O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   284
Abdurahmon Jomiy 
XV asrda yashab ijod 
qilgan. U o‘z asarlarida insonning yuksak axloqiy hislatlarini, go‘zal 
fazilatlarini kuylaydi. «Iskandar xirodnomasi” asarida muallimlar 
to‘g‘risida noyob fikrlarni bildirgan: “muallim aqlli, adolatli, o‘zida 
barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini 
nomunosib tutgan murabbiy hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi”. 
Shoir muallimning hayotdagi o‘rnini quyidagi baytida bayon qiladi: 
Ustod, muallimsiz qolganda zamon, 
Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon.
 
 Alisher Navoiy 
(1441-1501) ijodida muallimlarga munosabat 
alohida berilgan. Uning fikricha, har bir inson o‘ziga ta’lim va tarbiya 
bergan ustozini, o‘qituvchisini umrbod hurmat qilishi va uni e’zozlashi 
kerak. O‘qituvchi mehnatini har qanday xazina bilan o‘lchab bo‘lmaydi: 
Haq yo‘linda kim senga, bir harf o‘qitmish ranj ila, 
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqqin yuz ganj ila. 
Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasini har qanday tasodifiy murab-
biyga ishonib topshirib bo‘lmasligini aytib, o‘qituvchiga yuksak talab-
larni qo‘yadi. Bolani tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini 
o‘stirish uchun nihoyatda savodli o‘qituvchi va mahoratli tarbiyachi bo‘-
lish kerak. Alisher Navoiy o‘qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruv-
chi deb bilmaydi, balki mahoratli tarbiyachi bo‘lishi lozim deb ilm va 
odobni birga olib borilishini, bu ikki jarayon hech qachon ajralmasligini 
ta’kidlab o‘tadi.
Buyuk alloma o‘zining 
“Mahbub-ul qulub”
didaktik asarida o‘qituv-
chi xalq oldida obro‘ga, hurmat va izzatga sazovor bo‘lishi kerakligini, u 
xalq g‘ami bilan yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga 
bo‘lishi lozimligini aytadi. Nodon, mutaasib, johil mudarrislarni tanqid 
qilib, mudarris olimlar orasidagi eng sara 
“malak qiyofali”
kishi 
bo‘lishi, ya’ni sof ko‘ngilli, pok qalbli, insofli, karam-muruvvatli, odobli, 
vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob hislatlarini o‘zida aks 
ettiruvchi bo‘lishi kerak deydi. Ayniqsa, madrasalarda ta’lim-tarbiya 
bilan shug‘ullanuvchi mudarrislarga jiddiy talablarni qo‘yadi: 
«Mudarris 


40 
kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, 
manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun 
gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun 
bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni unga bosh o‘rin bo‘lmasa, 
yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa... nainki, o‘zini olim 
bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilish mumkin, balki halol 
desa, qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni 
qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa, bu mudarris emas, yomon 
odatni tarqatguvchidir».
Demak, mudarris bilimli, fozil va donishmand 
bo‘lishi, kishilikning eng yaxshi fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
oliyjanob va kamtarin bo‘lishi, har qanday yaramas ishlardan holi va pok 
bo‘lishi, o‘z xulqi va odobi bilan boshqalarga namuna bo‘lishi lozim.
Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatini eng murakkab va mashaqqatli ish 
ekanligini xolisona baholaydi: 
“Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam 
emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlash-
dan ojizlik qilardi. U esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim 
bunga nima etsin. Shunisi ham borkim, u to‘dada fahm-farosati ozlar 
ham bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat qilsa qanday bo‘ladi. 
Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarda uning haqqi ko‘pdir. Agar 
shogird podshohlikka erishsa unga (muallimga) qulluq qilsa arziydir”. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin