O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Pedagogik muloqotda muomala madaniyati



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   284
6.2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati 
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islo-
hotlar tufayli ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Odamlarning ongi, 
dunyoqarashi o‘zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati 
insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har 
tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni 
nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir 
fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual 
jihatdan rivojlantirishda o‘qituvchining muloqot madaniyati va 
muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta’kidlash joizki, 
pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o‘qi-
tuvchilarning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’na-
viyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini 
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari 
bilan uyg‘unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, 
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish 
kabi vazifalarga javobgarlik hissi o‘qituvchilar zimmasiga yuklatildi.


105 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, 
«Yosh avlodimizning 
qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar 
ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy 
jarayonlarning ma’no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o‘z 
atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, 
eng muhimi, o‘z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni 
qoradan ajratishga qodir bo‘lishiga erishish ta’lim-tarbiya va ma’naviy-
ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo‘lishi kerak... bugungi 
vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxsni 
tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bo‘lsa, muhim siyosiy 
ahamiyat kasb etadi».
Bu vazifalarning bajarilishiga, ta’lim-tarbiya 
sohasidagi islohotlarning asosiy amalga oshiruvchisi bo‘lgan o‘qituv-
chining o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalaga kirishish madaniyati orqali 
erishiladi. O‘quvchi ma’naviy muhitining shakllanishi o‘qituvchilarning 
yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘qituv-
chining shaxsiy va ijtimoiy harakati pedagogik muloqot madaniyati 
zamirida shakllanib, takomillashadi.
Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-
harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining 
o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik 
mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik 
jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. 
O‘qituvchi subyekti bilan, o‘quvchi obyekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar 
intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada 
o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffa-
qiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim 
fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala 
barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. 
Pedagogikaning kategoriyasi sifatida 
muomala
 o‘quvchilar qalbiga yo‘l 
topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai 
nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa 
bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir. 
 
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida: 
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi. 
2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida 
tarbiyalaydi. 


106 
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni 
shakllantiradi. 
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, 
har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi. 
Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, 
o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik 
muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim: 
- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbi-
yaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi; 
- muomala obyekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, 
pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni 
bilishi; 
- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan 
holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni 
ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi; 
- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usul-
larini bilishi. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir 
qiladigan bo‘lishi. 
Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shun-
ga olib keladiki, u o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va 
haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna 
sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning 
xulq-atvop usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan 
muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi 
hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro 
munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan 
muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi. 
Pedagogik muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘zaro 
axborot almashish jarayoni vazifasini bajaradi. O‘qituvchi o‘quv-
chilar bilan muloqot jarayonida bevosita o‘z tarbiyalanuvchilari, umu-
man o‘quvchilar jamoasi haqida, unda ro‘y berayotgan turli ichki 
hodisalar haqida g‘oyat xilma-xil axborotlarga ega bo‘ladi va o‘zining 
kelgusi ta’lim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini belgi-
laydi. Shu bilan birga, o‘qituvchi muloqot asosida o‘z
tarbiyalanuv-
chilariga ma’lum bir maqsadga qaratilgan axborotlar tizimini ma’lum 
qiladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yiladigan arzimas bir 
xatolik, adolatsizlik, qo‘pollik o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot 
madaniyatining buzilishiga sabab bo‘ladi va tuzatib bo‘lmaydigan 


107 
og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘qituvchining o‘quvchilar 
bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi 
holatlar paydo bo‘ladi: 
 
-
pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi obyekt bilan 
o‘ziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi 
o‘zining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish 
kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi; 
-
o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, sami-
miy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir;
-
o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo 
psixologik bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil 
muvozanatni saqlaydi; 
-
o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar 
ekan, yaxshi muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik 
qatlamlarni ham anglab olishga qodir bo‘ladi.
Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida 
obyekt va subyektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining 
uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga 
keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. 
So‘z – mazmunan 
o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklama-
tsiyalarida o‘z ifodasini topadi.
 
Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o‘qituvchi har qanday 
axborotni qarab chiqar ekan, o‘quvchilarning shaxsi va psixologik 
xususiyati haqidagi axborotlarning muhimligini alohida e’tiborga olishi 
lozim. Pedagogik muloqot madaniyati, o‘qituvchini g‘oyat
xilma-xil 
sharoit va ko‘rinishlarga moslashishiga imkoniyat yaratadi. Bular 
sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmasada, o‘quvchilar ichki 
dunyosida sodir bo‘layotgan, ularni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan 
zarur ichki jarayonlar ko‘rinishlarining alomatlarini bilib, ta’lim-
tarbiyaviy faoliyat olib boradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ichki dunyosini tushunib, muloqotga 
kirishishi lozim. O‘qituvchining muloqot madaniyati asosida gapiradigan 
har bir so‘zi, fikri, turli hodisa va jarayonlar o‘quvchilar tomonidan har 
xil ko‘rinishda tushuniladi, bu o‘quvchining fikr mulohazasiga, ichki 
dunyosining teranligiga, tafakkuri va dunyoqarashining kengligi 
bilan izohlanadi, bunda o‘qituvchi mahoratining uchta jihatiga alohida 
e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida 


108 
egallagan ko‘nikma va malakasi; muayyan o‘quvchilar jamoasi bilan 
muomalada bo‘lish tajribasi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin