300
bo‘lmish»
pedagogik mahorat natijasida muvaffaqiyatlarga erishishiga
bog‘liq, degan xulosaga keladi. Biroq,
bizning fikrimizcha, o‘qituvchi
pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishi unda refleksiyaning
mukammal rivojlanganlik darajasini belgilamaydi, aksincha ta’lim-
tarbiyada o‘qituvchining muvaffaqiyatga erishishi, o‘z faoliyati natija-
laridan qoniqishi, o‘qituvchining shakllangan kasbiy pedagogik reflek-
siyasiga bog‘liq.
Pedagogik refleksiya o‘qituvchiga o‘z–o‘zini kasbiy jihatdan tako-
millashtirish manbalarini o‘z bilimi va imkoniyatlaridan izlab topishda
ko‘maklashadi hamda uning rivojlanishini ta’minlaydi.
Inson psixikasi ichki tizimlari tashqi ijtimoiy faoliyat strukturasini
qizg‘in o‘zlashtirish jarayonida shakllanishini, tashqi faoliyatning ichki
faoliyatga o‘tishini ta’minlaydigan interiorizatsiya (tashqi omillarning
ichki omillarga o‘tishi) nazariyasiga (P.Jane, J.Piaje, A.Vallon,
A.A.Leontev va boshqalar)
20
asoslanib,
aytish mumkinki,
kasbiy reflek-
siyaning rivojlanish muammosi
o‘qituvchining pedagogik mahoratini
oshirish asosi sifatida o‘rganiladi.
O‘qituvchi o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilmasligi aslo mumkin
emasligi isbotlangan, bu o‘qituvchidan kasbiy faoliyati davomida atro-
fidagi insonlar (o‘quvchi, ota-ona, hamkasblari) bilan muntazam kommu-
nikativ munosabatni tashkil etish pozitsiyasida
tura olishini talab qiladi,
o‘qituvchida bu faoliyat subyekti sifatida o‘ziga refleksiv munosabatni
shakllantiradi, bu esa ijtimoiy munosabatlar interiorizatsiyasi (tashqi
omillarning ichki omillarga o‘tishi) natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Demak, refleksiya, garchi ong funksiyasi sanalsada, kishilarning o‘zaro
munosabatlari yig‘indisi ta’sirida shakllanadi va inson psixikasiga
sezdirmasdan o‘tadi, u o‘z navbatida, inson faoliyatini ongli ravishda
o‘zgartirish mazmunini belgilaydi.
Ma’lumki, har qanday kasbiy faoliyat obyektni o‘zgartirish jarayoni
bo‘lib, ayni paytda, subyektning o‘zini ham o‘zgartirish jarayonidir, fao-
liyatning sifat va samaradorligini oshirish esa shaxsning faoliyat subyekti
sifatida takomillashuviga olib keladi yoki aksincha bo‘lishi ham mumkin.
Bu qoida A.A.Leontevning
«shaxsni tadqiq qilishning to‘g‘ri yo‘li
ijtimoiy munosabatlarda subyekt faoliyati natijasida o‘zi – o‘zini hara-
katlantirish evaziga hosil bo‘ladigan transformatsiyalarni (shakl yoki
20
Qarang: Kratkiy psixologicheskiy slovar /Red – sost. L.A.Karpenko; Pod obshch.red. A.V.Petrovskogo,
M.G.Yaroshevskogo. _ Rostov –na – Donu.1998, -106, 137, 257. J.Piaje. Izbrannie psixologicheskie trudi.
Psixologiya intellekta. Genezis chisla u rebenka. Logika i psixologiya. –M.1969; A.A.Leontev.
Deyatelnost.Soznanie. Lichnost. –M. 1975.
301
qiyofaning o‘zgarishi) o‘rganishdan iborat»
ekanligi haqidagi xulosasi
refleksiv jarayonlarni o‘rganish uchun ham asos sanaladi.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘p
yillik tajribalar asosida qilingan nazariy xulosalar pedagogik mahoratning
rivojlanish jarayonini beshta elementdan iborat tizim asosida o‘rganish
imkoniyatini beradi. Bu o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlangani
sari kechadigan va uning asosida uzluksiz pedagogik kasbiy mahoratini
va o‘z – o‘zini takomillashtirish imkoniyatini ta’minlaydigan jarayonlarni
chuqurroq tushunishni ta’minlaydi (
Dostları ilə paylaş: