Psixologiya
1
Ijtimoiy gumanitar
|
Tabiiy, aniq va texnika
|
|
|
|
|
|
|
|
Tarix, arxeologiya
|
|
|
Anatomiya
|
Falsafa
|
Biologiya
|
Sotsiologiya
|
Fiziologiya
|
Madaniyat- shunoslik
|
Tibbiyot
|
|
|
|
|
|
|
Tilshunoslik
|
|
Oliy matematika
|
|
|
|
|
M
|
Pedagogika
|
|
|
Statistika
|
Xuquqshu- noslik
|
Ehtimollar nazariyasi
|
|
|
|
|
Ma naviyat
|
|
|
Ergonomika
|
Iqtisodiyot
Iqtisodiyot nazariyasi
Menejment
Marketing
Kibernetika
Modellash- tirish
H Dinshunoslik
1- rasm. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Psixoiogiya va texnik taraqqiyot
XX asr ishJab chiqarish, texnikaning yangi-yangi turlari, aloqa vositalarining juda tez o'sganligi bilan, elektronika, avtomatikadan foydalanila boshlanganligi, transportning yangi, tovushdan tez turlarini o'zlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi inson psixikasiga juda katta talabiar qo'ymoqda. Hozirgi zamon sanoati, transportida va harbiy ishlarda psixologik faktorlarni, ya'ni kishining imkoniyatlari, bilish jarayonlari — idroki, xotirasi, tafakkurini, shaxs- ning o'ziga xos xususiyatlari — xarakteri, temperamenti, reaksiya- larining tezligi va boshqalarni hisobga olishga to'g'ri keladi. Tovushdan tez hozirgi zamon samolyotlarida, ulkan elektrosistemalarning ope- rativ — dispetcherlik uchastkalarida ishlovchi kishilar juda kichik vaqt ichida tez qarorga kelishiga to'g'ri keladi, aks holda avariyalarga sabab bo'lishi mumkin. Ana shunday murakkab sharoitda ishlay olish uchun kishilarda imkoniyat bor-yo'qligini, ularning shu ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlashda psixoiogiya fani oldiga muhim talabiar qo'yiladi.
Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo'lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va ma- shinalar bilan „muloqot" qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mu- kammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo'lgan masaladir. Ayniqsa, mustaqil O'zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini bi- ladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta'minlash qanchalik dolzarb bo'lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobihyatlarini moslashtirish va „odam-mashina" dialogining eng samarali yo'llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol „tillashadigan" malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari, pedagogika va psixoiogiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi.
Injenerlik psixologiyasi kishi bilan texnika o'rtasidagi munosabatni o'rganuvchi fan bo'lib, u texnikaning ko'pgina sohalari, bionika, kibernetika bilan uzviy bog'langandir. Ta'kidlash joizki, Respub- likamizda bu sohaga ham keyingi yillarda qiziqish ancha ortdi. Shu boipdan bir qator yosh, iqtidorii mutaxassislar injenerlik psixologiyasi yo'nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
1 5. Psixologiyaning asosiy metodlari va pedagogik faoliyatda
qo'llanilishi mumkin bo'lgan psixologik metodikalar
Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan har qanday fan o'sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to'plash uchun maxsus usullar, vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro'si ham birinchi navbatda o'sha metodlar yordamida to'plangan ma'lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog'liq bo'ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo'lib, metodlar masalasiga bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta'kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo'l bilan ushlab, ko'z bilan ilg'ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko'plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog'i o'z vazifalarini echish va ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ko'plab metodlarni sinovlardan o'tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazanAasining psixologiya sohasida qo'llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar awalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to'plangan ma'lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
Biz mazkur mavzuimizda har bir insonning o'zini va atrofidagilarni bilib olishiga imkon beradigan, murakkab bo'lmagan, qo'llash shartlari sharoitga mos bo'lgan va umum qabul qilingan metodlarni keltirdik.
2-rasmda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to'g'risida
| Kuzatish }
L lashqi ) 1 | ichki ]
[ Suhbat ) —.
L Test )
{ KuzatishA
Pedagogik
psixologiyaning
asosiy metodlari
(laboratoriy
-{ tashqt J
1 tashqi j
i
Faoliyat natijala-
rini o'rnatish
Dostları ilə paylaş: |