O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə72/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org


Rahbarning jamoa uning faoliyati haqida vaqtida etarli darajada ma'lumotga ega bo'lib turishi, o'zining orkestrining egasi bo'lishidan



  • dalolat beradi. Demak, o'z qo'lidagi bo'lim yoki soha xizmatidagi shaxslarning faoliyatidan xabardor bo'lib turishi demakdir. Ma 'lumotlami olish bazasi bo 'lib qo yidagilar hisoblanadi:



    1. instruksiyalar;



    2. turli maxfiy hujjatlar;



    3. suhbatlar;



    4. tajribali xodimlar bilan suhbat; zarurat tug'ilgan vaqtlarda jinoyatchi, gumondor, guvohlar bilan suhbat.



    1. Rahbarning ongi uning faoliyatini tartibga soluvchi regulyator hisoblanadi. Shunday qilib, rahbarning ongi, kasbiy ijtimoiy taraqqiyot mahsuli bo'lish bilan birga, u rahbarlik faoliyatida, ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish vaqtida, hamkorlikdagi o'zaro ta'sirda, tabiatga, jamiyatga nisbatan munosabatlar mohiyatida vujudga kelgan.



    2. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma'lum narsaga-predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasawur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlarning xususiyatlari va sifatini o'zgartirishga qaratilgan bo'ladi. Masalan, ma'ruzani konspekt qilayotgan tinglov- chining predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo'lib, u awalo, o'sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o'zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo'ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo'naltirilganligiga qarab, tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o'rab turgan tashqi muhit va undagi narsa hodisalarni o'zgartirishga qaratilgan faoliyat bo'lsa, ichki faoliyat — birinchi navbatda aqliy faoliyat bo'lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishini ta'minlaydi.



    3. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro'y beradi, tajriba orttirilib borgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo'lsak, bola dastlabki so'zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o'zicha gapirishni o'rganib, o'ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o'z oldiga maqsad va rejalar qo'yadigan bo'lib boradi. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ichki psixologik, tashqi muvofiqlik nuqtai-nazardan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy motor harakatlar mujassam bo'ladi.



    4. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o'ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo'lgani bilan uning peshonalari, ko'zlari, hattoki tana 232



    5. va qo'l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to'xtamga kelaolmayotganidan yoki fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganidan darak beradi.



    6. Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzdagi ichki psixologik mexa- nizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir.



    7. Faoliyat hamisha rahbarning boshqa xodimlar bilan muayyan munosabatlari sistemasida yuz beradi. U boshqa xodimlarning yordami va ishtirokini taqozo etadi, ya'ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo'ladi. Rahbar xodimdagi mo"tadillik, ruhiy sog'lomlik ongning boshqaruv imkoniyati mavjudligini bildirib, ayrim hollarda hissiyotga berilishi esa, uning o'z funksiyasini bajarishdan chetlashganligini ko'rsatadi. Turli xususiyatli munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jarayonida, hech qanday nuqsonlar, chetga og'ishlar sodir bo'lmaydi.



    8. Shu narsani ta'kidlab o'tish o'rinliki, patologik holatlarni tahlil qilish, ong mohiyatining genezisini atroflicha anglab olishga xizmat qilishi mumkin. Shu boisdan rahbar ongining zaiflashuvi shaxsning his-tuyg'ulari va munosabatlarini o'zgartiradi, natijada simpatiya antipatiya bilan, quvonch qayg'u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-vaqti bilan o'rin almashib turishi kuzatiladi.



    9. Ongning yuqorida ta'kidlab o'tilgan barcha funksiyalarini namo- yon bo'lishining muqarrar sharti til va nutq hisoblanadi. Rahbar nutq faoliyati yordami bilan bilimlarini o'zgartiradi, ajdodlar tomonidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida yuzaga keltirilgan tajribalar majmuasi tilda mustahkamlanadi, u o'zining tafakkuri orqali hayoti va faoliyatini boyitadi.



    10. Til alohida ob'ektiv tizim sifatida namoyon bo'lib, unda ijtimoiy tarixiyjarayonlardavujudgakelgan an'analar, marosimlar, qadriyatlar, g'oyalar majmuasi tariqasida ijtimoiy ongda aks ettirilgandir. Psixologik talqinlarga qaraganda, alohida, yakka hoi shaxs tomonidan egallangan til boyliklari, qoidalari ma'lum ma'noda uning yaqqol, individual ongi sifatida yuzaga keladi. Shaxsiy hayoti va faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim rol oAynaydi. Til bilan nutq borliqni anglashning aloqa quroli hamda vositasi, funksiyasini bajarib, shaxsning boshqa mavjudodlardan farqlash sharti hisoblanadi va unda til bilan tafakkur birligi ong uchun moddiy negiz vazifasida ishtirok etadi va qaysidir ma'noda mexanizm rolini bajarishi ham mumkin.



    11. Rahbar shaxsi bir maromda, bir xil usulda, bir xil yo'nalishda uzoq vaqt ishlashi oqibatida, shu jamoaga shunday fikrlashga o'rganib shablon xarakterini oladi. Unga yangilik, yangicha ish uslubi, yangi shakl ko'p ham ma'qul kelavermaydi. Chunki yangilik doimo ma'lum bir ortiqcha xarakterni, ortiqcha tashvishlarni keltirib chiqarayotgandek tuyilaveradi.



    12. Yüklə 0,73 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin