72
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullaridan samarali foydalanishning eng
muhim sharti o‘qituvchining insonparvarlik
nuqtai nazaridan yonda-
shishini talab etadi. Ushbu usullar kasbiy mas’uliyatni his etadigan yago-
na intilishga qaratilgan jonli kishilarning jonli munosabatidir. Pedagogik
ta’sir qilish o‘quvchilar psixikasining anglanmaydigan sohasiga
qaratilgan bo‘lib, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning yaqindan aloqa-
da bo‘lishini, ularning o‘zaro bir–birlariga ishonishini, o‘zaro tushu-
nishini, ta’sir qilish mazmuni, shaxsning bir butun holatiga amaliy ta’sir
qilishini nazarda tutadi. Shunday qilib, ta’sir qilish ta’lim-tarbiya sama-
radorligini hozirgi zamon talablari darajasida
takomillashtirib borishda
yo‘l-yo‘riq yaratib, o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantiradi.
O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega
ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoli-
yatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini
belgilashini unutmasligi shart. O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida
tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida
muvaffaqiyatlarga eri-
shishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimini
oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi
lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh
avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar
tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur
bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi,
axborot
berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va
hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga
erishish uchun o‘qituvchi:
o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi;
munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi
xususiyatlarini oldindan
bilishi;
bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘r-
natish;
munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida
oqilona boshqarish;
munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib
borishi lozim.
O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi
uchun hamisha tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak.
Biroq tarbiya-
lanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lish-
73
ga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi.
Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga
xos qator
Dostları ilə paylaş: