92
o‘quvchilarning har xil vaziyatlarda ichki kayfiyatlarini, his tuy-
g‘ularini tushunish, uni hisobga olish, hamjihatligini ko‘rsata bilish.
Pedagogikaga oid darslik va ko‘llanmalarda ta’lim – o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro birgalikdagi hamkorlik faoliyati, bir-birlariga
o‘zaro ijobiy ta’sir vositasi sifatida talqin qilinadi. Biroq, bu faoliyatning
ijtimoiy-psixologik tizimi hamma vaqt ham e’tiborga olinmaydi. Bu
o‘rinda ham qator muammolar yuzaga keladiki, ular ta’lim va tarbiyaning
mazmun va metodik aspektlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. O‘zaro
hamkorlik o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik birligini
ko‘zda tutadi. Dars jarayonida ko‘p holatlarda bunga e’tibor berilmaydi.
Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda aniqla-
nishicha, dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarning psixologik jihat-
dan bir-birlariga moslasha olmasligining 25 dan 150 gacha bo‘lgan turli
holatlari yuzaga keladi. Bular ongli nazorat qilinmaydi, demak o‘qituv-
chilar tomonidan bu holatga nisbatan ma’lum bir maqsad belgilanmaydi.
Aksincha, to‘g‘ri topilgan va darsda amalga oshirilgan muloqot tizimi
o‘quvchilarni faollashtiradi, ularni o‘quv faoliyatiga qizg‘in ishtirok
etishga intilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, o‘quv faoliyatining ijti-
moiy-psixologik tomoni ta’limni optimallashtirishning amaliy zahirasi
sanaladi. Ba’zan ta’limning yangi metodlarini emas, balki mavjud bo‘l-
gan metodikasining ishonchli ijtimoiy-psixologik ta’minotini izlash kerak
bo‘ladi.
Darslardan o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar xulqidagi chekinishlarning
psixologik xususiyatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning salbiy
hislatlari, tengdoshlari bilan munosabatda passivligi, xulqining o‘zga-
ruvchanligi nafaqat o‘z faoliyatidan, balki o‘quvchilar jamoasidagi
holatidan hamda u bilan do‘stona munosabat yetishmaydigan muloqot-
dan qoniqmasligi oqibatida paydo bo‘ladi. Bu holatlarning barchasi
o‘quvchining psixologik kayfiyatini keskin salbiy tomonga o‘zgarishiga
olib keladi.
Ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining pedagogik muloqoti tizimida
ko‘pincha, u yoki bu o‘quvchining idrok etishi, tafakkuri bir qolipda
shakllanadi, o‘qituvchi ko‘z o‘ngida ular barqaror psixologik muloqot
obyektiga aylanadilar. Mabodo, o‘quvchi o‘qituvchining ko‘z o‘ngida
“yomon xulqlilar” qatoriga kirib qolsa, bu o‘qituvchining unga nisbatan
muloqot amaliyotiga ta’sir o‘tkazadi. A.N.Leontev bunday muno-
sabatning quyidagi belgilarini qayd etadi:
Dostları ilə paylaş: