O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org
rahbar, eng awalo, jamoadagi xizmat munosabatlarini tartibga keltirishi zarur;
jamoaga yaxshi yangiliklarni tadbiq etib borish;
oldingi rahbarning qaysi mansabga ketishi ham jamoaning ijobiy yoki salbiy tomonga boshqarilishiga ta'sir qiladi (nafaqaga ketganmi yoki past mansabga ketganmi);
yangi rahbarning boshqa joydan kelganligi yoki o'zi ishlayotgan joyda rezervda turganligi ham jamoaning ijtimoiy faoliyatida ahamiyatga ega;
jamoani boshqarishda psixologik qiyinchiliklarning mavjudligi O'amoada norasmiy liderlarning mavjudligi);
rahbarning mansabni o'zi xohlab egallashi yoki yuqoridan buyruq asosida tayinlanishi ham muhim rol o'ynaydi; j) rahbarning jamoani boshqarishda shaxsiy xislatlariga ham ko'p narsa bog'liq bo'ladi. Masalan: rahbarlik mansabida tajribaning kam- ligi; maxsus bilimlarning etishmasligi; kasbiy qiziqishining yo'qligi; rahbarlik mansabiga psixologik jihatdan tayyor emasligi; rahbarlikda man-manlikning darrov yuzaga kelishi; rahbarda „Men" tushuncha- sining ustunligi.
Mansabga ko'nikish jarayoni degan tushuncha mavjud, ya'ni mansabga o'tirgandan keyin shu sharoitga ko'nika oladimi, yo'qmi? Rahbarning faoliyatida jamoa a'zolari uni qanday qabul qilishiga ko'p narsa bog'liq. Masalan, jamoaning 15% foizi rahbarni yaxshi tanisa ham, rahbar shu jamoadan ehtiyotkor bo'lib, rahbarlik qilishga kirishadi. Sabab nima ?-degan savol turadi.
Buning sababi: Rahbarni yaxshimi, yomonmi sir asrorini bilish mumkin, boshqalarga fikr beradi.
Rahbarni demokratmi, avtokratmi, konservativmi qanday rahbarligi haqida barchaga namoyon qilishi mumkin. j Jamoa haqida rahbarga fikr berishi mumkin. Bugungi kunda jamoani boshqarishda rahbarning ish uslubi iamoaning faoliyatini boshqarishga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Rahbarning ma'lumoti, yoshi rahbar bo'lib ishlashiga to'la asos bo'lishi mumkin, lekin rahbarni rahbar qiladigan uning prinsipidir. Hozirgi kunda Rossiya Federasiyasida rahbarlikka nomzodlarni tanlash bo'yicha etarli tajriba to'plangan, masalan: hujjatlar o'rganiladi, guruhli 8 soatli testlar, yakka tartibdagi suhbat va hokazolar.
Kuzatishlardan malum bo'lishicha, rahbarni rahbarlik faoliyatiga tayyorlashda psixologik test o'tkazib psixologik treningni tashkil qilish kerak bo'ladi. Treninglar quyidagi usullarni o'z ichiga olishi mumkin, ya'ni guruhli suhbat, aniq bir vaziyatlarni tahlil qilish, psixodrama, rolli o'yinlar.
Psixologik tadqiqotlarning natijasiga ko'ra, rahbar xodim doimo quyidagi savollarga javob topa olishi kerak: qanday yo'llar bilan jamoani boshqarsam samaradorlik oshadi, jamoa tinch va manfaati yuqori bo'ladi;
jamoada nimalarni bilishi kerak;
jamoa uchun nimalarni qila olishi zarur. Kuchli rahbarlarga alohida psixologik testlar zarur bo'lib, awalo nutqi, diksiyasi, muzokara olib bora bilish qobiliyati, vaziyatlardan tez chiqib keta olish xususiyatlarini shakllantirish kerak bo'ladi.
Kuchsizroq rahbarlarga esa boshqa uzoq vaqtga mo'ljallangan testlar, treninglar tashkil etilishi kerak.
Rahbarni psixolog tadqiqotchiligini hisobga olib quyidagicha psixologik tayyorgarlikni tashkil etish mumkin:
—bo'lg'usi rahbarni yakka psixologik o'ziga xosligini o'rganish va psrxologik imkoniyatlarini diagnostika qilish;