80
kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim
kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o‘rtasidagi odatiy o‘zaro
hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta’min-
lovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda
muloqot muhim funksional, o‘qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli
vosita sanalib, o‘zaro ta’lim va tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida namoyon
bo‘ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga,
qo‘shimcha vazifalariga rioya qilishga to‘g‘ri keladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar
bilan odatiy o‘zaro hamkorlik tizimida muloqot go‘yo, shunchaki o‘z-
o‘zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy
jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o‘qituvchi
pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat
va kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko‘ramiz. Aytay-
lik, do‘stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko‘rgan
filmingiz to‘g‘risida, uning mazmun va g‘oyasini bemalol so‘zlayapsiz.
Bu holda muloqotning turmushda ro‘y beradigan odatiy kommunikativ
shaklidagi shaxsga yo‘naltirilgan tizimi bilan ish ko‘rgan bo‘lasiz.
Tasavvur qiling, Sizga shu vazifani auditoriyada, minbarda turib,
o‘quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommu-
nikatsiyani amalga oshirish vazifasini, avvalo, muloqotning tabiiy
shakllari o‘rniga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya’ni kasbiy
jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatni darhol his
etasiz.
Dostları ilə paylaş: