tayanch xususiyatlari
kuzatuvchanlik –
ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomo-
nini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demakdir.
Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan
farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha
yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga
ega.
64
Qobiliyatning
yetakchi xususiyati
ijodiy tasavvur qilishdir. Bu
xususiyat faqat rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga
xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak.
Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u
yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi
qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari
yordamchi rol o‘ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan
yordamchi xususiyatlar
va hislatlar quyidagilardan iborat:
aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga
tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik;
o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining
teranligi;
aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy
fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.
pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1.
O.Matveeva ta’limoti bo‘yicha o‘qituvchi qobiliyati necha qismdan
iborat?
2.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatiga qobiliyat qanday ahamiyat kasb
etadi?
3.
Iqtidor, iste’dod, daholik tushunchalarini ta’riflab bering?
4.
Ko‘nikma va malakalarning qobiliyatga ta’siri nimada?
5.
Ijodkorlik tushunchasini izohlab bering?
6.
Iste’dod va talant tushunchalariga ta’rif bering?
7.
Qobiliyatga pedagogik – psixologik nuqtai nazardan tasnif bering?
8.
Shaxs qobiliyati va tabiiy iste’dodlar nimani anglatadi?
9.
Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari nimalardan iborat?
10 Qobiliyatning umumiy va maxsus turlari va ularning farqi?
11. Pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ta’rif bering?
12. Pedagogik qobiliyatning tayanch va etakchi xususiyatlari?
13.Qobiliyatsiz o‘qituvchi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishi
mumkinmi?
|