O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 3. Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   284
5. 3. Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlari 
Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quvchilar 
bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma’naviy maz-
mundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot, 
ta’lim-tarbiyaning ma’naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Ijti-
moiy-psixologik, tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning murakkabligi 
o‘qituvchilarning kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo‘yadi. 
O‘qituvchilar kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik nati-
jalarga erishishi uchun, ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribalar asosida 
tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan muloqotning quyidagi 
yo‘nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi: 
1.
Muloqotning birinchi modellashtirish yo‘nalishi: O‘qituvchi tomo-
nidan o‘quvchilar bilan muloqotga bevosita tayyorgarlik jarayonida 
o‘quvchilar bilan bo‘lajak har qanday muloqot turini modellashtirish. 
2.
Muloqotning ikkinchi yo‘nalishi: O‘quvchilar bilan dastlabki 
muloqotni tashkil etish jarayonidayoq o‘zaro ta’sir metodlaridan bevosita 
foydalanib, tashabbuskorlikni qo‘lga olish. 
3.
Muloqotning uchinchi yo‘nalishi: Tobora takomillashib, rivojlanib 
borayotgan 
pedagogik 
faoliyatda 
muloqotning 
turli 
texnologik 
shakllaridan unumli foydalanish va uni boshqarish. 


89 
4.
Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishi: Keyingi pedagogik faoliyat 
uchun olib boriladigan muloqot tizimini modellashtirish va muloqotning 
amalga oshirilgan tizimini doimiy tahlil qilib borish. 
Muloqotning birinchi, modellashtirish yo‘nalishida
, o‘qituvchi 
o‘quvchilar bilan dars jarayonida uchrashishga tayyorlanib, nafaqat 
oldindagi faoliyat mazmunini, balki muloqotning mumkin bo‘lgan usul-
lari va ta’sirchan ohanglarini o‘ylab olish lozim. Pedagogik muloqotning 
ushbu bosqichi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini tasavvur qilib, 
kommunikativ vazifalarning bajarilish holatini oldindan puxta o‘ylash 
kerak. U har qanday darsning kommunikativ tizimini mukammal, o‘ziga 
xos ravishda rejalashtirishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu prognostik yo‘nalishda pedagogik vazifalarni kommunikativ 
vazifalar sohasiga o‘tkazish bo‘yicha murakkab jarayon amalga oshi-
riladi. Ularning bir-biriga muvofiq kelishiga erishiladi. Ayni paytda 
o‘quvchilar idrok etish orqali o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan yan-
gi dars materiallarini va o‘qituvchining xatti-harakatini kuzatib baho-
laydilar.
O‘qituvchi o‘zi uchun bo‘lajak darsning noyob xususiyatlarini va 
kommunikativ rejasini tuzishi mumkin. Unda darsning har bir pedagogik 
vazifasiga, kommunikativ vazifaning ma’lum bir usullari mos kelib, uni 
hal qilishning o‘ziga xos yo‘nalishlari namoyon bo‘ladi. 
O‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirishning muhim 
sharti o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro emotsional birligi bo‘lib, u 
o‘qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko‘ra 
bilish imkoniyatini beradi: 

bo‘lajak darsda o‘quvchilar jamoasi bilan ro‘y berishi mumkin 
bo‘lgan turli vaziyatlarni oldindan ko‘ra olish; 

o‘quvchilar bilan o‘zaro demokratik va erkin munosabatning har 
xil darajalarini tashkillashtirish, uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash; 
– darsda o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini va ijodiy 
kayfiyatini vujudga keltirish.
Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, dars 
jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish juda 
muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama 
belgilab beradi, o‘qituvchini ijodiy faoliyatga yo‘naltiradi, unda 
o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan 
turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilishi 


90 
mumkin, ba’zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o‘qituvchiga o‘zining 
dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini, 
his- tuyg‘ularini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin