o‘qituvchi dars jarayonida
“yomon” o‘quvchiga mavzuga taalluqli savolga javob berish uchun,
93
“yaxshi” o‘zlashtiradigan o‘quvchiga nisbatan, kamroq vaqt ajratadi,
ya’ni diqqatini unga jalb qilmaydi, o‘ylashga vaqt bermaydi. O‘quvchi
noto‘g‘ri javob bersa, o‘qituvchi savolni qaytarmaydi, yo‘naltiruvchi
savol, yoki fikr bermasdan, darrov boshqa o‘quvchidan so‘raydi yoki o‘zi
to‘g‘ri javobni aytadi. Ba’zan, noto‘g‘ri javobni ijobiy baholab,
“liberallik uslubi”ni qo‘llashi mumkin. Ayni paytda, “yomon”
o‘quvchini noto‘g‘ri javob uchun koyiydi. To‘g‘ri javob uchun
maqtamaydi. “Yomon” o‘quvchining har qanday javobiga o‘qituv-
chining reaksiyasi sezilmaydi, boshqa o‘quvchini javob berish uchun
chaqiradi, ba’zida hatto “yomon” o‘quvchilar bilan ta’sirchan
pedagogik muloqotni olib bormaydi.
Ushbu norasmiy muloqotning
natijasi ma’lum, bunday holatda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni
ijobiy tashkil qilolmaydi.
Muloqotning uchinchi yo‘nalishi
da o‘qituvchi pedagogik faoliyatida
kommunikatsiyaning turli shakllaridan unumli foydalanib, quyidagi ko‘p
funksiyali vazifalarni bajaradi:
dars davomida o‘qituvchi ko‘plab pedagogik usul va vositalarni
hamda shaxsiy kommunikativ vazifalarni hal qiladi;
aslida, dars jarayonining turli qismlarida, o‘qituvchi tarbiyaviy
ta’sir o‘tkazishda muloqotning o‘ziga xos tizimlarini qo‘llash talab qili-
nadi;
tajribali o‘qituvchilar ushbu tizimlarni deyarli osonlik bilan topadi,
pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilarga bu holat
qiyinchilik bilan kechishi mumkin.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqotni pedagogik jihatdan
to‘g‘ri tashkil qilishda, uning kommunikativ madaniyatiga jiddiy talablar
qo‘yiladi. Dars hamda tarbiyaviy tadbirlar – o‘qituvchi va o‘quvchi-
larning o‘zaro munosabatlari tizimini shakllantiruvchi jarayon bo‘lib,
aynan ushbu faoliyatda o‘qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik faoliyatini
tarkib toptiradi. Tajribali o‘qituvchilar bilan o‘zaro suhbatlardan ma’lum
bo‘ladiki, darsda o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot shaklini tanlash
uchun o‘qituvchi qaysidir ma’noda o‘rganilayotgan yangi material uchun
pedagogik metodlarni ham tanlash talab qilinadi. Shu sababli, darsda
yangi mavzuni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda hamda
tarbiyaviy ta’sir rejasini tuzayotganida, muloqot tizimining o‘ziga xos
mazmunan boy jihatlarini modellashtirish lozim.
94
Pedagogik faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar,
o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida, ayniqsa o‘zining kas-
biy pedagogik xatti-harakatlarida o‘ziga xos psixologik to‘siqlarga duch
kelishini, o‘quvchilar bilan muloqotda ziddiyatlar paydo bo‘lishi mum-
kinligini bilishi va bunga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi, chuqur
pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
Yosh o‘qituvchi muloqot malakasiga ega bo‘lmasligi mumkin, bu
esa unda esankirab sarosimaga tushish, erkin harakat qilolmaslik, nutqida
so‘zlarni o‘rniga qo‘yib gapira olmaslik kabi salbiy holatlarni keltirib
chiqaradi. Yosh o‘qituvchilarda muloqotning rivojlangan ifodali
vositalari yetishmasligi, nutq texnikasidan foydalanishni bilmasligi, mi-
mik va pantomimik harakatlarda no‘noqlik kuzatiladi. Ba’zan o‘qituv-
chilar ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning “avtoritar uslubi”ni qo‘l-
lashlari natijasida o‘zaro munosabatlar salbiy oqibatlarga olib keladi.
Ushbu holatlarda yosh o‘qituvchilarning chuqur bilimi va mahorati
evaziga tayyorlangan ta’limiy vazifalar, xilma-xil topshiriqlar va tarbi-
yaviy tadbirlar, olib boriladigan pedagogik faoliyat o‘quvchilar jamoasi
uchun mutlaqo qiziqarli bo‘lmasligi, yoki ular umuman beparvo
bo‘lishlari mumkin. Yosh o‘qituvchilarning tasavvuricha, qiziqarli
bo‘lgan har qanday pedagogik tadbirlar o‘quvchilar jamoasiga ta’sir qil-
masligi aslo mumkin emas. Ba’zan, o‘quvchilar bilan bir qolipdagi salbiy
muloqot natijasida yosh o‘qituvchilar ular bilan “kelisha olmaydilar”,
oqibatda u sinf jamoasini tark etishga majbur bo‘ladi. Yangi o‘qituvchi
sinf jamoasining oldingi o‘qituvchi bilan muloqotda sodir bo‘lgan
norozilik kayfiyati sirlarini o‘rganadi, o‘zining muloqot pozitsiyasini
qo‘llashga harakat qiladi. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar
jamoasining o‘qituvchi bilan muloqotidagi norozilik kayfiyati yangi
paydo bo‘lgan o‘qituvchiga ham ta’sir qilishi, u sinf jamoasi bilan
muloqot jarayonida o‘ziga nisbatan salbiy kayfiyatdan chiqara olmasligi
mumkin.
Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishida
pedagogik faoliyat uchun olib
boriladigan muloqot tizimi modellashtiriladi va muloqotning amalga
oshirilgan tizimi tahlil qilinadi.
Pedagogik muloqotni tashkil etuvchi
yosh o‘qituvchidan:
–
o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatning o‘zgaruvchan har qanday
sharoitlarida tez va to‘g‘ri psixologik mo‘ljal olib tahlil qilishni;
95
–
kommunikativ tizimni mukammal rejalashtirgan holda amalga
oshirishni va ayniqsa uning eng muhim tarmog‘i – nutq texnikasi va
notiqlik san’atining ta’sirini puxta o‘zlashtirishni;
–
o‘qituvchining individual kasbiy ijodkorligiga va turli vaziyatlarda
o‘quvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatiga hamda tarbiyalanuvchining
shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi “kommunikativ vositalarni” tez va
aniq topishni;
–
ayni paytda muloqotning teskari aloqasi ham mavjud ekanligini
his qilib, uni modellashtirish va qo‘llab quvvatlashni talab qiladi.
Yosh o‘qituvchilar ba’zan kundalik faoliyatida yuzaga keladigan
favqulotdagi holatlarda tez va aniq echilishi lozim bo‘lgan kommunikativ
muammolarga duch keladi va bunda muloqotning kutilmagan vazi-
yatlariga tayyor emasligini his qiladi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchi-
ning aql-zakovati va pedagogik madaniyati, kasbiy tafakkuri, nutqining
rivojlanganligi va leksik hamda kasbiy-leksik jihatdan so‘z boyligining
mavjudligi, umumiy suhbatlashish madaniyati, o‘quvchilar bilan kommu-
nikativ faoliyatga moyilligi asosiy rolni o‘ynaydi.
Kutilmagan, tayyorgarlik ko‘rilmagan kommunikativ muammolar-
dan nihoyatda uddaburonlik bilan ustunlikni qo‘lga olish o‘qituvchi kas-
biy faoliyatida ulkan sinov bo‘lib, prins ipial ahamiyatga ega, negaki
bunday vaziyatlarda muloqotning barcha variantlarini taxminiy reja-
lashtirish aslo mumkin emas. Bunda o‘qituvchi muloqotda pedagogik
improvizatsiya (tayyorgarliksiz) holatlariga ko‘nikma hosil qilish qobili-
yatiga ham ega bo‘lishi kerak – vaziyatni va o‘quvchilar xatti-harakatini
chuqur idrok qilib tez va haqqoniy baholashi, hech qanday mantiqiy
mulohazasiz, o‘zining bilim va malakalariga, tajribalariga, pedagogik
mahorati va aql-zakovatiga, sezgisiga asoslanib, aniq qaror qabul qilishi,
vaziyatning o‘zgarishiga qarab munosabatini, shaxsiy pedagogik faoli-
yatini to‘g‘rilab, uzviy ravishda ushbu qarorni o‘quvchilar bilan muloqot
jarayonida qo‘llashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |