305
Uning
tahliliy vazifasi
o‘quv–tarbiyaviy jarayondagi yutuq va
kamchiliklarning kelib chiqish
sabablari va oqibatlarini, ularning o‘zaro
bog‘lanishlarini aniqlash va chora tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan.
Aslida
diagnostik funksiya
o‘quvchining ta’lim olganligi, tarbiyalan-
ganligi va rivojlanganligini aniqlash uchun qo‘llaniladi, biroq, o‘qituv-
chining ham kasbiy komponentlik darajasini o‘rganishda muhim ahami-
yat kasb etadi.
Pedagogik
diagnostikaning baholash vazifasi
ma’muriyat tomonidan
olib borilib, alohida o‘qituvchi yoki alohida o‘quvchi faoliyatida erishgan
yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan sifat ko‘rsatkichlarni miqdor jihatdan
baholaydi.
Diagnostikaning korreksion vazifasi
o‘quv –
tarbiyaviy jarayonni
o‘qituvchining pedagogik faoliyati yuzasidan korreksiyalashni (to‘g‘ri
yo‘naltirish) ta’minlaydi va o‘qituvchining kasbiy jihatdan o‘z – o‘zini
rivojlantirish va pedagogik mahoratini oshirish uchun sidqidildan kiri-
shishga faolligini ta’minlaydi.
Diagnostikaning yo‘nalishni oriyentatsion (aniqlash) vazifasi
ning
maqsadi pedagogik jamoa va alohida o‘qituvchilar
faoliyatida mavjud
bo‘lgan muammolarni uzluksiz hal etishni muvofiqlashtirib borishdir.
Pedagogik diagnostikaning oriyentatsion vazifasi natijalari haqida doimiy
xabarlarni informatsion (axborot) vazifa ta’minlaydi.
Shu o‘rinda diagnostika (tashhis) va diagnostikalash (tashhislash) tu-
shunchalarining farqi va qanday ma’no berishini bilish lozim. Diag-
nostikani soddalashtirilgan ko‘rinishda «tashhisni aniqlash»
24
deb
qarasak, unda diagnostikalash (tashhislash) bu jarayonning tashhisni
qo‘yish metodlari yig‘indisidir. Shu bois pedagogik faoliyatning o‘ziga
xos jihatlarini e’tiborga olib, uni o‘rganishda diagnostikalash (tash-
hislash) terminini qo‘llash o‘rinliroq ko‘rinadi. Umuman diagnostikalash
terminini tashxislash deb atalsa ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Pedagogik tashhislash deganda pedagogik tizimni (shuningdek uning
alohida tarkibiy qismlarini) tadqiq qilish
metodlarining jamlanmasini
tushunamiz, ulardan foydalanish samaradorligi ma’lum tashkiliy –
pedagogik shart – sharoitlar bilan bog‘liq holda shakllanadi.
Pedagogik tashhislashning yaxlitligi
25
uning nafaqat o‘qituvchi peda-
gogik faoliyatini o‘rganishning diagnostik jihatlarini, balki aniqlangan
sabab va oqibatlarning bir–biri bilan o‘zaro bog‘lanishi
asosida har bir
24
Qarang: Ojegov S.I. Slovar russkogo yazika/Pod red. N.Yu.Shvedinoy. –M. , 1980.- 167.
25
Yaxlitlik – ob’ekt, jarayonning ichki birligi. Karang: Filosofskiy slovar. /Pod red. I.T.Frolova. – M.:Politizdat.
1986. 533 b.
306
o‘qituvchining pedagogik qiyinchiliklarni bartaraf etishning optimal
yo‘llari va vositalarini topish imkoniyatini beradigan konstruktiv – prog-
nostik nuqtai nazardan ta’minlaydi, o‘qituvchi pedagogik mahoratining
rivojlanish
istiqbollarini belgilab, uning faoliyat yuritish dinamikasini
kuzatish orqali tanlangan mehnat shakllari samaradorligini baholash
imkoniyatini beradi.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatini tashhislashning
turli aspektlarini
o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining soni ko‘p.
Ayni paytda o‘qituvchilar uchun eng zarur hislatlarni aniqlab olish
imkoniyatini beradigan, o‘qituvchilik kasbining professiogrammasi (
Dostları ilə paylaş: