57
amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati,
fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
Kreativ
ijodkorlikda o‘qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
yangi nazariyalarni yaratadi, o‘z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir
va tajribali, layoqatli o‘qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning
fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan
layoqat nishonalarining majmui
insonning
iste’dodi
deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig‘indisi,
iste’dodining yuksak cho‘qqisi – uning intellektini belgilaydi.
“Intellekt
– bu aqlan ish ko‘rish, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni
mohirona hal qilishning global qobiliyati” (Veksler),
ya’ni
intellekt
insonning atrof muhitga to‘liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi.
Intellektning tarkibiy tuzilishi olimlar tomonidan quyidagicha
ta’riflanadi:
Dostları ilə paylaş: