71
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy tarbiyaviy usullari hayotdan,
millatning yashash tarzidan, milliy an’ana va urf-odatlardan kelib chiqib
tanlanadi. Ular o‘quvchilar tarbiyasini pedagogik jihatdan maqsadga
muvofiq tarzda tashkil etish nuqtai nazaridan tanlab oladi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnat
faoliyatini pedagogik jihatdan ma’lum bir maqsadga muvofiq tarzda
tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iborat. Ushbu
vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning
xulq-atvorini shakllantiradi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir
ko‘rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash,
jamoatchilik fikri.
Talab
– ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiyalanuvchi-
ga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u
yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘-
batlantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘yi-
ladi.
Dostları ilə paylaş: