41
ustoz oldida boshqalarni g‘iybat qilmaslik;
o‘tirib turishda hurmat saqlash.
Husayn Koshifiy ustozlik shartlarini ham bayon qiladi:
“Bilgilkim
hech bir ish ustozsiz amalga oshmaydi va kimki ustozsiz bir ishni qilur
ersa, ul ishning asosi mustahkam bo‘lmaydi. Kimki, ustozsiz ish boshla-
gan bo‘lsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib
shod bo‘l, bir muddat ustozga xizmat qilginda, so‘ngra o‘zing ustoz bo‘l.
...Agar ustoz tarbiyasini olgan komil inson kim deb so‘rasalar, u pok
mazhabli o‘z aybini ko‘radigan, dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda
hasad, gina va baxillikdan asar bo‘lmaydi”.
Husayn Koshifiy bola tarbiyasida maktab
va muallimniig alohida
roli borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli,
shirinsuxan,
adolatli bo‘lishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar to‘g‘risida
yana bir asari «Axloqi Muhsiniy»da shunday yozadi:
«Murabbiy
(bolaga) nasihat va ta’lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya
qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi,
balki xilvat joyda bolaga gapirish zarur. Agar (murabbiy) nasihat
berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat
qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe’l bo‘lish
maqsadga muvofiqdir».
Sharq allomalari adabiy meroslarida ta’kidlangan, o‘qituvchilar
haqida bildirilgan
dono fikrlarni yoshidan, pedagogik mahoratidan,
qanday dars berishidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilar bilishlari va
ularga qat’iy amal qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: