O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Bob yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə24/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Bob yuzasidan savol va topshiriqlar

Talabalarni ta'lim-tarbiya jarayonida rag'batlantirishning psixologik asoslari deganda nimani tushunasiz? Pedagogik faoliyatda ragbatlantirish va jazolash elementlari haqida

gapiiing?

Pedagogik yoki ishlab chiqarish faoliyatida o'zingizga yoki o'rto- g'ingizga berilgan rag'bat yoki tanbehning psixologik ta'siri haqida kuzating va xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qiling.

Pedagogik bahoning efiektivligi deganda nimani tushunasiz? Ragbat shaxsda qanday psixologik holatlarni yuzaga keltiradi? Jazo yoki tanbehning ijobiy va salbiy tomonlari nimalardan iborat?

VBOB
INTERFAOL TA'LIM METODLARINING

PSIXOLOGIK ASOSLARI


Bobning qisqacha mazmuni

Interfaol ta'lim shakllari va ularni samarali amalga oshirishdagi pedagogik-psixologik talablar. Bahs turlari, yozma bahsni o'tkazish usuli, darsda munozara, breynshtorming va treninglar o'tkazish texnologiyasi, faol o 'qitish metodlari va ularni tashkil etish.

Interfaol ta'lim metodlari va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik shartlari.

Ta'lim jarayonida interfaol metodlarni qo Hash. Interfaol ta'lim metodlaridan namunalar.
  1. Interfaol ta'lim metodlari va ularni samarali amalga


    oshirishdagi pedagogik-psixologik talablar

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash, o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta'lim metodlarini har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib, tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.

An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasining ko'tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham ata- shadi. Interfaol metodlar deganda ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim olishning samaradorligini oshiruvchi metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Natijada ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta'lim oluvchi markazda bo'lgan yondashuvning . foydalijihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

—ta'lim samarasi yuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish;

—ta'lim oluvchining yuqori darajada rag'batlantirilishi;

—ilgari orttirilgan bilimning ham e'tiborga olinishi;

—o'qish shiddatining ta'lim oluvchi ehtiyojiga muvofiqlash- tirilishi;

—ta'lim oluvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab- quwatlanishi;

—amalda bajarish orqali o'rganilishi;

—ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Interfaol metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar ko'proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday iikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, „tilga nima kelsa", lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa ko'proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo'lgan sharoitlarda qo'l keladi. Ya'ni, bunda „erkin assosiasiyalar"ga imkon beriladi va oxir oqibat guruhning o'zi ma'lum rasional „mag'zni" ajratib oladi.




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin