86
mantiqi, optimal individual shakllarini aniqlash pedagogik muloqotni
egallash bo‘yicha olib boriladigan faoliyatning muqarrar sharti sanaladi.
Shuningdek, pedagogik kommunikatsiyaning nazariy qoidalarini
o‘qituvchi o‘z tajribalarida aprobatsiyalashi (sinovdan o‘tkazish) zarur.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi kommunikativ vazifalarni qan-
day amalga oshiradi va u qanday funksiyalarni bajaradi? Pedagogik faoli-
yatda kommunikativ vazifalarning ahamiyati ko‘p qirrali ekanligini
o‘qituvchi yaxshi his qiladi. Ta’lim-tarbiya davomida o‘quvchilar
bilan
o‘zaro hamkorlik, o‘quvchilarni qandaydir jamoaviy ishlarni bajarishga
uyushtirish, jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlarini shakllantirish,
maqbul emotsional mikroiqlimni ta’minlash kabi kommunikativ vazifa-
larning pedagogik muammolarni hal qilishda
yordam beradigan masala-
lari ro‘yxatini hali uzoq davom ettirish mumkin. O‘qituvchining kommu-
nikativ muloqoti ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan tizimdir:
axborot-kommunikativ;
regulyatsion-kommunikativ;
affektiv-kommunikativ.
Kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit,
kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o‘qituvchining
o‘quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past bo‘ladi va belgi-
langan natijalarni bermaydi.
Kasbiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z-
o‘zini muntazam tahlil qilib borishi, dars jarayoniga pedagogik jihatdan
samarali tayyorgarlik ko‘rishi uchun har tomonlama chuqur bilimga ega
bo‘lishi talab qilinadi. Jumladan:
o‘z o‘quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi va o‘r-
ganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi;
pedagogik - psixologik va metodik jihatdan o‘quvchilar bilan
muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi;
har bir o‘quvchini va sinf jamoasining
ichki psixologik xusu-
siyatlarini o‘rgangan bo‘lishi;
muloqotda o‘zini erkin tutishi va ruhiy psixologik his-tuyg‘ularini
jilovlay olishi;
sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko‘nikma va mala-
kalarini egallashi;
pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini
namoyish eta olishi, pedagogik tafakkur va dunyoqarashning rivojlan-
ganligi;
87
fanlarni o‘qitish maqsadi, vazifasi
va mazmuniga mos vosita va
metodlarni tanlash mezonlari asosida mashg‘ulotning texnologik xari-
tasini tuza olishi;
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tasodifiy pedagogik vaziyatlarni
oldindan bilishi va unga nisbatan keskin choralar ko‘rishi.
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaf-
faqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikma
va malakalarni egallashiga va uni qo‘llay olish layoqatiga bog‘liq.
Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti,
o‘qituvchining o‘z fikr va mulohazalarini, emotsional his–tuyg‘ularini
aniq ifoda eta olish mahoratidir.
Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda
o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir
ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir
shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o‘ynab
vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
Shu ma’noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z
asarlarida
o‘qituvchining kasbiy fazilati to‘g‘risida fikrlarini quyidagicha bayon
qiladi:
“Pedagog darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi
mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan o‘qituvchi
kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning
xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi
ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli
his-tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil
zahmatisiz ish bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz
faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba’zan muloqotda ko‘ngil
azobini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun pedagog
sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda
pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir
kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib beruvchi rolingiz.
Bu sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi
yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy
jarayondir”
.
Ma’lum ma’noda o‘qituvchi pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta’-
sirlanishi, qayg‘urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg‘ularidan
farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki,
o‘qituvchi o‘zining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida boshqa
88
kasb egalari kabi tashqi muhitning turli ta’siri ostida va insoniy his-
tuyg‘ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi ham ana
shunda namoyon bo‘ladi va o‘qituvchining ta’sirlanishi, his-tuyg‘ulari,
hayajoni pedagogik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida peda-
gogik ta’sir ko‘rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo‘ladigan
qayg‘urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga qara-
tilgan o‘qituvchi tashvishlarining yig‘indisidir, aynan shu jarayonda
o‘qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy, g‘ayri-
ixtiyoriy tashvishlar yig‘indisi saqlanadi.
Natijada, pedagogik vazi-
yatlarda o‘qituvchining qayg‘urishi pedagogik ixtiyoriylik yuzasidan o‘z
faoliyati oldida javobgarlik hissini ham paydo qiladi. Shu sababli,
g‘ayriixtiyoriy tashvishlar o‘qituvchining ixtiyoriy tashvishlari va peda-
gogik ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan his-tuyg‘ulari asosida
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: