Temperament — shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o'zgaruvchan)
va emosional — hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual
xususiyatlar majmuidir
Temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalari: kuch, muvozanatlashganlik, harakatchanlik
Kuch —nerv ti- zimining kuchli qo'zgatuvchilar ta'sirigabardoshi, shunga ko'ra in- sonda mehnatga yaroklilik, chi- dam kabi
Muvozanatlash- ganlik — asab- dagi tormozla- nishvaqo'zg'a- lish jarayonla- rining o'zaro mutanosibligi, shunga ko'ra, o'zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar
Harakatchanlik — qo'zg'alish va tormoz- lanish jarayonlaridagi o'zaro almashinish ja- rayonining tezligi va harakatchanligi
Shaxs temperamenti toifalari Xoleriktoifa; Sangvinik toifa;
Flegmatik toifa;
Melanxolik toifa. rasm. Temperament va uning turlari e'tiborga olinishi kerak. Barcha biologik va ko'pgina individual-psixologik xususiyatlar xulq-atvor belgilariga ta'luqli bo'lmaydi, masalan: birmuncha past mexanik xotira misol bo% oladi.
Insonning fe'li, xulq-atvorini bilish orqali uning har xil holatlarda o'zini qanday tutishini oldindan bilish mumkin. Xulq-atvorning fiziologik asoslarini bilish rahbarning qo'l ostidagi xodimlarini bilish uchun juda muhimdir.
Xodimning hulq-atvori uning odatlariga uzviy bog'liq bo'ladi. Odatlar deganda shakllangan harakatlar tushuniladi. Xarakter, xodim- ning xatti-harakati va faoliyatida namoyon bo'ladigan individual- psixologik xususiyatlar majmui hisoblanadi. Xarakter individuallikning muhim belgilaridan boiib, kishiga takrorlanmaydigan o'ziga xos xususiyatlarni beradi. Xarakter shaxsning iroda, shuningdek, emosional sferasi, temperamenti (mijozi) va intellektual (aql-idroki) xususiyat- larida namoyon bo'ladi.
Xarakter belgilari xodimning barqaror xususiyatlari hisoblanadi, ular sekin o'zgarishi mumkin. Xarakter xodimlaming ancha barqaror va yaqqol ko'rinadigan belgilaridan bo'lib, ular xatti-harakat (xulq-atvor)da, qilmishlarda, tabiatga, jamiyatga hamda kishining o'z faoliyatiga, o'ziga nisbatan munosabatlarida ko'zga tashlanadi.
Quyidagi rasmda xarakter va uning namoyon bo'lish jarayoni aks ettirilgan.
Xarakter — shaxsdagi shunday psixologik, subyektiv munosabatlar
majmuiki, ular uning borliqqa, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda
o'z-o'ziga munosabatini ifodalaydi