O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 – BOB. O‘QITUVCHI KASBIY FAOLIYATIDA MULOQOT



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   284
6 – BOB. O‘QITUVCHI KASBIY FAOLIYATIDA MULOQOT 
MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI 
Tayanch tushunchalar

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun; pedagogik muloqot madaniyati; 
o‘qituvchining etnopsixologik fazilatlari; kundalik muloqot; an’anaviy 
muloqot; “ustoz - shogird” an’analari; muloqot obyekti; pedagogik zidd-
iyatlar; muosharat odobi; muomala madaniyati; milliy va umumbashariy 
qadriyatlar; so‘z va nutq; badihago‘y; qissaxon; voiz; fozil kishi; 
shirinsuxanlik; notiqlik qobiliyati; ma’naviyat mezoni; ma’naviy 
madaniyatni shakllantirish omillari; psixologik taktika. 
6.1. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining 
shakllanishi 
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish 
muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan 
holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O‘zbekiston Respub-
likasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va 
kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog 
kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo 
zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining 
o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, 
pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot mada-
niyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan. 
 
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chi-
qarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini 
ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan 
to‘g‘ri 
tanlangan, 
o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror 
xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal 
qilishga yordam beradi:
birinchidan,
muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dil-
kashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, 
o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, 
ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan,
har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin mulo-
qot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand peda-
gogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini 
bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;


99 
uchinchidan,
pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy 
normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini 
oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoli-
yatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati 
individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi: 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin