O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə58/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Professiogramma ushbu tamoyillarga ko'ra tuziladi:
  1. ma'lum faoliyatning aniq, o'ziga xos tasnifi;


  2. kompleks o'rganilganlik;


  3. o'rganish dinamikasi (rivojlanish sharti bilan, faoliyat o'zga- rishi);


  4. sistemalilik (faoliyatning alohida xarakteristikalarini o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'siri);


  5. qabulning o'xshashligi (kasblarni aniq taqqoslash uchun);


  6. miqdoriy va sifatiy metodlarni qo'llash.




  1. Professiogramma ushbu xarakteristikalardan tashkil topadi:
  1. kasbga oid umumiy ma'lumotlar (tarkib, tayinlash, xodim- larning majburiyatlari, mehnat samaradorligi ko'rsatkichlari);


  2. faoliyat mazmuni (asosiy vazifalar tahlili, ma'lumotlar oqi- minin o'ziga xosligi, xatolar tahlili);


  3. faoliyat vositalari (ma'lumotlarni ko'rsatish, ularni joylash- tirish, obzor);


  4. mehnat sharoitlari (sanitar-gigiyenik, ijtimoiy-psixologik, estetik);


  5. faoliyatni tashkillashtirish (ish yuklamasining ko'rinishi va hajmi, ish va dam olish rejimi);


  1. ) 6) faoliyat subyekti (funksional holatlar, kommunikativ sifatlar, vazifalarga taalluqlilik).


  2. Faoliyat psixogrammasi mehnat egasining kognitiv, emosional- irodaviy, motivasion, individual-psixologik va boshqa kasbiy muhim bo'lgan sifatlarga qo'yiladigan talablar hamda xarakteristikalardan iborat bo'lishi kerak.


  1. Kasblar klassifikatsiyasi


  1. Kasblar klassifikasiyasiga oid lug'atlar ko'riladigan bo'lsa, u holda 7000 dan 35000 gacha kasblar mavjud ekanligi kuzatiladi. Psixologiyada ilmiy-amaliy vazifalarni echish uchun bu kasblarni sistematizasiyalash, ularni qandaydir kasbiy va psixologik belgilarga ko'ra taqsimlash va qiyoslash kerak bo'ladi.


  2. LA. Klimov tomonidan „kasblarning to'rt xil daraja"si taklif etilgan. Unga ko'ra, birinchi darajaga ob'ekt tizimini inobatga olib, besh xil toifadagi kasblar kiritilgan:


  1. odam-tabiat (O-Ta) — agronom, mikrobiolog, ...;


  2. odam-texnika (O-Te) — mexanik, operator, payvandchi, ...;


  3. odam-odam (O-O) — vrach, o'qituvchi, sotuvchi, ...;


  4. odam-belgilar sistemasi(O-Bs) — matematik, redaktor,...;


  5. odam-badiiy obraz (O-Bo) — dirijyor, musawir, artist, ....


  1. Ikkinchi darajada mehnat maqsadiga ko'ra uchta toifa keltirilgan:


  1. Gnostik (yunoncha,bilim) kasblandegustator (O-Ta), nazo- ratchi (O-Te), sosiolog (O-O), korrektor (O-Bs), san'atshunos (O-Bo).


  2. O'zgartiruvchi kasblar: cho'pon (O-Ta), payvandlovchi (O- Te), o'qituvchi (O-O), buxgalter (O-Bs), gul bezovchi (O-Bo).


  3. Alohida kasblar: kuzatuvchi-uchuvchi (O-Ta), injener- konstruktor (O-Te), tarbiyachi (O-O), programmist (O-Bs), kom- pozitor (O-Bo).


  1. Uchinchi darajada awalgi darajadagi har bir kasb to'rtta alohidaga bo'linadi, bo'linishda esa mehnat qurollari asos etib olinadi:


  1. Qo'l mehnatiga asoslangan kasblar — payvandlov ishlari nazo- ratchisi, ximiyaviy tahlil laboranti, veterinar, payvandchi;


  2. Mashina va qo'l mehnati kasblari — tokar, avtomobil haydov- chisi, ekskavator mashinisti;


  3. Avtomatik sistemalarni qo'llaydigan kasblar — programmali boshqaruv stanogi operatori, aviadispetcher, el.tarmoqlari smenli operatori;


  4. Mehnatda funksional vositalarga ko'ra kasblar-aktyorlar, akrobatlar.


  1. To'rtinchi darajada mehnat sharoitiga ko'ra har bir guruhning o'ziga xos quyidagi belgilari ko'rinadi:


  1. Normal sharoitda ishlaydiganlar - laborantlar, buxgalterlar;


  2. Ochiq havoda ishlaydiganlar-agronom, montajchi, DAN xodimi;


  3. Alohida noqulay sharoitda ishlaydiganlar — g'awoslar, shax- tachilar, o't o'chiruvchilar;


  4. Ish sharoiti o'ta mas'uliyatli bo'lganiar — bolalar bog'chasi tarbiyachisi, o'qituvchi, tergovchi.


  1. Mazkur klassifikasiya tufayli kasblarning umumiy sxemasi ko'rinadi. Bu, o'z navbatida, ko'p kasblar turli xarakteristikalariga xos ravishda bo'linishini bildiradi.


  1. Mehnat egasining shakllanishi


  1. „Mehnat egasi", ya'ni mehnat subyekti tushunchasi psixolo- giyaning fundamental kategoriyasi bo'lib, u insonning anglab, maqsadli, faol harakat qilishini bildiradi. Mehnat egasi sifatida aniq bir inson (individ)gina emas, balki ijtimoiy guruh, ya'ni mehnat jamoasi ham olinishi mumkin. Shunday qilib, mehnat subyekti, egasi — bu faol harakat qiluvchi, anglash va o'zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruhdir.




  2. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin