O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 – BOB. PEDAGOGIK MULOQOT – O‘QITUVCHINING



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   284
5 – BOB. PEDAGOGIK MULOQOT – O‘QITUVCHINING 
IJODIY FAOLIYATI SIFATIDA 
Tayanch tushunchalar: 
Pedagogik muloqot; kommunikativ xususiyatlar; jonli muloqot; 
kasbiy funksional javobgarlik; kasbiy pedagogik muloqot; tarbiyaviy 
didaktik; kommunikativ madaniyat; ruhiy psixik to‘siq; pedagogik ta’sir 
vositasi; kasbiy – axloqiy fenomen; pedagogik ijodkorlik; kasbiy – ijodiy 
kategoriya; pedagogik kommunikatsiya; pedagogik ta’sir; kommunikativ 
vazifalar; kommunikativ muloqot funksiyalari; norasmiy muloqot; prog-
nostik yo‘nalish; modellashtirish; texnologik shakl. 
 
5.1. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi 
O‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o‘quvchilar bilan 
o‘zaro hamkorlikda ta’lim–tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, 
ular bilan qizg‘in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rah-
bar bo‘lishidir. Pedagogik–psixologik yo‘nalishlarda olib borilayotgan 
ilmiy- tadqiqot ishlarida, o‘qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyat-
ni amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan kommunikativ qobiliyati 
to‘g‘risida ko‘plab fikr va mulohazalar yuritilgan.
O‘qituvchi o‘z kasbiga qiziqmasa, o‘quvchilarga nisbatan mehr–mu-
habbati bo‘lmasa, ular bilan qizg‘in muloqot qila olish qobiliyati, ya’ni 
kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida peda-
gogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, 
kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun, o‘qituvchining 
integral fanlar asoslarini va o‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur 
bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko‘nikma va malakalari-
ni o‘quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi. 
O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqoti, ta’lim muassasalarida pe-
dagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo‘-
ladi.
Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo‘lgan muloqot, 
har qanday kasbiy faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qator 
kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san’atkor va hokazo) u 
kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo‘lgan oddiy omil emas, balki 


80 
kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim 
kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o‘rtasidagi odatiy o‘zaro 
hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta’min-
lovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda 
muloqot muhim funksional, o‘qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli 
vosita sanalib, o‘zaro ta’lim va tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida namoyon 
bo‘ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga
qo‘shimcha vazifalariga rioya qilishga to‘g‘ri keladi. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar 
bilan odatiy o‘zaro hamkorlik tizimida muloqot go‘yo, shunchaki o‘z-
o‘zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy 
jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o‘qituvchi 
pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat 
va kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko‘ramiz. Aytay-
lik, do‘stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko‘rgan 
filmingiz to‘g‘risida, uning mazmun va g‘oyasini bemalol so‘zlayapsiz. 
Bu holda muloqotning turmushda ro‘y beradigan odatiy kommunikativ 
shaklidagi shaxsga yo‘naltirilgan tizimi bilan ish ko‘rgan bo‘lasiz. 
Tasavvur qiling, Sizga shu vazifani auditoriyada, minbarda turib, 
o‘quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommu-
nikatsiyani amalga oshirish vazifasini, avvalo, muloqotning tabiiy 
shakllari o‘rniga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya’ni kasbiy 
jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatni darhol his 
etasiz.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin