O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284
Istiqbol 
– ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil 
fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini tako-
millashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va 
muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs 
sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluv-
chanlikni rivojlantiradi. 
Rag‘batlantirish va jazolash
– tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy 
usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. 
Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshi-
riqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaqbul 
xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali 
bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni 
qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va 
hushyorlik talab etiladi. 
Jamoatchilik fikri
– tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim 
usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natija-
lariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamo-
aning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini 
ta’minlaydi, o‘quvchilarning bir-birlariga do‘stona munosabatini shakl-
lantiradi.


72 
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullaridan samarali foydalanishning eng 
muhim sharti o‘qituvchining insonparvarlik nuqtai nazaridan yonda-
shishini talab etadi. Ushbu usullar kasbiy mas’uliyatni his etadigan yago-
na intilishga qaratilgan jonli kishilarning jonli munosabatidir. Pedagogik 
ta’sir qilish o‘quvchilar psixikasining anglanmaydigan sohasiga 
qaratilgan bo‘lib, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning yaqindan aloqa-
da bo‘lishini, ularning o‘zaro bir–birlariga ishonishini, o‘zaro tushu-
nishini, ta’sir qilish mazmuni, shaxsning bir butun holatiga amaliy ta’sir 
qilishini nazarda tutadi. Shunday qilib, ta’sir qilish ta’lim-tarbiya sama-
radorligini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirib borishda 
yo‘l-yo‘riq yaratib, o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantiradi. 
O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega 
ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoli-
yatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini 
belgilashini unutmasligi shart. O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida 
tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga eri-
shishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimini 
oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi 
lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh 
avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar 
tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur 
bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot 
berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va 
hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga 
erishish uchun o‘qituvchi: 

o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; 

munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan
bilishi; 

bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘r-
natish; 

munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida
oqilona boshqarish; 

munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib
borishi lozim.
O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi 
uchun hamisha tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiya-
lanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lish-


73 
ga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. 
Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga 
xos qator 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin