6.3. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri
Odamlarning mehr
-
oqibati, bir-birlariga nisbatan o‘zaro hurmat
e’tiborda bo‘lishlari o‘zaro muomala jarayonida namoyon bo‘ladi.
Xalqimizda azaldan muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi.
Salomlashish turli xalqlarda har xil amalga oshiriladi. Xalqi mizda
salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi sifatida e’tirof etilib,
uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu
millatning ruhiy xususiyatlari, o‘zaro munosabatlarining ma’naviy
asoslari, bo‘lajak muloqotning xarakteri, o‘zaro hamkorligi aks etadi.
“Qur’oni Karim”da salomlashish odobi musulmon ahlining qat’iy
majburiy burchi tarzida bayon etiladi: “Ey mo‘minlar, o‘z uylarin-
gizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom
bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir.
Shoyad ushbu eslatmadan ibrat olsangizlar”(24.27), (24.61).
Ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan
so‘z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda mu-
him ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu
Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav
Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb
donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va
kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan. Ular
so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan
hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘z-
dan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor
ekanligini, so‘z sehri mo‘’jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar.
Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy mu loqoti
jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan
insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:
–
birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb
qaramaslik;
–
ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik;
–
uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
–
to‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish;
109
–
beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va
kechirimli bo‘lish;
–
oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
–
ettinchisi: doimo el g‘amini eyish;
–
sakkizinchisi: aybini tan olish;
–
to‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish;
–
o‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish.
Muloqot Sharqona tarbiyada axloq ko‘rki sanalgan. Muallim har bir
o‘quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi,
hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro muloqotida namoyon
bo‘lishini uqtirishgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot – azaldan
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy
quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til – aloqa quroli sifatida
ta’riflanadi.
Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo‘lsa, qisqa vaqt
ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Ko‘p gapirish hech qachon
kishiga obro‘ keltirmaydi. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan
mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har bir so‘zga hurmat bilan, o‘ylab
yondashish lozimligini uqtirib o‘tganlar. O‘qituvchi
“so‘z aytishdan
avval, har daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatlarni o‘yla”
shi
(I.P.Pavlov)
kerak. Alisher Navoiy o‘z adabiy meroslarida muomala
madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to‘g‘risida, shirinso‘zlik
haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar o‘z
ahamiyatini yo‘qotgan emas.
“Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir,
muloyimligi esa foydali. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun acal kabi
totlidir”
- deydi alloma.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining til boyligi muhim
ahamiyatga ega: bir tomondan, shirin tillilik o‘quvchilarni o‘qitish va
tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Bundan
shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘qituvchining til boyligi nutqining
obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo‘lishini ta’minlaydi, natijada
o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning teranligi,
o‘qituvchining
mahoratini,
ma’naviy
boyligini,
o‘qituvchilik
qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan o‘lchov, ko‘rsatkich
hisoblanadi. Amerikalik taniqli shoir Rolf Emerson:
“Nutq qudratli
kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi”
deydi. Sharq mutafakkirlari
ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago‘y, qissaxon kabi
maxsus san’at ahillari va mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy
110
aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon
etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega
bo‘lishgan.
Alisher Navoiy
“Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘li-
shini, uning nasihatidan chiqmaslikni”
o‘z asarlarida bayon etgan.
Shuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq
madaniyatini takomillashtirib borish har
bir o‘qituvchining eng asosiy
ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida
nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy
qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-atvori va fikr
yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining
“til
boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab
kelgan”
(A.P.Chexov).
Uning his tuyg‘usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi
nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda xursand-
chilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish
hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o‘qituvchi
“tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka,
tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng
mustahkam vosita”
(K.D. Ushinskiy)
ekanligini unutmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |