104
• obyektda psixologik to‘siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqa-
ruvchi vositalarni qo‘lga kiritish;
• vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan
muloqotlarning bir nechta modeliga ega bo‘lish;
• o‘quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga
qo‘shilish, ularga hamdardlik ko‘nikmasini rivojlantirib borish;
• o‘zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda
kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchining
shaxsi, uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo‘la-
digan g‘oyaviy siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga
intilishi bilan uzviy bog‘liq. Bu asosiy hislatlardan tashqari o‘qituv-
chining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi xarakteri, muvaq-
qat psixik holatlari, shuningdek, to‘plangan tajribasi muhim ahamiyatga
ega. O‘qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o‘z-o‘zini tarbi-
yalash yo‘llaridan biri o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek, peda-
gogik faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o‘qituvchi
bilimining saviyasi va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini
tahlil qilishga doir mashqlarda ham namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: