Kasbiy-pedagogik muloqot deganda, o‘qituvchi va ta’lim
-
tarbiya
jarayoni obyektlarining o‘zaro hamkorlik tizimi tushuniladi, uning
asosiy faoliyat mazmuni o‘zaro axborot almashish, shaxsni bilish, tar-
biyaviy ta’sir o‘tkazish sanaladi. O‘qituvchi bu jarayonni faollashti-
ruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi.
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahami-
yatini baholar ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot
– o‘qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya
jarayonida o‘quvchilarni bilish va o‘rganish kaliti va o‘quv faoliyatining
ijodiy xarakteri, o‘quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi
sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo‘lgan emotsional muhitni
ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to‘siqlarning paydo bo‘lishini
oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlarni to‘g‘ri
81
yo‘lga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv tarbiyaviy jarayonda
o‘qituvchining o‘z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchun
imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.
Pedagogik faoliyatda muloqot o‘quvchilarga zamon talablari
asosida ta’lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayon-
larni ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon
bo‘ladi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni tahlili hamda taniqli olimlar A.S. Maka-
renko, V.A. Suxomlinskiy va boshqalarning pedagogik faoliyatini
o‘rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin, aynan o‘quvchilar
bilan o‘qituvchi muloqotining pedagogik ta’sir vositasi nihoyatda beqi-
yos, muloqotni pedagogik mahoratning eng muhim birlamchi vositasi
sifatida chuqur egallaganlik ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini
har tomonlama oshirishni ta’minlaydi. A.S. Makarenko muloqotni peda-
gogik ta’sirning ajoyib vositasi sifatida ta’riflab, insonlararo muloqotni
ta’minlovchi eng muhim va nozik faoliyat ekanligini aytadi. Pedagogik
muloqot – shunchaki ijtimoiy-psixologik, pedagogik yoki kommunikativ
hodisa emas, avvalo kasbiy axloqiy fenomendir (hodisa). Jamiyatda
axloq normalariga qat’iy rioya qilish hamda pedagogik vositalarning
ilg‘or jarayonlarini amaliy hayotga keng tatbiqi uchun o‘quvchilar bilan
o‘zaro hamkorlik texnologiyalarini mukammal egallash lozim. Shunday
«texnologiya»larning mavjudligini pedagogik tadqiqotlar isbotlab berdi.
O‘qituvchining kommunikativ faoliyati maqsadli faoliyatga nisbatan
ko‘pincha ikkilamchi xarakterga ega bo‘ladi, pedagogik mehnatning
o‘ziga xosligi ham aynan kommunikativ faoliyat uning asosini tashkil
etishidan iborat ekanligidadir.
Pedagogik muloqot o‘qituvchilar pedagogik ijodkorligining yaxlit
tizimida qanday ahamiyat kasb etadi? Pedagogik faoliyatning muhim
mikroelementlari nostandart echimlardan iborat, garchi o‘qituvchi
faoliyatida pedagogik vaziyatlar bir qarashda bir biriga o‘xshash ko‘-
rinsa-da, o‘qituvchining ushbu vaziyatlardagi har bir xatti-harakati mut-
laqo noyob va betakrordir. O‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati
tahlil qilinganda, mukammal shaklga ega bo‘lgan tizimlardan iborat
ekanligini ko‘ramiz:
–
o‘qituvchining sinfda, o‘quvchilar jamoasi bilan ta’lim-tarbiyaviy
maqsadlarga qaratilgan ijodiy tayyorgarligi;
– o‘quvchilar bilan bevosita o‘zaro hamkorlik asosidagi ijodkorlik.
82
O‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonidagi ijodkorligi bir
nechta ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
–
o‘qituvchining o‘quvchilarni mukammal bilish jarayonidagi ijod-
korligi;
–
ular bilan o‘zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik;
–
o‘quvchiga bevosita ta’sirni tashkil qilishdagi ijodkorligi;
–
o‘z xulq-atvorini boshqara olishda (muloqotni o‘zini-o‘zi bilgan
holda bir maromda olib borish) ijodkorlik;
–
o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish jarayonida
ijodkorlik.
Modomiki, shunday ekan, ta’kidlash lozimki, o‘qituvchining mulo-
qoti kasbiy-ijodiy kategoriya bo‘lib, pedagogik faoliyatda o‘qituvchi
tomonidan ko‘plab kommunikativ vazifalarni hal qilish jarayoni va ijobiy
natijalar majmuasidir.
O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida muntazam pedagogik ta’sir
o‘tkazish metodlari bilan ishlaydi: masalan, dars jarayonida yangi mate-
rialni tushuntirishda, o‘quvchiga aybi uchun dashnom berishda. Ushbu
vaziyatda yosh o‘qituvchi avvalo nimalarga e’tibor berishi kerak: Birin-
chidan, vaziyat tahlil qilinadi; ikkinchidan, murakkab vaziyatdan chiqish-
ning mumkin bo‘lgan variantlari saralanadi, uchinchidan, ushbu faoliyat,
odatda tezkor amalga oshiriladi (bunda ham pedagogik kommu-
nikatsiyaning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi) va optimal metodlar tanla-
nadi, faqat shundan keyingina pedagogik ta’sir tashkil qilinadi. Biroq hali
tanlangan ta’sir metodiga adekvat bo‘lgan, u orqali pedagogik ta’sir
amalga oshiriladigan muloqot tizimini topishimiz kerak. Ya’ni, ma’lum
bir maqsadga qaratilgan umumiy pedagogik vazifani hal etgandan so‘ng,
ta’sir metodini tanlab bevosita ta’sirni tashkil qilish uchun asosiy vazifa
sifatida kommunikativ vazifa belgilanishi kerak.
Kommunikativ vazifa pedagogik faoliyatda, nisbatan ishlab chiqa-
ruvchi xarakterga ega bo‘lib, murakkab vazifani hal etadi. Zero u peda-
gogik vazifadan kelib chiqqan, shu sababli o‘qituvchi tomonidan tan-
lanadi va belgilanadi. Aytish mumkinki, kommunikativ vazifa aynan
kommunikatsiya tiliga o‘tkazilgan pedagogik vazifaning o‘zi. Kommu-
nikativ vazifa pedagogik vazifaning asosini aks ettirib, unga nisbatan
yordamchi, instrumental xarakterga ega bo‘lgan jarayondir.
Pedagogik amaliyotlar natijasi shundan dalolat beradiki, o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning o‘ziga xos to‘g‘ri metodini tanlab
hamda vaziyatni to‘g‘ri baholagan taqdirda ham, ko‘pincha o‘z
83
pedagogik ta’sirini kommunikativ jihatdan ta’minlay olmaydi, ya’ni
kommunikatsiyani o‘zaro muloqotda amaliy jihatdan tatbiq eta olmaydi.
Pedagogik ta’sirning o‘qituvchi tomonidan tanlanib qo‘llaniladigan
metodlari bevosita muloqot orqali amalga oshiriladi.
Shunday ekan,
mazkur jarayonni yuksak mahorat bilan, ongli ravishda tashkil etish,
pedagogik faoliyatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyat-
da bu jarayonga tayyor turishi zarur. Buning uchun har bir o‘qituvchi
mustaqil, o‘z pedagogik tajribalariga va mahoratiga asoslanib, o‘quvchi-
larga pedagogik ta’sir etishning quyidagi mantiqiy obrazi jadvalini tuza-
di, o‘zi uchun kerakli bo‘lgan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig‘ib, qayd qilib borishlari hamda
kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirib borishlari mumkin:
Pedagogik
vazifa va uni
hal qilish
jarayoni.
Belgilangan vazifani
hal qilish uchun
tanlangan pedagogik
ta’sir metodlari
tizimi.
Pedagogik ta’sir etish
metodikasini amalga
oshirish uchun zarur
bo‘lgan kommunikativ
vazifalar tizimi.
Pedagogik
ta’sir
ko‘rsatish.
(natijalar)
8
Dostları ilə paylaş: |