74
quyidagi fikrlari o‘qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir:
“So‘zlarning
ma’nolarini, qudratini odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering,
shunda siz insoniyat olamini barcha anglashilmovchiliklarning yarmidan
xalos qilgan bo‘lasiz”.
Bunda o‘qituvchining shirinsuxanligi
mujassamlashgan notiqlik
san’ati hamda aktyorlik qobiliyatini namoyon qila olishini alohida e’tirof
etish kerak. O‘qituvchi aktyordek tayyor tekstni yod olmaydi, biroq u har
gal takrorlanmas vaziyatda ijod qiladi. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish
o‘qituvchidan fikrlarni, pedagogik qobiliyat texnikasini, ijodkorlikni
talab qiladi.
O‘qituvchining imo–ishoralari va yuz harakatlari so‘z bilan og‘zaki
ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda
ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak.
Ogohlantiruvchi
so‘zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish, vazifani ijro etishga
undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, hazil orqali
fikrini anglatish, o‘quvchining erkin mulohazalarini ma’qullash yoki
nojo‘ya harakatlari uchun ayblash so‘zning og‘zaki ta’sir etuvchi
komponentlaridir.
So‘z bilan imo-ishoraning va yuz harakatlarining
birligi ma’lum qilinayotgan axborot hajmdorligi va ta’sirchanligini
kuchaytirishi lozim. Har qanday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan
sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko‘rishi lozim.
O‘qituvchining sinf jamoasi bilan bo‘lg‘usi muloqotga tayyor-
garlikka doir ibratli misol F.Samuylenkovning “Masterstvo, pedago-
gicheskiy takt – eto avtoritet uchitelya” (“O‘qituvchining mahorati va
takti – uning obro‘sidir”) kitobida keltiriladi:
“Men VIII “B” sinfga
kirishga otlanayotgan vaqtimda o‘qituvchilar xonasidayoq yuzimdagi
tabassumni quvaman. Sinfga kirishdan oldin ongli ravishda bir lahza
to‘xtab o‘zimni to‘g‘rilab olaman, o‘zimga jiddiy, deyarli ifodasiz tus
beraman. O‘quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman. Hech
qanday hazilga yo‘l qo‘ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o‘tirmay-
man, bolalar bilan rasman xushmuomalada bo‘laman. Bunday maromni
saqlash menga oson emas, lekin shunga o‘rganganman, chunki hozircha
bu sinfda o‘zimni boshqacha tutishim mumkin emas: sinf tez ta’sir-
lanuvchan, tezda “qirg‘oqdan chiqib ketadi va yana qaytib oqimga
tushishi qiyin”.
Olimning bu mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z
qudratini yo‘qotgan emas. U o‘qituvchining deyarli har bir harakatda
jiddiy fikr yuritishga undaydi. Darhaqiqat, o‘qituvchining
har qanday
hazili yoki bachkana qilig‘i darhol teskari reaksiya berishi mumkin.
75
Hatto engil hazilga ham sinf o‘quvchilari qizg‘in javob beradi, ularning
fikrini qaytadan “jamlab” diqqatini jalb etish va ish kayfiyatini yaratish
keyin juda qiyin bo‘lishi mumkin.
So‘z bilan og‘zaki ta’sir qilishda o‘qituvchi nutqi nihoyatda mux-
tasar, ravon, va muloyim bo‘lishi, intonatsiyalar o‘z o‘rnida ishlatilishi
kerak. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish qudrati Sharq xalqlarida azaldan
ma’lum bo‘lgan. Chunki, o‘qituvchining
“Ma’noli va bejirim gapira
bilishi, nutq daryosidagi maqbul va nomaqbul to‘lqinlarni ilg‘ay olishi,
so‘zning orqa-o‘ngini, munosib o‘rnini farqlay bilishi, nutqiy fahmu
farosat, tahrli so‘z odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqi-
ning, ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan”,
deb ta’kid-
laydi tilshunos olim N.Mahmudov.
Hozirgi davrda o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan kommunikativ
munosabatlarda so‘z bilan og‘zaki ta’sir etish nihoyatda xilma xil bo‘lib,
bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishning nisbatan mustaqil ko‘rinishini
o‘zida mujassamlashtiradi. Bilish, anglash, ekspressiv (his
-
tuyg‘uga
berilish holati), ijtimoiy an’anaviy muloqot, inson holatini so‘zsiz
tushunish, dilkashlik o‘qituvchining pedagogik faoliyatida uchraydigan
doimiy takrorlanib turadigan kommunikativ munosabatlarning turlaridir.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda ularni nazarda tutish lozim.
Ayniqsa, pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etishda so‘zning
ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik
muomala madaniyatiga va
tarbiyachining shirin so‘zligiga alohida talablar qo‘yiladi. So‘zlashganda
odob va ehtirom o‘qituvchining pedagogik mahoratida uchraydigan
muhim insoniy fazilati sifatida namoyon bo‘ladi. Xushmuomalalik
–
o‘qituvchi
va tarbiyachilarning sinfda individual ish olib borish jarayo-
nida ota-onalar hamda o‘quvchilar bilan muloqotni aniq bir tarbiyaviy
maqsadni ko‘zlagan holda tashkil eta olishi va ta’lim-tarbiyaviy faoli-
yatni to‘g‘ri boshqara bilishidir. O‘qituvchining
kasbiy faoliyatida
xushmuomalalikning yosh o‘qituvchi amal qiladigan quyidagi mezon-
larini alohida ta’kidlab o‘tamiz:
76
7-chizma
O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun
muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga
oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqador-
likka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.
1.
Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro
fikr almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni)
amalga oshirish va shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini
tarbiyalash dasturini ishlab chiqish.
2.
O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maq-
sadga muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassu-
rotlarni
tahlil qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini
o‘rganib, muomala haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish,
muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi,
ota-onalar, o‘quvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega
bo‘lish.
Dostları ilə paylaş: