‘lgan kasbiy sifatlarini tashhislash natijalarini olim
uch xil yo‘nalishda baholaydi:
optimal, yo‘l qo‘yiladigan va tanqidiy
daraja bo‘yicha.
V.P.Simonov hamma vaqt ham ijobiy natija beraver-
maydigan tekshiruvchilarning yuzaki yondashuvi o‘qituvchilarning
kasbiy faoliyatini ma’lum darajada buzadi yoki noto‘g‘ri kategoriyalaydi,
ularning pedagogik tashabbuskorligini va mustaqilligini so‘ndiradi, olim
har bir o‘qituvchida o‘z pedagogik faoliyatini «ishonchli va isbotli»
natijalar bilan baholash va uning natijalari hamda samaradorligi haqida
gapirish malakasini rivojlantirish zarurligini aytadi.
Kasbiy pedagogik faoliyatni tahlil qilish va o‘z–o‘zini tahlil qilishni
o‘qituvchi faoliyati va refleksiv pozitsiyasi nuqtai nazaridan tuzatish va
takomillashtirish maqsadida pedagogik vazifalarni hal qilishga qaratilgan
pedagogik malakalar yig‘indisi sifatida qarab, A.V.Xristeva analitik
malakalar tizimini analitik faoliyat tizimi bilan nisbatlaydi. U kasbiy
pedagogik faoliyatni tahlil va o‘z – o‘zini tahlil qilishning quyidagi
bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi:
1.
Mazmunli – diagnostik (tayyorlov - moslashuv) bosqich;
2.
Maqsadli loyihalashtirish (tahlil va o‘z–o‘zini tahlil qilishdan
maqsadni aniqlashtirish) bosqichi;
3.
Texnologik (kasbiy pedagogik faoliyat jarayonini va o‘z–o‘zini
tahlil qilish) bosqich;
308
4.
Tahlil va o‘z–o‘zini tahlil qilishning nazariy (pedagogik faoli-
yatning mohiyati, natijalari bilan pedagogik faoliyat jarayoni o‘rtasidagi
aloqalarning sabab va oqibatlarini nazariy anglash) bosqichi;
5.
Faoliyatni refleksiv baholash (faoliyatni baholash va refleksiv
tahlil) bosqichi;
6.
Korreksiyalash (ijodiy bosqich bo‘lib, o‘z pedagogik faoliyatini
nazariy jihatdan anglash va baholash asosida takomillashtirish va ham-
kasblarining samarali pedagogik tajribalaridan ijodiy foydalanish yo‘llari
va usullari belgilanadi) bosqichi.
Muallif taklif qilgan analitik faoliyat algoritmi interiorizatsiya (tash-
qi omillarning ichki omillarga o‘tishi) jarayonida tashqi faoliyatning
ichki faoliyatga o‘tish mexanizmi qanday rivojlanishi, ichkisi esa, o‘z
navbatida, tashqi faoliyat orqali o‘z–o‘zini o‘zgartirishini (uning davo-
mida o‘qituvchilar kasbiy refleksiyasining rivojlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan analitik darajasi o‘zgaradi) tushunish imkoniyatini beradi.
N.A.Evert, A.I.Sosnovskiy, S.N.Kuliyev pedagogik mahorat tizi-
midan uchta asosiy: estetik (axloqiy), ijtimoiy–psixologik va texnologik
kabi tarkibiy qismlarni ajratib, o‘qituvchi pedagogik mahoratining
diagnostik dasturini ishlab chiqishadi va quyidagi bloklarni farqlaydilar:
- yuksak ma’naviy barkamollik;
- o‘qituvchining individual – psixologik xususiyatlari;
- hamkasblari bilan pedagogik hamkorlik;
- pedagogik texnikani o‘zlashtirish;
- shaxsiy kasbiy xususiyatlari;
- ijobiy natijalarga oson erishish.
O‘qituvchining ijtimoiy–psixologik shakllanishida o‘z ustida ishlashi
murakkab tizimga ega. Bunda o‘qituvchi ekstensiv, taxminiy, metodo-
logik, kommunikativ, psixologik hamkorlikda ijodkorlik vazifalarini
bajaradi. Diagnostik dasturda o‘qituvchi kasbiy tayyorgarlik jarayonida
tadqiqotchilik, mohirlik, reproduktiv (xotirada saqlash), rasmiy – ijro-
chilik kabi faoliyat bo‘yicha muntazam ish olib boradi. Ushbu faoliyat
dasturlari ayniqsa, yosh o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida duch
keladigan ijtimoiy munosabat, sinfdan qo‘rqish, o‘quvchilar bilan o‘zaro
munosabatda ziddiyat hosil bo‘lishi kabi psixologik to‘siqlarni engishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Olimlarning pedagogik mahorat tahliliga bu kabi chuqur yonda-
shuvida barcha o‘zaro bog‘langan tizimlarni birdaniga qamrab olish
amalda mumkin emas. Natijalar haddan ziyod katta hajmda, tarqoq bo‘la-
309
di, eng asosiysi, bu holda pedagogik mehnatning alohida bo‘g‘inlari
tahliliga chuqur yondashib bo‘lmaydi. Umuman pedagogik faoliyat doi-
miy ravishda o‘z-o‘zini tahlil etish, o‘qituvchi refleksiyasi rivojlani-
shining tashabbuskori bo‘la oladigan o‘ziga xos «tezlashtiruvchi» rolini
o‘ynamog‘i kerak.
Dostları ilə paylaş: |