68
psixikasi va xulq-atvoriga sezilarsiz ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir
o‘quvchilar ongiga, psixikasiga nazoratsiz kirib borishi bilan
alohida
ahamiyatga ega, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatida, xatti-harakatlarida,
intilishlarida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish tarzida amalga oshiriladi.
Ongga ta’sir – shunday bir psixik jarayonki, o‘quvchilar o‘qituv-
chining yoki biror shaxsning ta’siri ostida, o‘z ongining yetarli nazora-
tisiz voqelikni idrok etadi. Agar o‘qituvchi bunda pedagogik mahoratga,
psixologik tajriba va bilimlarga ega bo‘lmasa, o‘quvchilar ongiga ta’sir
qila olmaydi, natijada ta’lim-tarbiya jarayoni ijobiy natijalar bermaydi,
o‘qituvchi
o‘quvchilarning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘la olmaydi.
O‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilari ongini tashqi muhitning salbiy ta’sir-
laridan, sinf jamoasi norasmiy yetakchilarining turli yashirin buzg‘unchi
g‘oyalaridan himoya qilishga mas’ul shaxsdir. O‘quvchi ongiga ta’sir
o‘tkazishda o‘qituvchi yetakchilikni o‘z qo‘liga kiritishi uchun:
─ o‘quvchilarning salbiy xatti-harakatlari tufayli sodir bo‘ladigan
emotsional his–tuyg‘ularga berilmasligi;
─ har bir o‘quvchining psixologik va ruhiy holatini puxta o‘rgan-
masdan uning ongiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmasligi;
─ har bir o‘quvchiga alohida shaxs sifatida hurmat e’tibor bilan
munosabatda bo‘lishi;
─ sinf jamoasining norasmiy yetakchisini sezdirmasdan aniqlab
olishi va uning hatti–harakatidan doimo ogoh bo‘lishi;
─ pedagogik mahoratning muhim jihatlarini uzluksiz o‘zida takomil-
lashtirib borishi;
─ o‘ylanmay aytilgan har bir so‘z, noo‘rin fikr-mulohazaning oqiba-
tini hech qachon tuzatib bo‘lmasligini o‘qituvchi doimo his etishi lozim.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda axborot texno-
logiyalari maydonining nihoyatda kengligi tufayli o‘quvchilar ongi tarbi-
yaga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi g‘oya va mafkuralar bilan band bo‘lishi
tabiiy hol. O‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda ongga ta’sir
qilishning keng imkoniyatlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olsalar, o‘quvchilar
ongini turli keraksiz g‘oyalar va mafkuralardan himoya qila oladilar.
Shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar o‘zlarining yosh xususiyatlari va
psixologik ta’sirga moyilligi tufayli har qanday ta’sirga nihoyatda
beriluvchan bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: