IBOB
INSON HAYOTIDA PSIXOLOGIK
BILIMLARNING O'RNI
Bobning qisqacha maztnuni
Psixologik bilimlarning insoniyat hayotidagi o'rni Psixologiya sohasida XX asrda erishilgan yutuqlar. Fanda yuzaga kelgan yangi yo 'nalishlar va yangicha yondashuvlar, psixologiya . fanining dolzarbligi, globalizasiya sharoitida psixologiya o'rganadigan muammolarning dolzarbligi.
Insonni o'rganishning ahamiyati. Bolajak pedagog xodimlarni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish, ta'lim-tarbiya jarayonida o 'quvchilar psixikasidagi yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish.
Psixologiyaning armoqlari Pedagogik faoliyatda ishlatilish za- ruriyati bo Igan psixologik-pedagogik bilimlar, ularning ta 'limjarayonini optimallashtirish va samaradorlik darajasini oshirishdagi o'rni.
Psixologiya va texnik taraqqiyot Ilg'orfan-texnika taraqqiyotining inson psixologiyasiga ta 'siri va kishilarning moslashishi.
Psixologiyaning asosiy ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishga yordam beradigan psixodiagnostik metod va metodikalar va ularning ilmiy asoslanganligi.
Psixologik bilimlarning insoniyat hayotida tutgan o'rni
asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o'xshash murakkab texnologiyalarni yaratgani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday holatga duch kelamizki, murakkab elektron texni- kani yaratgan o'ta aqlli inson o'zi va o'z atrofidagilarning ruhiy ke- chinmalarini to'g'ri baholay olmasligi sababli, o'zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotlamoqda.
asrda juda ko'plab davlatlarda bo'lgani kabi dunyo xaritasida munosib o'rin olgan mustaqil O'zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko'tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma'naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizasiya bilan uzviy bog'ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o'z ustida ishlashi, o'z mukammalligi xususida qay- e'urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Shuning uchun ham nafaqat psixologiyadan mutaxassislar tay- vorlaydigan bilim dargohlari, balki barcha bilim dargohlarida, hattoki yangi tipdagi maktab, lisey va koUejlarda ham psixologiyadan saboq berish rejalashtirilganligi sababli nopedagogik oliy ta'lim muassasalari magistratura bosqichi talabalariga psixologiya fani kiritilgan. Mazkur kursning asosiy maqsadi magistrlar uchun zaruriy tavsiyalar — o'zlari o'qitadigan fanlardan ma'ruzalar, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya mashg'ulotlari tashkil etish metodikasi — ya'ni, ularni yangi pedagogik texnologiya asosida qanday tashkil etish, qaysi ilg'or usul va vositalardan foydalanilsa, samaradorlikka erishish mumkinligi talabalar bilan birga- likda o'rganiladi hamda talabalar bilirnini baholash, pedagogik amaliyot davomida olib boriladigan ishlar, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish haqida ma'lumotlar beriladi. Bularning barchasi bo'lajak ma- gistrlar uchun o'z ish faoliyatlarini tashkil etishga katta yordam beradi, ta'lim jarayoni, darsdan tashqari talabalar faoliyatini to'la va oqilona boshqara olishlariga ko'maklashadi. Bu vazifalarni mukammal egallash, ayniqsa bo'lg'usi pedagoglar uchun zarurdir. Chunki o'qituvchilik kasbi barcha kasblarning onasidir — ya'ni, o'qituvchi barcha kasb egalarini tarbiyalaydi. O'qituvchi maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy tashkilotchisidir. Ta'lim-tarbiya davriy hodisa emas, u muttasil davom etadigan uzluksiz jarayondir.
Inson psixologiyasi, o'z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o'zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta'minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro'y berayotgan jarayonlarni ob'ektiv va to'g'ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o'z ichki imko- niyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o z davrida ,,0'z-o'zingni bil!" degan shiorni o'rtaga tashlagan bo'lsa, yangi davr ,,0'z yoningdagilami va ularning qilayotgan ishlarini ham oil", degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo'ydi. Ayni shu muammoni echishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va ama- "yotining roli benihoya kattadir.
, An'anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u ° rgf”adigan hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita ffug'ullanadigan kimsalar o'rganib kelishgan, zero psixologik hodisalar
bilan har qanday inson ham tanish bo'lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o'zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda.
Keyingi yillarda butun jahon miqyosida, shu jumladan Respub- likamizda qaysi soha mutaxassislari bo'lishidan qat'iy nazar, ularni psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga alohida e'tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda kelajak avlodni etuk, barkamol inson qilib tarbiyalashda o'qituvchilarning o'rni benihoyat oshgan. Shuning uchun bo'lajak o'qituvchidan oliy o'quv yurtida o'z mutaxassisliklarini chuqur egallashdan tashqari talabalar psixikasidagi yosh va individual xususiyatlarni larqlay oHshga, shaxs taraqqiyoti jarayonini kuzatishdan to'g'ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga o'rganish talab etilmoqda. Chunki bu — ta'lim va tarbiya sirlarini mukammal egallaydigan o'qituvchilar tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi.
Psixologiyaning nazariy muammolarini chuqur o'rganmay turib, mazkur fandan hech bo'lmaganda sodda va bajarilishi oson bo'lgan amaliy mashg'ulotlar o'tkazish ko'nikma va malakalarini egallamay turib, talabalarning psixik xususiyatlarini bilishga erishib bo'lmaydi, albatta.
Ko'hna va hamisha navqiron mamlakatimiz uchun ijtimoiy taraqqiyot psixologik nuqtai nazardan idrok qilinsa, mantiqiy tahlil etilsa, xalqimizning etnopsixologik bilimlardan ta'lim va tarbiya jarayonida foydalanganligi, harbiy yurishlarda jangchilarga psixologik ta'sir o'tkazganligi, ularda ishonch va e'tiqod hissi uyg'otganligi, muoma- laning verbal va noverbal ko'rinishlarini amaliyotda qo'llanganligi, o'rta asrlarning Forobiy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino singari zabardast olirnlarining ijodiy mahsullaridan tortib, to XX asrning 30-yillari oralig'ida ilmiy tadqiqotlar qilinganligi bu isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir.
O'zbekiston oliy maktablarida psixologiya o'quv fani sifatida 1928 yildan o'qitib kelinmoqda. (Xuddi shu davrda L.S.Vigotskiy O'rta Osiyoda, O'zbekistonda ommaviy ma'ruzalar o'qiganligi mazkur jarayonni tezlashtirgan asosiy omil bo'lganligiga hech shak-shubha yo'q).
Psixologiya fanining ijtimoiy hayotda nufuzi har soniya sayin ortib bormoqda. Shu tufayli pedagogik va nopedagogik ta'lim muassasalarida uni o'qitish yo'lga qo'yila boshlandi. Mazkur soha bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O'rta Osiyo Davlat Universitetida 1938 yilda (Hozir Milliy Universitet) logika va psixologiya bo'limi ochildi. 50-yillarning 2-yarmidan boshlab pedagogika ins-
titutlarida va bilim yurtlarida psixologiya bo'limlari ochildi. Ayniqsa qisqa muddatli 15 va 9 oylik ommaviy psixologlar tayyorlash kurslarining ommaviylashuvi psixolog-mutaxassislarga nisbatan bo'lgan ehtiyojning kuchayganligini bildiradi.
Hozirgi davrda respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalari va o'quv yurtlarida, hattoki maktablarida psixologik bilimlar alohida e'tibor bilan o'qitilmoqda.
Mamlakatimizda oliy ta'lim ko'p bosqichli tizimga (bakalavriat, magistratura, kichik ilmiy tadqiqotchi, katta ilmiy tadqiqotchi) o'tish munosabati bilan psixologiya fanini o'qitish o'ziga xos tashkil etishni taqozo etmoqda. Demak, talabalarga bu soha bo'yicha bilim berish ularda kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishni takomillashtirish uchun quyidagi yirik yo'nalishlarda ijodiy psixologik-pedagogik izlanishlarni amalga oshirish lozim bo'ladi.
L2. Amaliy psixologiyaning asosiy yo'nalishlari
Dostları ilə paylaş: |