114
to‘g‘ri xulosa chiqara olishga, milliy g‘urur asosida ularni avaylashga,
asrashga, sevishga, umrboqiyligini ta’minlashi ma’naviy burchi ekanligi
o‘rgatiladi.
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat –
engilmas kuch”
nomli asarida
“Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita
ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta’lim-tarbiya tizimi
bilan chambarchas bog‘liqligidir. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa
ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot
falsafasi. ....Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni
tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham o‘zligini, insoniy qadr-
qimmatini anglab yetgan har qanday odam bu haqda o‘ylamasdan
yashashini tasavvur qilish qiyin”,
– deb ta’kidlaydi.
Ma’naviy madaniyatning muhim belgilarini shakllantirishda, ta’lim-
tarbiya tizimini ma’naviy muhit, ma’naviy faoliyat va ma’naviy anglash
bosqichlaridan iborat andozalar asosida tashkil etishda ushbu mezonlar
talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni
samarali amalga oshirish
imkoniyatini beradi. Bunda o‘qituvchining muloqoti asosida o‘quvchilar
ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi
omillar
ham muhim ahamiyatga ega:
1.
O‘quvchi ma’naviy faoliyat asosida o‘zligini anglashni shakl-
lantirish uchun ma’lum bir muhitda ma’naviy qadriyatlar bilan harakat
orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit va faoliyat bo‘lishi mumkin
emas. Shuning uchun o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish
samaradorligini
Dostları ilə paylaş: