O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   284
qoidalari
ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga peda-
gogik ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim:
 
6-chizma 
 
4.3. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatida so‘z bilan 
og‘zaki ta’sir o‘tkazish 
So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchining madaniy saviya-
sida va o‘quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki inson-
ning “aql-zakovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafak-
kuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z 
aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” 
(Aziz Yunusov). 
So‘z bilan og‘zaki ta’-
sir o‘tkazishni amalda o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llovchi o‘qituvchi 
o‘z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi va o‘z his-tuyg‘ularini faqat ta’lim–tarbiyaviy maqsadni amalga 
oshirish uchun ifodalashi hamda o‘quvchi qalbini noo‘rin so‘zlar bilan 
jarohatlab qo‘ymasligi, so‘zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt norma-
laridan chiqib ketmasligi lozim. So‘z qudrati haqida R.Dekartning 
O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHDA 
O‘QITUVCHI AMAL QILADIGAN QOIDALAR
 

tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi 

tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi 

shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatlarini 
e’tiborga olish 

tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo‘lish va uning 
shaxsini hurmat qilish 

tarbiyalanuvchining yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olishi 

tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini 
ta’minlash 


74 
quyidagi fikrlari o‘qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir: 
“So‘zlarning 
ma’nolarini, qudratini odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering, 
shunda siz insoniyat olamini barcha anglashilmovchiliklarning yarmidan 
xalos qilgan bo‘lasiz”.
Bunda o‘qituvchining shirinsuxanligi mujassamlashgan notiqlik 
san’ati hamda aktyorlik qobiliyatini namoyon qila olishini alohida e’tirof 
etish kerak. O‘qituvchi aktyordek tayyor tekstni yod olmaydi, biroq u har 
gal takrorlanmas vaziyatda ijod qiladi. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish 
o‘qituvchidan fikrlarni, pedagogik qobiliyat texnikasini, ijodkorlikni 
talab qiladi.
O‘qituvchining imo–ishoralari va yuz harakatlari so‘z bilan og‘zaki 
ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda 
ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. 
Ogohlantiruvchi 
so‘zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish, vazifani ijro etishga 
undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, hazil orqali 
fikrini anglatish, o‘quvchining erkin mulohazalarini ma’qullash yoki 
nojo‘ya harakatlari uchun ayblash so‘zning og‘zaki ta’sir etuvchi 
komponentlaridir.
So‘z bilan imo-ishoraning va yuz harakatlarining 
birligi ma’lum qilinayotgan axborot hajmdorligi va ta’sirchanligini 
kuchaytirishi lozim. Har qanday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan 
sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko‘rishi lozim. 
O‘qituvchining sinf jamoasi bilan bo‘lg‘usi muloqotga tayyor-
garlikka doir ibratli misol F.Samuylenkovning “Masterstvo, pedago-
gicheskiy takt – eto avtoritet uchitelya” (“O‘qituvchining mahorati va 
takti – uning obro‘sidir”) kitobida keltiriladi: 
“Men VIII “B” sinfga 
kirishga otlanayotgan vaqtimda o‘qituvchilar xonasidayoq yuzimdagi 
tabassumni quvaman. Sinfga kirishdan oldin ongli ravishda bir lahza 
to‘xtab o‘zimni to‘g‘rilab olaman, o‘zimga jiddiy, deyarli ifodasiz tus 
beraman. O‘quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman. Hech 
qanday hazilga yo‘l qo‘ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o‘tirmay-
man, bolalar bilan rasman xushmuomalada bo‘laman. Bunday maromni 
saqlash menga oson emas, lekin shunga o‘rganganman, chunki hozircha 
bu sinfda o‘zimni boshqacha tutishim mumkin emas: sinf tez ta’sir-
lanuvchan, tezda “qirg‘oqdan chiqib ketadi va yana qaytib oqimga 
tushishi qiyin”. 
Olimning bu mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z 
qudratini yo‘qotgan emas. U o‘qituvchining deyarli har bir harakatda 
jiddiy fikr yuritishga undaydi. Darhaqiqat, o‘qituvchining har qanday 
hazili yoki bachkana qilig‘i darhol teskari reaksiya berishi mumkin. 


75 
Hatto engil hazilga ham sinf o‘quvchilari qizg‘in javob beradi, ularning 
fikrini qaytadan “jamlab” diqqatini jalb etish va ish kayfiyatini yaratish 
keyin juda qiyin bo‘lishi mumkin.
So‘z bilan og‘zaki ta’sir qilishda o‘qituvchi nutqi nihoyatda mux-
tasar, ravon, va muloyim bo‘lishi, intonatsiyalar o‘z o‘rnida ishlatilishi 
kerak. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish qudrati Sharq xalqlarida azaldan 
ma’lum bo‘lgan. Chunki, o‘qituvchining 
“Ma’noli va bejirim gapira 
bilishi, nutq daryosidagi maqbul va nomaqbul to‘lqinlarni ilg‘ay olishi, 
so‘zning orqa-o‘ngini, munosib o‘rnini farqlay bilishi, nutqiy fahmu 
farosat, tahrli so‘z odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqi-
ning, ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan”,
deb ta’kid-
laydi tilshunos olim N.Mahmudov.
Hozirgi davrda o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan kommunikativ 
munosabatlarda so‘z bilan og‘zaki ta’sir etish nihoyatda xilma xil bo‘lib, 
bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishning nisbatan mustaqil ko‘rinishini 
o‘zida mujassamlashtiradi. Bilish, anglash, ekspressiv (his
-
tuyg‘uga 
berilish holati), ijtimoiy an’anaviy muloqot, inson holatini so‘zsiz 
tushunish, dilkashlik o‘qituvchining pedagogik faoliyatida uchraydigan 
doimiy takrorlanib turadigan kommunikativ munosabatlarning turlaridir. 
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda ularni nazarda tutish lozim.
Ayniqsa, pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etishda so‘zning 
ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik muomala madaniyatiga va 
tarbiyachining shirin so‘zligiga alohida talablar qo‘yiladi. So‘zlashganda 
odob va ehtirom o‘qituvchining pedagogik mahoratida uchraydigan 
muhim insoniy fazilati sifatida namoyon bo‘ladi. Xushmuomalalik 
– 
o‘qituvchi
 
va tarbiyachilarning sinfda individual ish olib borish jarayo-
nida ota-onalar hamda o‘quvchilar bilan muloqotni aniq bir tarbiyaviy 
maqsadni ko‘zlagan holda tashkil eta olishi va ta’lim-tarbiyaviy faoli-
yatni to‘g‘ri boshqara bilishidir. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida 
xushmuomalalikning yosh o‘qituvchi amal qiladigan quyidagi mezon-
larini alohida ta’kidlab o‘tamiz:


76 
7-chizma 
O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun 
muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga 
oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqador-
likka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.
1.
Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro 
fikr almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) 
amalga oshirish va shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini 
tarbiyalash dasturini ishlab chiqish.
2.
O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maq-
sadga muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassu-
rotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini 
o‘rganib, muomala haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, 
muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, 
ota-onalar, o‘quvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega 
bo‘lish. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin